NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.9K photos
970 videos
9 files
4.54K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#mini_futbol #kadastr

🏆 ⚽️ "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi. 🏆

Musobaqaning yakuniy kuni natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Andijon viloyati jamoasi;
2️⃣-o'rin- Qashqadaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Sirdaryo viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi.

➡️ Musobaqaning yakuniy kunida 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida ham turli xil sport musobaqalari o'tkazildi.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqa natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Respublika aerogeodeziya markazi jamoasi;
2️⃣-o'rin- Surxondaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Navoiy viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- "Geoinfocom" DUK jamoasi egalladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424


🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #sayyor_qabul

Aholi va tadbirkorlar xizmatidamiz

🔹Namangan viloyatining Norin tumanida Kadastr agentligi direktorining o'rinbosari M.Mirmaqsudov boshchiligida bo'lib o'tgan sayyor qabul tafsilotlari Namangan viloyati teleradiokompaniyasining “Неделя” informatsion dasturida.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#mustaqillik

YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O'ZBEKISTON UCHUN!

🇺🇿 Mustaqillik bayramida Kadastr idoralari uchun quyidagi 3 kun dam olish kuni bo’ladi:

1-sentyabr, juma – bayram (ishlanmaydigan) kuni;

2-sentyabr, shanba:

3-sentyabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr #video_roliklar_tanlovi

🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusidagi ijtimoiy videoroliklar ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda.

Unda Respublikamizning barcha viloyatlaridan 35 nafar ayollar ishtirok etib, o‘z ijod namunalarini tanlov hayʼat aʼzolariga taqdim etdilar.

💠 Mazkur tanlovga taqdim etilgan videoroliklarni tomosha qilishingiz va ovoz berishingiz mumkin.

🎞Tomosha qiling va haqqoniy tarzda ovoz bering.

❗️Eslatib
o‘tamiz, mazkur videoroliklar professional ijodkorlar tomonidan emas, oddiygina kadastrchi ayollarimiz tomonidan tayyorlangan!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qarorga_sharx #vm_424



🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi 424-son Qaroriga sharx.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz

🔹Bugun Kadastr agentligi Direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Namangan viloyatida xizmat safari bilan bo‘lib turgan Davlat kadastrlari palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i A.Raxmatov boshchiligida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan ZOOM orqali videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Mirzabayev, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Nasritdinov hamda boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, barcha tuman bo‘limlari va filiallari rahbarlari, mutaxassislar, inspektorlar jami 220 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etdilar.

🔹Yig‘ilishni Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Nasritdinov ochib, ishtirokchilarni yig‘ilish kun tartibidagi masala bilan tanishtirib, so‘zni A.Raxmatovga berdi. U o‘z so‘zida Kadastr agentligi Direktorining topshirig‘iga binoan kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi qatʼiyat bilan kurashish va uni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida batafsil gapirib berdi. Tizimda uchrayotgan bir qator muammolar va salbiy faktlarga to‘xtalib, ularni tahlil qilib o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

🔹O‘rganish yakunlari bo‘yicha Namangan viloyati kadastr tizimida erishilgan bir qator yutuqlar bilan birgalikda kamchiliklar ham mavjudligini taʼkidladi. Xususan, viloyatning Namangan, Chortoq, Mingbuloq tumanlari, Namangan shahar filiallari xodimlari hamda boshqarmaning Davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'limi bosh mutaxassisi tomonidan meʼyoriy hujjatlar talablarini qo‘pol ravishda buzish holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlanganligi, mazkur xodimlarning 3 nafariga “Hayfsan”, 3 nafariga jarima qo‘llash intizomiy jazo choralari ko‘rish, 3 nafar xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida taklif berildi. Bundan tashqari birqator mas'ullar ogohlantirildi.

🔹Yig‘ilish yakunida A.Raxmatov bugungi tezkor video selektor yig‘ilishini tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, sohaning barcha xodimlarini korrupsiya illatiga qarshi murosasiz bo‘lishga, unga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirish va oldini olishdan iborat ekanligini taʼkidladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook