NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
962 videos
9 files
4.48K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #YERELEKTRON

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-sonli Farmoniga asosan, 2022-yilda "Yangi O‘zbekiston" massivlarida quriladigan ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarining elektron-auksion savdolariga chiqarish holati yuzasidan "YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilgan.

📄"YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilganlar soni 619 tani tashkil qiladi.

📌Shundan Yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan soni 84 ta maydoni 4.48 gektar ochiq elektron savdolariga chiqarilgan.

📄Shuningdek auksion savdolarida sotilganlar soni 585 ta maydoni 30,0 gektar sotilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
📧SAVOL: Uyimiz 1950-yillarda qurilgan, kadastr qilinmagan. Ota-onam o‘tib ketgan hozirda aka-uka shu hovlida istiqomat qilamiz. Arxivdan uy hujjatlari topilmadi, biladigan qarindoshlarim o‘tib ketgan. Bunday holatda qay tartibda uyni kadastr qildirsak bo‘ladi?

🧾JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qaroriga asosan, Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asos bo‘ladi. Shuningdek, davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
⚡️НОҚОНУНИЙ ҚУРИЛМАЛАР БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА

🔹 Наманган вилояти Уйчи туманидан кесиб ўтувчи давлат аҳамиятига эга бўлган 4Р-116 автомобиль йўли ёқасида ўзбошимчалик билан қуриб олинган барча ноқонуний қурилмалар аниқланиб, тушунтириш ишлари олиб борилмоқда.
🔹 Истиқлол ва Обод МФЙлари ҳудудидаги ноқонуний қурилмаларнинг эгаларига Туман қурилиш бўлими ва Кадастр агентлигининг туман бўлими мутахассислари томонидан мазкур қурилмаларни 3 кунлик муддатда ихтиёрий равишда бузиб олиниши тўлиқ тушунтирилиб, расман огоҳлантириш хатлари берилди.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
🕊21-sentabr – Xalqaro tinchlik kuni

🕊BMT Bosh Assambleyasining 55/282-rezolyutsiyasida bir ovozdan 2002-yildan boshlab 21-sentabrni Xalqaro tinchlik – har yili ommaviy zo’ravonlikka va qon to’kilishiga qarshi kurash kuni deb e'lon qilgan. Shundan beri mazkur bayramda millionlab insonlar, shuningdek, jamiyat va yoshlar tashkilotlari turli aksiya va tadbirlar o’tkazib kelishadi.

#DavKadastrPalata #tinchlik_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#Kadastr #kartografiya #xarita

⚡️ Respublikaning interaktiv raqamli xaritasi yaratilmoqda.

💠Kadastr agentligi “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tuman va shaharlarining mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida interaktiv raqamli xaritalari ishlab chiqilmoqda.

💠Interaktiv raqamli xaritalarda respublika hududidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining yer maydoni, chegara hududi, nomi, aholi soni va toifasi, mavjud yo‘llar, ko‘chalar, fermer xo‘jalik yerlari, xiyobonlar, daryo va kanallar, madaniy meros obyektlari, ma’muriy bino va inshootlar, ko‘p qavatli uylar, ta’lim muassasalari, zavod va fabrikalar, korxona va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari va boshqalar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan to‘liq ma’lumotlar aks ettiriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹Koreyadan xorij tajribasi🔹

🇰🇷 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bir guruh mutaxassislarimiz ayni kunlar Koreya Respublikasining Seul shahrida xizmat safarida bo'lib turishibdi.

🔵 Seul shahrida LG-LX konsorsiumi tomonidan "Kadastr va ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi (UzKad axborot tizimi ) yaratish" komponenti doirasida tashkil etilgan o'quv amaliy kursida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi, shuningdek Geoinfokom DUKdan jami 19 nafar yetakchi kadastr mutaxassislari va mas’ullari qatnashishmoqda.

🔵 Malaka oshirish va tajriba almashish kurslarida :
— UAV texnologiyasi va qo'llanilishi;
— K-manzillar tizimini joriy etish;
— Koreyaning yer siyosati va iqtisodiy o'sishi kabi mavzular tahlil etilmoqda.
Xorij tajribasi natijalari haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #xorij_safari #Koreya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#mamuriy_bulim #Namangan

🇺🇿Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan yerqonunbuzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
⚡️НОҚОНУНИЙ ҚУРИЛМАЛАР БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА

🔹 Наманган шаҳрининг Давлатобод туманида Кадастр агентлигининг тумани бўлими ва туман ишчи гуруҳи билан ҳамкорликда ҳудудлардаги ноқонуний қурилмалар ҳамда ўзбошимчалик билан эгалланган ер майдонлари аниқланмоқда.

🔹 Берилган ёзма кўрсатмалар, огоҳлантиришлар ва тушунтиришлар натижасида ҳуқуқбузарларнинг ўзлари, ўз маблағлари ҳисобига ноқонуний қурилмалар бартараф этилмоқда.

🔹 Бу каби ишлар вилоятнинг бошқа туманларида ҳам давом этмоқда.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook