NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
963 videos
9 files
4.48K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Maqsadimiz -xalqimizga halol xizmat qilishdir

🔹Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan  viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Kosonsoy tuman bo‘lim va filiali xodimlari bilan umumprofilaktik yig‘ilish o‘tkazdilar.

🔹Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov ishtirokchilarga kadastr yo‘nalishi bo‘yicha so‘ngi yillarda qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyatini tushuntirib berdi. Asosiy eʼtibor begona shaxslar va sohada muqaddam ishlab ketgan xodimlarni kompyuter tizimi dasturlari bilan ishlash xonalariga, maʼlumotlar bazasi mavjud kompyuter xonalariga kirishni cheklash va oldini olishga qaratildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔹 So‘ngra so‘zga chiqqan A.Obidov yig‘ilganlar eʼtiborini sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi birgalikda kurashishga qaratdi. Shuningdek, kadastr idoralari xodimlari tomonidan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, tamagirlik kabi korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga birgalikda kurashish lozimligi taʼkidlandi.

🔹Shuningdek, u o‘z so‘zini davom ettirib, yig‘ilish ishtirokchilariga Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev rahbarligida ZOOM platformasi orqali  bugun o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz taʼminlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Tadbirda qatnashgan mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga to‘laqonli javob oldilar.

🔹Bunday qiziqarli va jonli davra suhbatlari viloyatimizning barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

🔹Sizning kadastr xizmatiga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi mas'ullari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

🔹Mavzu: "Ko‘chmas mulkka kadastr pasporti shakllantirish va unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish"

🔹Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🔹Vaqti: 2023-yil 4-may, soat 11:00 da.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Live stream started
Live stream finished (45 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Namanganda ayollar seminari▪️

⭐️🌟 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasida tizimidagi xotin-qizlar uchun "Oila - muqaddas dargoh" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

◼️ Unda Namangan viloyatida sohada faoliyat olib borayotgan 50 nafardan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi. Mas'ullar tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularni qo'lab-quvvatlash yuzasidan bajarilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar hamda ayollarning oila va jamiyatimizdagi o'rni kabi masalalarda fikr bildirishdi.

◼️Dastur rejasiga ko'ra, tizimdagi xotin-qizlarining muammolarini ko‘rib chiqib, ijobiy hal etish maqsadida Sayyor qabul o‘tkazildi. Qabuldan so'ng tadbir qatnashuvchilari Namangan viloyati Chortoq tumanidagi "Sulton Uvay Qaroniy" madaniy meros obyektlarini ziyorat qildilar.

⚡️ Navbatdagi sayyor qabul Andijon viloyati kadastr xotin-qizlari uchun o'tkazilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #iso_37001_2016

🌟 Кадастр агентлиги ISO 37001:2016 халқаро сертификатни қўлга киритди.

“Cert international”
ташкилоти томонидан 2022 йилнинг 7 декабрь ҳамда 6-8 апрель кунлари ISO 37001:2016 халқаро стандарти бўйича аудиторлик текшируви ўтказилди. Текширув натижасига мувофиқ 🌟Кадастр агентлиги ISO 37001:2016 халқаро сертификатига лойиқ деб топилди.

➡️ BATAFSIL 👈

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan namoyish etilgan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotidan so‘ng, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Matbuot kotibi Sh.Toshtemirov 3-4 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ishchi guruhi tomonidan tashkil qilingan “Oila muqaddas dargoh” mavzusidagi Respublika seminar-treningi natijalariga to‘xtalib, erishilgan yutuqlar bilan birgalikda Ishchi guruh tomonidan berilgan taklif va tavsiyalarni amalga oshirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga eʼtiborni qaratdi. 

🔹Tadbirda so‘z olgan boshqarma korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis M.Nurmatov bugungi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ko‘tarilgan masalalarga va korrupsiyani oldini olishga va unga yo‘l qo‘ymaslikga qaratilgan ishlarga ishtirokchilarni befarq bo‘lmaslikga chaqirdi. 

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

◼️ Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasida tizimidagi xotin-qizlar uchun "Oila - muqaddas dargoh" mavzusida seminar-trening tashkil etilgandi.

◼️ Ushbu seminar trening va tizim ayollari uchun o'tkazilgan sayyor qabul, hamda madaniy meros obyektlariga uyushtirilgan sayohat haqida tashqi ommaviy axborot vositalarida batafsil yoritildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM