NAMANGAN KADASTR
1.53K subscribers
12.3K photos
1.05K videos
9 files
4.93K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📁 #qarorga_sharh #kadastr

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi "MULK HUQUQINING DAXLSIZLIGINI ISHONCHLI HIMOYA QILISH, MULKIY MUNOSABATLARGA ASOSSIZ ARALASHUVGA YO‘L QO‘YMASLIK, XUSUSIY MULKNING KAPITALLASHUV DARAJASINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi PF-198-son farmoni bilan qonunchilikka qanday o'zgartirishlar kiritildi?

➡️Batafsil videoda

Telegram 📸 Instagram 📹YouTube 🌐 Facebook 🌍Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📧SAVOL: Yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk(lar) haqida ma’lumot berish so‘ralgan advokatlik so‘roviga javob berish uchun to‘lov bormi? Bor bo‘lsa, u qaysi normativ-huquqiy hujjatda belgilab qo‘yilgan?

🧾JAVOB: Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunning 17-moddasi “Davlat kadastrlariga oid axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi «Davlat kadastrlari sohasida davlat xizmatlarini narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartibning 4.14-bandi ko‘chmas mulkka oid kadastr ma’lumotlarni taqdim etish bazaviy hissoblash miqdorining 5 foizi (davlat organlari uchun bepul) qilib belgilangan bo‘lib, Siz tomoningizdan to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilinadi.
Fuqarolar nomlarida ko‘chmas mulk obyektlari bor yoki (yo‘qligi) haqidagi ma’lumotnoma, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Vazirlar Mahkamasining” «Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirish to‘g‘risida» gi 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 535-son qaroriga muvofiq 2020 yil 2-sentabrdan boshlab fuqarolarni mulkida turar-joy borligi (yo‘qligi) haqida axborot berish uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi qilib belgilandi.
Fuqarolarning nomida turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari portali yoki joylardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Коррупцияга қарши биргаликда курашамиз

🔹Аввал хабар берганимиздек Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги директорининг жорий йил
24-июндаги 148-09-сонли буйруғига биноан 2022-йил 17-октябрдан 17- ноябргача эълон қилинган “Коррупцияга қарши курашиш ойлиги” доирасида “Коррупцияга қарши курашиш ва коррупцияга йўл қўйганлик учун жавобгарлик тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатлари” мавзусида Наманган вилояти кадастр тизимида учрашувлар, йиғилишлар ва семинарлар бўлиб ўтмоқда. Бугун навбатдаги семинар Чортоқ тумани кадастр ходимлари учун бўлиб ўтди.

🔹Тадбирда Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти бошқармалари комплаенс-назорат хизмати ходимлари М.Нурматов ва А.Обидовлар, бошқармаларнинг Чортоқ туман бўлим ва филиали раҳбарлари, ходимлари, ер ва кадастр назорати инспекторлари иштирок этдилар.

🔹Семинарда М.Нурматов ўз маърузасида Ўзбекистон Республикасининг “Коррупцияга қарши курашиш тўғрисида” ги қонуни ҳамда Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги ҳамда Жиноят кодексларининг коррупция билан боғлиқ моддаларини мазмун-моҳиятини очиб берди. Ҳар бир моддани диспозициясини тушунтирар экан, маъмурий ҳуқуқбузарлик ва жиноий фаолиятнинг объектив ва субъектив томонлари ҳамда объект ва субъектларини батафсил тушунтирди. Коррупцияни олдини олиш, бундай ҳуқуқбузарлик ва жиноий фаолият учун жазо муқаррарлиги таъкидлаб ўтилди.

🔹Тадбирда сўзга чиққан А.Обидов коррупцияга қарши курашиш бугунги кунда давлат сиёсати даражасида олиб борилаётганлиги, шу муносабат билан коррупцияга йўл қўйганлик учун жавобгарликни янада кучайтириш мақсадида бир қатор жиноий-ҳуқуқий меъёрий ҳужжатларга ўзгартириш ва қўшимчалар киритилаётганлигини гапириб ўтди.

🔹Иштирокчиларнинг диққат эътиборини, меҳнат интизомига риоя қилиш, мурожаатчиларга хушмуомалада бўлиш, жисмоний ва юридик шахслардан келиб тушаётган мурожаатларга ўз вақтида жавоб бериш, коррупцияни келтириб чиқарувчи омилларни олдини олишга қаратди.

🔹Семинарда соҳа ходимлари ўзларини қизиқтирган саволларга нотиқлар томонидан батафсил жавоб олдилар. Тадбир, иштирокчиларнинг фаоллиги билан эсда қоларли бўлди.

🔹Мақсадимиз эса “Коррупцияга қарши курашиш ойлиги”да фаол қатнашиб, кадастр тизимини коррупциядан холи тизимга айлантириш ва халқимизни кадастр хизматидан рози қилишдир.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📁⚡️Yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi Hukumat qarori (610-son, 18.10.2022 y.) qabul qilindi

📔 Qarorga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023-yil 1-yanvarga qadar ishga tushiriladi.

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

☑️ 2024-yil 1-yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

🔵Davlat kadastrlarini yurituvchi vakolatli organlar 2022-yil oxiriga qadar o‘zlarining maʼlumotlar bazalari axborot tizimiga to‘liq integratsiya qilinishi taʼminlanadi.

