NAMANGAN KADASTR
1.52K subscribers
12.7K photos
1.07K videos
9 files
5.06K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Elga beminnat, halol xizmat ko‘rsatish - pirovard maqsadimiz


Bugun 🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasining Uychi tuman bo‘limi va filiali xodimlari bilan sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan umumiy profilaktika tadbiri o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, shuningdek tuman rahbari, kadastr inspektorlari, kadastr muhandislari, topograflar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida M.Nurmatov bo'lim va filial xodimlariga korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik rahbariyat tomonidan berilgan dolzarb topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish bugingi kunning talabi ekanligi alohida ta'kidladi.

 Tadbirda so‘z olgan A.Obidov ijro va mehnat intizomiga rioya etish, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlarini sidqidildan bajarish, xizmat ko‘rsatish madaniyatiga va odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalarida fikr yuritdi.

Mazkur profilaktika tadbiri samimiylik, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tdi. Korrupsiya balosini jilovlash o‘z qo‘limizda. Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat kadastr xizmati ko‘rsatishdan iboratdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz!


🔼Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, Kosonsoy tumani bo‘lim va filial rahbarlari, inspektorlari, mutaxassislari, kadastr muhandislari, hamda topograflari bilan umumprofilaktik tadbir o‘tkazdilar.

🔹Tadbirda M.Nurmatov har bir xodim kadastr idoralari nomiga dog‘ tushirmasligi, xizmat vakolatini suiisteʼmol qilmasligi, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymasligi, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan halol bajarib ishlashi lozimligi, binobarin, jamiyatimizda sohaning har-bir xodimiga qarab butun bir kadastr tizimiga baho berilishi haqida ogohlantirdi. So‘zini davom ettirib, maʼruzachi xodimlarga jinoiy huquqda korrupsiyaviy huquqbuzarlik va jinoyat uchun jazo muqarrarligi ko‘rsatib o‘tilganligini tushuntirib berdi.

🔹Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlarini sidqidildan bajarish, xizmat ko‘rsatish madaniyatiga va odob-axloq qoidalariga rioya etish korrupsiyaga murosasiz bo‘lish, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda aniqlangan qonun buzilishlar va uni oqibatlari haqida ogohlantirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Korrupsiya balosiga giriftor bo‘lgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan tushuntirishlar berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvar, yurtga va kasbga sadoqatli bo‘lishi zarurligini uqtirib o‘tdi.

🔹Shuningdek, boshqarmaning murojaatlar bilan ishlash sho‘basi bosh mutaxassisi A.Qodirov ham aholi va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash jarayonida ko‘tarilayotgan asosiy masalalar va ularni yechimi haqida o‘z fikrini bildirdi.

🔹Maqsadimiz kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat kadastr xizmati ko‘rsatishdan iboratdir.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🆕 Yangi qonunlarni o‘rganamiz va amal qilamiz

🔹Bugun boshqarmada Kadastr agentligi direktori tomonidan joriy yilning 17-mart kuni imzolangan “Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi 87-19-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomning mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan tezkor vidioselektor bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov, boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, shuningdek barcha 14 ta tuman shahar bo‘limlari va filiallari raxbar xodimlari qatnashdalar.

🔹Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonunini hamda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori asosida qabul qilingan Kadastr agentligi Direktorining 2025-yil 17-martdagi 87-19-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom”ning hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga sodda tilda tushuntirildi.

🔹Ma’ruzachilar M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan Nizomning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi. Korrupsion holatlarni oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik, bu yomon illatning oqibatlari jonli misollar bilan xodimlarga yetkazildi.

🔹Suhbat jarayonida shuningdek, bugungi tahlikali zamonda dunyoda bo‘layotgan siyosiy jarayonlar, mamlakatimizda diniy sohada olib borilayotgan oqilona siyosat haqida batafsil ma’lumotlar berish bilan birga, turli xil destruktiv elementlarning ta’siriga tushib qolmaslik, qaytanga, davlat xizmatchisi sifatida bunday targ‘ibot va tashviqotlarga o‘z vaqtida munosib javob berish lozimligi uqtirildi.

🔹Shundan so‘ng, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Raximov barcha xodimlarga ichki tartib-intizom va odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda tizimda korrupsiya holatlarini oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

🔹Tadbir ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

❗️Korrupsiyani oldini olish uchun har birimiz masʼulmiz

Bugun 🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasining Uchqo‘rg‘on tumanlari bo‘limi va filiali xodimlari uchun “Biz korrupsiyaga qarshimiz, unga yo‘l qo‘ymaymiz” mavzusida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar va bo‘lim hamda filial rahbarlari, inspektorlar, kadastr bosh muhandisi, topograflar ishtirok etdilar.

Tadbirda Uchqo‘rg‘on tumani “A. Navoiy” MFY hududida O‘RQ-937-son Qonunning ijrosini taʼminlash uchun xatlov bo‘yicha yangi polegon ochish bo‘yicha topograflar ishi bilan joyida tanishildi, “xonadonbay” xatlov jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va  fuqarolar bilan ishlashda odob axloq, muomala madaniyatiga rioya qilish to‘g‘risida xodimlarga tushuntirish berildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Yurtsevar inson hech qachon
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi

Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida “Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaymiz” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish sho‘basi xodimlari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilar, shahar va tumanlar filial boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari qatnashdilar. Filiallar rahbarlari bilan umumiy va yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarini o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan boshqarma boshlig‘i M.Tursunbayev, xodimlar kadastr idoralari nomiga dog‘ tushirmasliklari, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilmasliklari, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymasliklari, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol bajarib ishlashlari lozimligi, binobarin, jamiyatimizda sohaning har bir xodimiga qarab butun bir kadastr tizimiga baho berilishi haqida ogohlantirdi. So‘zini davom ettirib, ma’ruzachi xodimlarga korrupsiyaviy jinoyat uchun jazo muqarrarligini to‘liq tushuntirib berdi.

Yig'ilishda A.Obidov o'z so'zida, bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaga murosasiz bo‘lish, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda aniqlangan qonun buzilishlar va uni oqibatlari haqida ogohlantirish ekanligiga alohida urg‘u berdi.

Mazkur o‘quv-semenari va profilaktik tadbirda boshqarma boshlig‘i M.Tursunbayev tomonidan xodimlarni savollariga javob berildi, takliflari tinglandi. Ochiq, samimiy, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tgan tadbir yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat kadastr xizmati ko‘rsatishdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Navbatdagi siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi

🔺Bugun 🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar. Unda Respublikamizda va xorijda sodir bo‘layotgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlar haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.

🔺O‘quv soatidan so‘ng tadbirda so‘z olgan Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov xodimlarda korrupsiya illatining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik xissini shakllantirish maqsadida, hayotda nafaqat bu jirkanch yo‘lni tanlagan kimsalarning, balki ularning yaqin qarindoshlarining ham ayanchli qismatlari haqida gapirdi. Aksincha, o‘z hayot yo‘lini halollik, to‘g‘riso‘zlik, vatanparvarlik va mehnatsevarlikka baxshida etgan fidoyi insonlarning el-yurt va jamiyatimizda obro‘ eʼtiborga sazovor bo‘lganliklarini hayotiy misollar bilan yoritib berdi.

🔺Kadastr idoralarining obro‘si va shaʼnini himoya qilish, uni asrab avaylash soha xodimining asosiy vazifasi ekanligini alohida taʼkidladi. Xodimlarning, ayniqsa yoshlarning o‘zlarining namunali hulqi va odobi, vijdonan xizmat vazifasini ado etishi hamda fuqarolar bilan muloqotda bosiqlik, sermulohazalik va masalalarga xolis yondashuvlari bilan ish tashkil qilish lozimligi haqida gapirdi. Sohada ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilib berildi.

🔺Shu munosabat bilan fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, har qanday sharoitda ham tamagirlik va xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasliklari, murojaatlarga katta ahamiyat berish lozimligi tushuntirildi.

🔺Bugungi “Siyosiy-maʼrifiy soat”i qiziqarli, foydali va manfaatli bo‘ldi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda "Korrupsiyani oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvi" profilaktik
tadbirlari

⭐️🌟 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurash, tamagirlik, mansab vakolatini suiiste'mol qilmaslik va boshqa shu kabi masalalarda muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

◼️Korrupsiyani oldini olish uchun quyidagi choralar muhim:

➡️Shaffoflik va hisobdorlik – davlat va xususiy sektor faoliyati oshkora bo‘lishi lozim.

➡️Huquqiy nazorat korrupsiyaga qarshi qonunchilikni kuchaytirish va samarali qo‘llash.

➡️Jamoatchilik nazorati – fuqarolar va OAV davlat idoralari ustidan nazorat o‘rnatishi kerak.

➡️Axloqiy tamoyillarni targ‘ib qilish – halollik va adolat qadriyatlarini mustahkamlash.


🟢Manfaatlar to‘qnashuvi va uning oldini olish
Manfaatlar to‘qnashuvi shaxsiy yoki biznes manfaatlari davlat yoki tashkilot manfaatlariga zid kelganda yuzaga keladi. Bunday holatlarni oldini olish uchun:

Xodimlar va mansabdor shaxslar o‘z manfaatlarini oshkor qilishi kerak.

Mustaqil nazorat organlari faoliyat yuritishi zarur.

Muvaffaqiyatli boshqaruv va odob-axloq qoidalariga amal qilish lozim.


