NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
11K photos
975 videos
9 files
4.56K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Namangan viloyati bo'yicha e-auksion.uz platformasi orqali 2 000 dan ko'p ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

🟢
Mingbuloq tumanidan 209 ta (koʼrish)
🟢 Kosonsoy tumanidan 212 ta (ko'rish)
🟢 Namangan tumanidan 191 ta (koʼrish)
🟢 Norin tumandan 111 ta (koʼrish)
🟢 Pop tumandan 193 ta (koʼrish)
🟢To'raqo'rg'on tumanidan 171 ta (ko'rish)
🟢Uychi tumanidan 175 ta (ko'rish)
🟢Uchqo'rg'on tumanidan 110 ta (ko'rish)
🟢Chortoq tumanidan 127 ta (ko'rish)
🟢Chust tumanidan 57 ta (ko'rish)
🟢Yangiqo'rg'on tumanidan 89 ta (ko'rish)
🟢Namangan shahar 145 ta (ko'rish)
🟢Davlatobod tumanidan 105 ta (ko'rish)
🟢YangiNamangan tumanidan 116 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha )
#huquqiy_targibot #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi

🇺🇿 Hukumat qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🔹 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

🔹 Shunga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

🔹 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

❗️O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

🔹 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

🔹 Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

🔹 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

🔹 OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining NAMUNAVIY QOIDALARIdan

🔹Davlat xizmatchilarining kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari

➡️BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
MINI FUTBOL-2023

Namangan viloyati jamoasi g‘alaba qozondi. Tabriklaymiz!

🟢 Kadastr agentligi tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida "MINI FUTBOL-2023" musobaqasi davom etmoqda.


E guruhdan joy olgan Namangan viloyati jamoasi bugungi o‘yinda Surxondaryo viloyati jamoasini 2:0 hisobida mag’lub etib, guruh bosqichini 2-o‘rinda yakunadilar hamda keyingi bosqichga o‘tdilar.

⚽️ Gollar muallifi Javohir Abdulhamidov - 2 ta gol.

Keyingi o‘yinlarda jamoamizga omad tilab qolamiz!!!

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев Самарқанд вилоятига келгач, Пайариқ туманидаги Имом Бухорий мақбарасини зиёрат қилди.

По прибытии в Самаркандскую область Президент Шавкат Мирзиёев посетил мавзолей Имама Бухарий в Пайарыкском районе.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Maʼrifiy va siyosiy o‘qish soati.

🔵 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari, davlat fuqarolik xizmatchilari uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali berilayotgan navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

🔵 Siyosiy-maʼrifiy tadbir so‘ngida Kadastr agentligi viloyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi, boshqarma Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatovning maʼruzasi tinglandi.

🔵 U o‘z maʼruzasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” bosh g‘oyasi ostida nishonlanayotgan Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.

🔵 Hukumatimizning “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini yana-da kengaytirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari holatini yaxshilash, “mahalladan xonadongacha” tamoyili asosida mahallalar hududlarini obodonlashtirish orqali aholi farovonligini oshirish haqida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Namangan viloyati kadastr tizimida ham bir qator obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilganini taʼkidladi. Shuningdek bayramga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalarga urg‘u berdi.  

🔵 Hozirgacha viloyat kadastr tizimda shahar va tumanlar markazida joylashgan 14 ta maʼmuriy binolar atroflari tozalanib obodonlashtirildi. Joylarda 250 metr ariqlar, 750 kv. metr gulxonalar xazonlardan tozalanib tartibga keltirildi. Barcha xodimlarning ish joylari, 1200 kv. metrdan ortiq deraza oynalari chang g‘uborlardan tozalandi. Bunday xayrli  ishlar davom etmoqda.

🔵 Maqsadimiz “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida Eng ulug‘, eng aziz bayramimizga puxta tayyorgarlik ko‘rish, faxriylar, kam taʼminlangan xodimlar va bemorlar holidan xabar olish kabi saxovat tadbirlarini tashkil etish qaratilgan.

Matbuot xizmati.
MINI FUTBOL-2023

 
🟢 G‘alaba muborak! Namangan viloyati mini futbol jamoasi yana bir ajoyib g‘alaba qozondi. Tabriklaymiz!

 
🟢 Kadastr agentligi tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida  "MINI FUTBOL-2023" musobaqasi davom etmoqda.
 

  Namangan viloyati jamoasi bugungi o‘yinda Buxoro viloyati  jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldilar.

 
⚽️ Gollar mualliflari  Jamshid Yusupov, Maxmud Abduqaxxarov va Javohir Abdulhamidovlar.

 
Keyingi o‘yinlarda jamoamizga omad tilab qolamiz!!!

 
Matbuot xizmati.