❗️ Malaka shahodatnomasiga ega bo‘lgan kadastr muhandislari axborot tizimidan foydalanilganligi uchun har oyda BHMning bir baravari miqdorida to‘lov amalga oshiradi.

📱 Ochiq maʼlumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boshqaruvi organlariga bepul, jismoniy shaxslar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa yuridik shaxslarga to‘lov evaziga taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi yer uchastkasi kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi TO‘G‘RISIDAgi maʼlumotlarni foydalanuvchilar tomonidan bepul olish imkoniyati yaratiladi.

Telegram 📸 Instagram 📹YouTube 🌐 Facebook 🌍Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️ Yerni xususiylashtirishning qanday talablari bor?

O‘zbekiston milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali «Kadastr sohasidagi kamchilik va yutuqlar» mavzusida bo‘lib o‘tgan ovozli chatda kuzatuvchilar tomonidan berilgan savollarga 👍 Kadastr agentligi Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Nishonov javob berdi.

🌐 https://youtu.be/DohEiUWLRog

🗺 https://uza.uz/posts/416501

Telegram 📸 Instagram 📹YouTube 🌐 Facebook 🌍Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tili_millatning_ruhidir

Davlat tili haqida 7 fakt

🔹 Davlat hokimiyati organlari, muassasalar, korxonalar, va tashkilotlarning rasman ish yuritish tili, muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyatlari faoliyatida, maktab, o‘rta-maxsus va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim berish uchun rasmiy belgilangan til Davlat tilidir.

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili O‘zbek tilidir.

🔹 1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan (1995 y. 22-dekabrdagi tahrirda amal qiladi)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari Davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon qilinadi.

🔹 Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari Davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon qilinadi.

🔹 Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish Davlat tilida yuritiladi va zaruratga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi taʼminlanadi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda Davlat tili, shuningdek qatnashchilarning o‘zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.

🔹 Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar Davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruratga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Коррупцияга қарши биргаликда курашамиз

🇺🇿Наманган вилояти кадастр тизимида Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги директорининг жорий йил 24-июндаги буйруғига биноан 2022-йил 17-октябрдан 17- ноябргача эълон қилинган “Коррупцияга қарши курашиш ойлиги” доирасида “Коррупцияга қарши курашиш ва коррупцияга йўл қўйганлик учун жавобгарлик тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатлари” мавзусида жойларда учрашувлар, йиғилишлар ва семинарлар бўлиб ўтмоқда. Бугунги навбатдаги семинар Чуст тумани кадастр ходимлари учун бўлиб ўтди.

🔹Тадбирда Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти бошқармалари комплаенс-назорат хизмати ходимлари М.Нурматов ва А.Обидовлар, бўлим бошлиғи Б.Валиев ва бошқармаларнинг Чуст туман бўлим ва филиали раҳбарлари, ходимлари, ер ва кадастр назорати инспекторлари 25 нафар ходимлар иштирок этдилар.

🔹Семинарда А.Обидов ўзининг маърузасида Ўзбекистон Республикасининг “Коррупцияга қарши курашиш тўғрисида” ги қонуни ҳамда Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 61, 193 – моддалари ҳамда Жиноят кодексининг 167, 168, 192, 205, 209-214, 243 ва 301- коррупция билан боғлиқ моддаларини мазмун-моҳиятини очиб берди. Ҳар бир моддани диспозициясини тушунтирар экан, маъмурий ҳуқуқбузарлик ва жиноий фаолиятнинг объектив ва субъектив томонлари ҳамда объект ва субъектларини батафсил тушунтирди. Коррупцияни олдини олиш, бундай ҳуқуқбузарлик ва жиноий фаолият учун жазо муқаррарлиги таъкидлаб ўтилди.

🔹Тадбирда сўзга чиққан М.Нурматов коррупцияга қарши курашиш бугунги кунда давлат сиёсати даражасида олиб борилаётганлиги, шу муносабат билан коррупцияга йўл қўйганлик учун жавобгарликни янада кучайтириш мақсадида бир қатор жиноий-ҳуқуқий меъёрий ҳужжатларга ўзгартириш ва қўшимчалар киритилаётганлигини гапириб ўтди.

🔹Иштирокчиларнинг диққат эътиборини, меҳнат интизомига риоя қилиш, мурожаатчиларга хушмуомалада бўлиш, жисмоний ва юридик шахслардан келиб тушаётган мурожаатларга ўз вақтида жавоб бериш, коррупцияни келтириб чиқарувчи омилларни олдини олишга қаратди.

🔹Семинарда туман ходимлари ўзларини қизиқтирган саволларга нотиқлар томонидан батафсил жавоб олдилар. Тадбир, ходимлар орасида коррупция ва бошқа ҳуқуқбузарликларга нисбатан муросасизлик муносабатини шакллантиришга қаратилганлиги билан аҳамиятли бўлди.

🔹Мақсадимиз эса “Коррупцияга қарши курашиш ойлиги”да фаол қатнашиб, кадастр тизимини коррупциядан холи тизимга айлантириш ва халқимизни кадастр хизматидан рози қилишдир.

Матбуот хизмати.