◼️Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik kabi jinoyatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida o'tgan o'n kunlikda o'tkazilgan tadbirlar:

◾️Andijon viloyati
◾️Xorazm viloyati
◾️Sirdaryo viloyati
◾️Buxoro viloyati
◾️Toshkent viloyati
◾️Toshkent shahri
◾️Surxondaryo viloyati
◾️Namangan viloyati
◾️Qashqadaryo viloyati
◾️Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

❗️Maqsadimiz halol ishlab, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik

Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov ishtirokida Namangan tumani bo‘lim va filiali rahbarlari va xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Unda A.Obidov kadastr idoralarining obro‘si va shaʼnini himoya qilish, uni asrab avaylash soha xodimining asosiy vazifasi ekanligini alohida taʼkidladi. Xodimlar, ayniqsa yoshlar o‘zlarining namunali hulqi va odobi, xizmat vazifasini vijdonan ado etishi, hamda fuqarolar bilan muloqotda bosiqlik, sermulohazalik va murojaatlarga xolis yondashuvlari bilan ish tashkil qilishlari lozimligi haqida gapirdi.

Fuqarolar va tadbirkorlar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, har qanday sharoitda ham tamagirlik va xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasliklari, korrupsion holatlarni kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymasliklari tushuntirildi. Sohada amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda mavjud muammolar tanqidiy tahlil qilib berildi.

Tadbir savol javoblarga boy, qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi, vazifalar belgilab olindi


🔺Bugun🌟 Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar. Unda Respublikamizda va xorijda sodir bo‘layotgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlar haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.

🔺O‘quv soatidan so‘ng Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida bo‘lgan yig‘ilishda, shahar va tumanlarda 937-sonli qonun ijrosini taʼminlash uchun olib borilayotgan xatlov jarayonlarida kelib chiqayotgan muammolar va ularni yechimi haqida gapirdi.

🔺Korrupsiyani oldini olish va bu illatining har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish har bir xodimning asosiy vazifasi ekanligi alohida taʼkidladi. Halollik, to‘g‘riso‘zlik va mehnatsevarlik xodimlarimizning fazilatiga aylanishi zarurligini uqtirdi. Tumanlarga biriktirilgan boshqarma vakillari bu yo‘nalishda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis A.Obidov bilan hamkorlikda ishlashlari topshirildi.

🔺Kadastr agentligi rahbariyati topshirig‘iga asosan boshqarmaning sho‘ba boshliqlari, shahar va tumanlar filiallari rahbarlari OAV vakillari, jurnalistlar bilan hamkorlikda ishlash, ularni qabul qilish va o‘rnatilgan tatibda ularni savollar va murojaatlariga qonuniy javob berishda, boshqarma Matbuot xizmati bilan hamkorlikda ishlashga ko‘rsatma berdi.

🔺Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis Sh.Toshtemirov, boshqarma yuriskonsulti R.Djurayev va murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i I.Sarimsaqovlar o‘z fikrlarini va takliflarini bildirdilar.

🔺Bugungi “Siyosiy-maʼrifiy soat”i qiziqarli, foydali va manfaatli bo‘ldi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

⚡️Korrupsiyani oldini olish - dolzarb mavzu muhokamada
 
Joriy yilning 24-aprel kuni Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Kosonsoy tuman filialida filial xodimlari uchun Boshqarma boshlig'ining o'rinbosari R.Raximov boshchiligida, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha bosh mutaxassisi А.Obidov ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida profilaktik tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirda filial rahbari, kadastr muhandislari va topograflar ishtirok etdilar.

Boshqarma boshlig'ining o'rinbosari R.Raximov aholi va tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarga o'z vaqtida va sifatli javob berish, ularning rad etilish sabablarini tahlil qilish zarurligini uqtirdi. Joylardagi xatlov jarayonlarini har-bir kadastr muhandisi kesimida tanqidiy tahlil qildi.

Shuningdek, barcha xodimlarga Oʼzbekiston Respublikasining 937-son qonuni ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha kerakli topshiriqlar berdi.
 
Tadbir davomida A.Obidov ishlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbarlar, kadastr muhandislari, topograflar oʼz faoliyatlariga doir Qonunlarni, sohaga oid meʼyoriy - huquqiy hujjatlarni puxta oʼrganishlari, ularni ish jarayonida toʼgʼri qoʼllashga eʼtibor berishlari zarurligini alohida taʼkidladi. Korrupsiyaga oid salbiy holatlar bo'yicha o'z fikrini bildirdi. Yangi ishga qabul qilingan kadastr muhandislari bilan yakkama-yakka profilaktik suhbat o'tkazdi.
 
Mazkur profilaktik tadbirlar ishchanlik ruhida oʼtdi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM