NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.8K photos
966 videos
9 files
4.49K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
📣Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 1 376 ta yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

➡️ Mingbuloq tumanidan 232 ta (ko'rish)
➡️ Kosonsoy tumanidan 257 ta (ko'rish)
➡️ Namangan tumanidan 4 ta (ko'rish)
➡️ Pop tumanidan 161 ta (ko'rish)
➡️ To'raqo'rg'on tumanida 7 ta (ko'rish)
➡️ Uychi tumanidan 15 ta (ko'rish)
➡️ Uchqo'rg'on tumanidan 58 ta (ko'rish)
➡️ Chortoq tumanidan 138 ta (ko'rish)
➡️ Chust tumanidan 424 ta (ko'rish)
➡️ Yangiqo'rg'on tumanidan 80 ta (ko'rish)

Eslatma!!! Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 3-apreldagi 137-sonli qarori asosida yangi tartibda ochiq elektron tanlovga qo'yilgan.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha )
#inson_qadri
Yangi kadastr binosi qurilishidan lavhalar

🔹Namangan viloyati kadastr tizimida oxirgi yillarda katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Avval xabar berganimizdek To‘raqo‘rg‘on, Chortoq tuman filiallarining zamonaviy yangi binosi qurilishi yakunlanib, tantanali ravishda ekspulatatsiyaga topshirildi.

🔹Qariyb 30 yildan beri ijarami-ijara ko‘chib, moslashtirilgan binolarda ishlab yurgan kadastrchilar, endi o‘z binolariga va shinam ish joylariga ega bo‘ldilar.

🔹Endi navbat Namangan tumani kadastr filialiga keldi. Hozirgacha besh joyga ko‘chib eski binolarda faoliyat yuritgan tuman kadastrchilari uchun Davlat kadastrlari palatasining tegishli buyrug‘i bilan barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy bino qurilishi boshlab yuborildi.

🔹Pudratchi tashkilot “Polietlin sanoat” MCHJning tajribali quruvchilari ob-havoni qulay kelganidan foydalanib qurilish ishlari hajmini 35% dan ortig‘ini bajardilar. Ular obyektni muddatidan avval topshirish niyatidalar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Maʼrifiy va siyosiy o‘qish soati

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari, uning tuman, shahar bo'limlari hamda filiallari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_targibot

❇️ Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
🔹 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
🔹 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
🔹 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

🔹 Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi

ASOS: VM-535-son, 02.09.2020y.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_targibot #seminar

Yangi qonun va qarorlarni o‘rganamiz

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida “Yangi qonunlarni va huquqiy hujjatlarini o‘rganamiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi bo‘yicha bosh mutaxassis A.Obidovning joriy yilning 8-avgust kuni Prezident tomonidan imzolangan “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi 860-sonli qonunning mazmun mohiyatini va undan kadastr idoralari uchun kelib chiqadigan vazifalar haqidagi maʼruzasi tinglandi. Yangi tartibga asosan fuqarolar ham normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etishlari mumkinligi taʼkidlandi.

🔹Ikkinchi masala bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti R.Djurayevning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023-yildagi "O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chmas mulk tarixi maʼlumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 382-sonli qarori va ushbu qarorga asosan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2023-yildagi "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 411-sonli qarori va ushbu qarorga asosan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk kadastr muhandislarining malaka shahodatnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi 424-sonli qarori va ushbu qarorga asosan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti haqidagi maʼruzasi tinglandi.

🔹Seminarda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi bo‘yicha bosh mutaxassis M.Nurmatov yuqoridagi maʼruzachilar yoritgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini va takliflarini bildirdi.

🔹Seminar savol – javob tarzida qiziqarli o‘tdi.

🔹Xulosa qiladigan bo‘lsak, mazkur tasdiqlangan qonun va qabul qilingan qarorlar bilan kiritilgan o‘zgarishlar sababli kadastr xizmati ko‘rsatish yanada zamonaviy, tez, shaffof va sifatli bo‘lib, xalqimizni rozi qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik #to_lovlar

🟢KADASTR XIZMATLARINI ONLAYN TO'LASH🟢

🌟Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент раислигида саноат корхоналари барқарор ишлаши учун тармоқ ва ҳудудларда амалга оширилаётган ишлар муҳокамасига бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди.

Глобал ишлаб чиқариш ва транспорт-логистикадаги узилишлар, ҳамкор давлатлардаги инфляция саноат ишлаб чиқариш ва экспорт бўйича режаларни хавф остида қолдираётгани таъкидланди.

Бундай шароитда ҳар бир ҳоким ва тармоқ раҳбари маҳсулотлар ҳажмини ошириш ва экспортга янги бозорларни топиш учун ҳар куни бош қотириб, қаттиқ ишлаши зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Қайси вилоят, туман ҳокими ўзи корхоналар билан ишлаб, муаммосига ёрдам бериб, ҳаракат қилаётган бўлса, ўзгариш бўлаётгани қайд этилди.

Facebook|Instagram|Twitter