NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
961 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
▪️Saylov uchastkangiz manzilini aniqlang▪️

🇺🇿 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 2023-yil 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan oldin Prezidentlik saylovini o‘tkazishda Markaziy saylov komissiyasi va viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyalarga muvofiq jami 10 784 ta saylov uchastkalarning chegaralari va saylov o‘tkaziladigan obyektlaring geolokatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron xaritasi yaratildi hamda Markaziy saylov komissiyasining saytida aks ettirildi.

📍 Prezidentlik saylovini o‘tkazishda qaysi uchastkada ovoz berishingizni va u qayerda joylashganini shakllantirilgan elektron xaritalar asosida onlayn bilib olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #saylov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 2 kun qoldi

🔹Bugun kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarida navbatdagi siyosiy-maʼrifiy soati o‘tkazildi. O‘quv soati davomida Uychi tuman saylov komissiyasi raisi Abdumutal Najmiddinov ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Saylov qonunchiligi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Ushbu tadbirda boshqarmalarning barcha tuman shahar bo‘limlari va filiallari xodimlari ZOOM platformasi orqarli ishtirok etdilar.

Batafsil

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

🔹 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi belgilandi

Bu haqda prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–848-sonli qonunda nazarda tutilgan. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi

"Kadastr agentligi tomonidan hududlarda tashkil etilgan 10 784 ta saylov uchastkalarining manzillari  va chegaralari to‘g‘risida  elektron xarita yaratildi hamda axborot tizimiga joylashgan manzillari to‘g‘risida maʼlumotlar kiritildi. Shuningdek, viloyat va tumanlardagi saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini dolzarblashtirish uchun tashkil etilgan shtablarga axborot tizimidan foydalanish imkoniyati yaratildi."

🌏Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov ishtirokida o‘tkazilgan brifingdan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #seminar

Zamonaviy geodezik o'lchov uskunalaridan foydalanish bo'yicha amaliy seminar

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida boshqarmaning tuman va shahar filiallarida faoliyat olib borayotgan topograflar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

🔹Seminar Davlat kadastrlari palatasi "Topografik ishlarni muvofiqlashtirish" bo‘limi boshlig‘i U.Abdullayev, Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyat boshqarmasi Topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sektori boshlig'i A.Raxmatov hamda bosh mutaxassisi O.Zoxidovlar boshchiligida o'tkazildi.

🔹Seminar davomida topografik o'lchov ishlarini sifatli amalga oshirish, faoliyat jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni oldini olish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi.

🔹Shuningdek, mutaxassislarga zamonaviy I 83 GPS geodezik o‘lchov vositalaridan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook