NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Вазифалар белгилаб олинди

🔹Бугун, Кадастр агентлигининг Наманган вилояти бошқармаси мажлислар залида бошқарма бошлиғи Ходжиев Азим Авазович бошчилигида вилоятнинг туман, шаҳар бўлимлари бошлиқлари, барча бош ва етакчи инспекторлари учун ўқув семинар ташкил қилди.

🔹Тадбирни бошқарма бошлиғи А.Ходжиев очиб берди ва йўл қўйилаётган айрим камчиликлар танқидий муҳокама этилиб, ходимлар билан келгусидаги ишлар юзасидан керакли топшириқлар берди.

🔹Тадбирда бошқарманинг маъмурий амалиёт бўлими бошлиғи О.Исаков, бош юрисконсулт Ғ.Уринбоев томонидан соҳага доир қонунчиликдаги янгиликлар юзасидан атрофлича тушунтириш ишлари олиб борилди.

🔹Бошқарманинг маъмурий амалиёт бўлими бош мутахассиси Ф.Абдурахманов, ер ва кадастр назорати бўлими бош мутахассиси И.Ходжахановлар томонидан туман, шаҳар инспекторларнинг амалиётда учраётган саволларига жавоблар берилди.

🔹Бошқарма бошлиғи тадбир якунида барча ходимларни муҳтарам Президентимиз томонларидан соҳага берилаётган эътиборга яраша муносиб даражада натижалар кўрсатишларига, жамиятимиз ва халқимиз учун доимо хизматда бўлишга, хизмат даврида виждонан, ҳалол меҳнат қилишларига ишонч билдирди.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️OAV biza haqimizda▫️

🇺🇿 “O'zbekiston24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi orqali Davlat kadastrlari palatasining "Yer hisobini raqamli iqtisodiyotga joriy etish jarayonlari" mavzusida o'tgan matbuot anjumani haqida reportaj efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Xorijda yer munosabatlari⚜️

🛣 Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan ko‘pchilik shaharlarni umumiy xususiyat birlashtirib turadi.

🎑1780-yilda prezident Tomas Jefferson chiqargan qarorga ko‘ra, Amerika O‘rta G‘arbi mintaqasida rivojlanmagan qishloq xo‘jaligi yerlariga egalik huquqini sotib olishlari mumkin edi.

🏙 Hozirgi kunda ham AQShning ko‘pgina zamonaviy shaharlari, masalan, Nyu York, Indianapolis, Chikago kabilar aynan tarmoqlanuvchi rejaga asosan loyihalashtirilgan.

📹 Batafsil ushbu videoda...

#DavKadastrPalata #xorijda_yer_munosabatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕑Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 25-31-iyul kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▪️Ochiqlik – jamiyat taraqqiyotida muhim omil▪️

💠 Davlat kadastrlari palatasi yurtdoshlarimizning kadastrga oid murojaatlarini tezkor tinglash maqsadida, hududiy boshqarma rahbarlarining telefon raqamlarini e'lon qiladi.

💠
O‘z hududingizga taaluqli kadastrga oid savollaringiz bo'lsa, soha xodimlari faoliyatida asosli kamchilik va xato kuzatsangiz to‘g‘ridan to‘g‘ri mutasaddilarga murojaat qilishingiz mumkin.

Hududiy boshqarma rahbarlari:

▫️Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i Siddiqov Nodir Eshquvvatovich
📲+998933026773

▫️Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig’i Gapparov Qodir Sattorovich
📲+998913566161

▫️Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig’i Akbarov Dilshodbek Ahmadjonovich
📲+998916021788

▫️Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig’i Nosirov Mansur Burxonovich
📲+998973225464

▫️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig’i Ahrorov Jasur Davlatboyevich
📲+998994440378

▫️Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Minasipov Burxan Baxtiyorovich
📲+998901104471

▫️Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig’i Jalelov Uzaqbay Kidirbayevich
📲+998950104433

▫️Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i Kuvandikov Muxtor Narzullaevich
📲+998937270201

▫️Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig’i Toyirov Amriddin Xayriddinovich
📲+998919733663

▫️Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Shaymardanov Sobir Xo‘shboqovich
📲+998554512213

▫️Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Hamroev G‘ayratjon Sultonovich
📲+998752275113

▫️Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig’i Jumabaev Bexzod Madaminovich
📲+998622246702

▫️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig’i Karimov Jasurbek Ikrambekovich
📲+998901856303

▫️Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig’i Mirzaxmedov Ravshan Valijanovich
📲+998912826719

#DavKadastrPalata #hududlar #murojaat_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Президентимиз сўз ва матбуот эркинлигини, фуқароларнинг ахборот олиш ва уни тарқатиш, ўз фикр ва қарашларини эркин билдириш ҳуқуқини таъминлаш давлат сиёсатининг энг муҳим йўналишларидан бири экани ва у изчил давом эттирилишини бир неча бор таъкидлаганлар.

Ахборот маконини ёпиб қўйиш, фикрлар плюрализмига тўсқинлик қилишга уринишлар жамиятнинг тараққиётига хизмат қилмай, аксинча, уни орқага тортиши - исбот талаб қилмайдиган ҳақиқат.

Как неоднократно отмечал Президент, обеспечение свободы слова и печати, права граждан на получение и распространение информации, свободное выражение своих мнений является одним из важнейших направлений государственной политики и этот курс будет последовательно продолжен.

То, что попытки изолировать информационное пространство и препятствовать плюрализму мнений не служат прогрессу общества, а наоборот, сдерживают его - неоспоримый факт.

Facebook|Instagram|Twitter
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Бугун ижтимоий тармоқларда Наманган шаҳар, Зиёкор МФЙ, Бешкапа кўчасида яшовчи фуқароларнинг мавжуд кўчани фуқаро А.Н. томонидан ўзбошимчалик билан эгаллаб олиниб, турар жой бино иншооти қуриб олганлиги юзасидан мурожаат тарқалди.

Кадастр агентлиги Наманган вилояти бошқармаси ушбу мурожаат бўйича қуйидагича муносабат билдиради.
🔹DXMdagi xizmatlarimiz🔹

🔲 Ko'chmas mulk sotib olishdan avval ushbu obyekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish foydadan holi bo'lmaydi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

🔲 Siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, ma'lum bir ko'chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma olishingiz mumkin.

✔️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi

▫️Xizmat narxi - 15 000 so'm (BHMning 5 foizi) miqdorida

▫️Xizmat ko'rsatish muddati – 3 ish kuni

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерлар (суғориладиган ва суғорилмайдиган (лалми) ерлар) токзорлар ва узумчилик учун очиқ танлов асосида 30 йил муддатга ижарага берилади.

➡️ Очиқ танловга ерлар деҳқон хўжаликлари ташкил этган ҳолда токзорлар барпо этиш учун – 0,06 – 1 гектар ўлчамларда, яхлит контурда йирик токзорлар барпо этиш учун 1–30 гектар ўлчамларда чиқарилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹DKPning yagona aloqa markazi🔹

🟦 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining yagona aloqa markazi 71 2070003 ishga tushirilgani - ko‘pgina murojaatchilarimiz uchun katta qulaylik tug‘dirmoqda.

🟦 Aloqa markaziga 2022 yilning iyul oyida 561 ta murojaatlar qabul qilingan.

📹Ushbu ma’lumotlar tahlili mazkur videoda.

#DavKadastrPalata #yagona_aloqa_markazi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Ўзбекистон – Озарбайжон – Туркия” форматидаги биринчи вазирлар учрашувида иштирок этиш учун Тошкент шаҳрида бўлиб турган Туркия Республикаси ташқи ишлар вазири Мавлуд Чавушўғли бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Турецкой Республики во главе с министром иностранных дел Мевлютом Чавушоглу, находящуюся в городе Ташкенте для участия в первой министерской встрече в формате «Узбекистан – Азербайджан – Турция».

#Mirziyoyev #qabul #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿 Кадрлар масаласи - муҳим масала

🔹 Наманганда хизмат сафарида бўлиб турган Кадастр агентлиги Кадрлар бўлими бошлиғи Шовкатжон Олимов Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилоят бошқармаларида фаолият олиб бораётган ходимларга иш жойларида яратилган шароитлар билан танишди.

🔹 Ходимлар билан суҳбат чоғида ўз функционал вазифаларини бажаришда қандай муаммолар ва камчиликларнинг мавжудлиги ҳамда Агентлик раҳбариятига таклифлари бор йўқлиги билан қизиқди.

🔹 Ўрганиш жараёнида иш фаолиятларини яхшилаш ва меҳнат унумдорлигини ошириш бўйича ўз тавсияларини берди.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Gaiston” MFYda joylashgan “Gaistontepa” yodgorligi talon taroj qilinganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi ushbu xabar bo‘yicha quyidagicha munosabat bildiradi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
23-apreldagi 299-sonli
qarori ijrosi yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan Grafikka asosan Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Andijon viloyatining Paxtaobod va Qo‘rg‘ontepa hamda Namangan viloyatining Chust tumanlarida ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash va yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish yuzasidan dala kuzatuv ishlari amalga oshirilmoqda.
📂Jumladan, Paxtaobod tumanidagi 2068 ta yerdan foydalanuvchilarning 26 ming 31 gektar, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 2 ming 25 ta yerdan foydalanuvchilarning 46 ming 154 gektar, Chust tumanidagi 2 ming 832 ta yerdan foydalanuvchilarning 93 ming 749 gektar yer maydonlari va chegaralariga aniqlik kiritish ishlari bajarilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Tokzorlar uchun yerlar ijaraga beriladi▫️

⚜️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar va uzumchilik uchun ochiq tanlov asosida 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

⚜️ Ochiq tanlovga yerlar dehqon xo‘jaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun – 0,06 – 1 gektar o‘lchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1–30 gektar o‘lchamlarda chiqariladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #Yer_nazorati

🇺🇿Кадастр агентлигининг Наманган вилояти бошқармаси ер ва кадастр назорати инспекторлари томонидан жорий йилнинг ўтган даврида 242 гектардан ортиқ ер ўзбошимчалик билан эгаллаб олингани аниқланди.

👉Батафсил

Telegram Instagram Facebook