NAMANGAN KADASTR
1.44K subscribers
10.6K photos
957 videos
9 files
4.45K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Kadastr xizmatini – korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz

🔹Hozirda Kadastr agentligi tizimida fuqarolarimizning farovon yashashlariga, iqtisodiyotimizning va jamiyatimizning rivojlanishiga katta to‘siq bo‘layotgan korrupsiya illatiga qarshi kurashish o‘ta muhim masalaga aylangan.

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar tomonidan Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari uchun o‘quv-seminari tashkil qilindi.

🔹Unda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi”  O‘RQ-419-sonli hamda 2022-yil 28-noyabrdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-803-sonli Qonunlarining  mazmun va mohiyati o‘rganildi.

🔹Tadbirni olib borgan M.Nurmatov o‘quv-seminari qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarining kadastr tizimiga tegishli bo‘lgan bandlarini sharhlab berdi. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda uchrayotgan bir qator muammolarga to‘xtalib o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

🔹“Sohada korrupsiyani oldini olish unga qarshi kurashish uchun albatta har bir kadastr xodimi bilimli, ilmli, vijdonli, tajribali va albatta o‘z ishini ustasi bo‘lishi kerak, aks holda hozirgi shiddatli axborot asrida kompyuter dasturlaridagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda xatolikka yo‘l qo‘yishi mumkin” – dedi  so‘zga chiqqan A.Obidov.

🔹O‘quv-seminarida so‘zga chiqqan boshqarma bosh yuriskonsulti R.Jo‘rayev yig‘ilish  ishtirokchilariga “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” gi O‘RQ-803-sonli Qonunini va ushbu yo‘nalish bo‘yicha mamlakatimizda hozirgacha qabul qilingan qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyatini batafsil tushuntirib berdi.

🔹Tadbirda mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan va tajribada uchrab turgan muammoli masalalar yuzasidan o‘z savollarini va masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar. 

🔹O'quv-seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

 Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

📣 DIQQAT EʼLON!

🔹 Hurmatli Namangan viloyatining Chust tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🔹 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyatining Chust tumanida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i Gapparov Qodirxon Sattarovich boshchiligida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Vaqti:
13-may, soat 10-00 da boshlanadi.
Manzil: Chust tumani, Qayirma mahalla fuqarolar yig'ini, 54-maktab binosida.

🔹 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
▪️Tashkiliy va tahliliy yig‘ilish▪️

🌟 Bugun, Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev boshchiligida Markaziy apparat hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

◼️Yig‘ilish avvalida, Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga asosan :

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Moliya iqtisod va buxgalteriya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan
Rasulov Nig‘monjon Nig‘matullayevich;

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan
Buzrukxodjaev Sarvarxo‘ja Sayfutdinovich
yig‘ilganlarga tanishtirildilar.

◼️ Shuningdek, yig‘ilish davomida tizimda amalga oshirilayotgan ishlar tahliliy va tanqidiy ko‘rib chiqildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, hududiy boshqarmalarda yo‘l qo‘yilgan xatо va kamchiliklarni bartaraf etish uchun topshiriqlar berildi, ularni bajarish uchun muddat belgilandi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#mutolaа_vaqti

Kitobga to'la uyning fayzi shu qadarki, ularni varaqlamay turib, sen o'zingni ulardagi donolik sharbatini simirayotgandek his qilasan.
©️Mark Tven

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining
Namangan viloyati boshqarmalarida kutubxona tashkil qilindi, haftaning juma kuni bir soat mutolaa soatiga ajratildi. Xodimlar ushbu vaqtdan unumli foydalanmoqdalar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook