NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
11K photos
976 videos
9 files
4.57K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Maʼrifiy va siyosiy o‘qish soati.

🔵 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari, davlat fuqarolik xizmatchilari uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali berilayotgan navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

🔵 Siyosiy-maʼrifiy tadbir so‘ngida Kadastr agentligi viloyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi, boshqarma Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatovning maʼruzasi tinglandi.

🔵 U o‘z maʼruzasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” bosh g‘oyasi ostida nishonlanayotgan Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.

🔵 Hukumatimizning “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini yana-da kengaytirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari holatini yaxshilash, “mahalladan xonadongacha” tamoyili asosida mahallalar hududlarini obodonlashtirish orqali aholi farovonligini oshirish haqida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Namangan viloyati kadastr tizimida ham bir qator obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilganini taʼkidladi. Shuningdek bayramga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalarga urg‘u berdi.  

🔵 Hozirgacha viloyat kadastr tizimda shahar va tumanlar markazida joylashgan 14 ta maʼmuriy binolar atroflari tozalanib obodonlashtirildi. Joylarda 250 metr ariqlar, 750 kv. metr gulxonalar xazonlardan tozalanib tartibga keltirildi. Barcha xodimlarning ish joylari, 1200 kv. metrdan ortiq deraza oynalari chang g‘uborlardan tozalandi. Bunday xayrli  ishlar davom etmoqda.

🔵 Maqsadimiz “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida Eng ulug‘, eng aziz bayramimizga puxta tayyorgarlik ko‘rish, faxriylar, kam taʼminlangan xodimlar va bemorlar holidan xabar olish kabi saxovat tadbirlarini tashkil etish qaratilgan.

Matbuot xizmati.
MINI FUTBOL-2023

 
🟢 G‘alaba muborak! Namangan viloyati mini futbol jamoasi yana bir ajoyib g‘alaba qozondi. Tabriklaymiz!

 
🟢 Kadastr agentligi tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida  "MINI FUTBOL-2023" musobaqasi davom etmoqda.
 

  Namangan viloyati jamoasi bugungi o‘yinda Buxoro viloyati  jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldilar.

 
⚽️ Gollar mualliflari  Jamshid Yusupov, Maxmud Abduqaxxarov va Javohir Abdulhamidovlar.

 
Keyingi o‘yinlarda jamoamizga omad tilab qolamiz!!!

 
Matbuot xizmati.
#mini_futbol #kadastr

🏆 ⚽️ "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi. 🏆

Musobaqaning yakuniy kuni natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Andijon viloyati jamoasi;
2️⃣-o'rin- Qashqadaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Sirdaryo viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi.

➡️ Musobaqaning yakuniy kunida 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida ham turli xil sport musobaqalari o'tkazildi.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqa natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Respublika aerogeodeziya markazi jamoasi;
2️⃣-o'rin- Surxondaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Navoiy viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- "Geoinfocom" DUK jamoasi egalladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424


🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM