NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
961 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿Сайёр қабулларда-муаммолар ечим топмоқда.

🔵 Бугун Чуст туманининг чекка, чегара ҳудуди фуқаролари ҳамда тадбиркорлари учун кадастр хизматига бўлган мурожаатларини жойида кўриб чиқиш, уларга ечим топиш мақсадида туманнинг Баймоқ қишлоғининг Сой бўйи кўчасида жойлашган 14-сонли умумий ўрта таълим мактаби биносида сайёр қабул ўтказилди.
🔵 Сайёр қабулда Кадастр агентлиги Наманган вилояти бошқармаси бошлиғи С.Мухитдинов ва ҳамкорларимиз Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси, Қонунчилик палатаси депутати Н.Султонов, Чуст тумани ҳокими Б.Ҳамдамовлар иштирок этдилар.
🔵 Кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш, давлат рўйхатидан ўтказиш, ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаш ҳолатларини олдини олиш ва кадастр хизматлари билан боғлиқ 24 нафар мурожатчилар қабул қилинди. Улардан 14 нафар мурожаатчиларнинг масалалари жойида ҳал қилинди, 4 нафар мурожаатчиларга ҳуқуқий тушинтириш берилди, 6 нафар мурожаатчиларни масалалари бажарилиши назоратга олинди.

Матбуот хизмати.
XORIJDA KADASTR TIZIMI
Kadastr Ispaniyada

🇪🇸 Yer kadastri Ispaniyada "Registro de la Propiedad" yoki "Catastro" deb ataladi. "Catastro" - bu xaritalar, chizmalar, rejalar xususiyatlarini o'rganadigan, soliqqa tortish uchun mulkning taxminiy qiymati haqidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan tashkilot. Bu davlatda yer kadastri va yer-mulk reyestri alohida tashkilot, shu bilan birga hamkorlikda faoliyat yuritadi.

🇪🇸 Mamlakatda kadastr va reyestr Milliy iqtisodiyot va moliya vazirligiga bo'ysunadi. Kadastr tizimida ma'lumotlar faqat soliqqa tortish va yer uchastkalarini guruhlash maqsadida to'planadi. Kadastr reyestri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ko'chmas mulk reyestrida quyidagilar ro'yxatga olinadi:
▫️ mulkdorning ko'chmas mulkka nisbatan real huquqlari;
▫️ huquqiy hujjatlar (sotib olish va sotish, bitimlar to'g'risidagi qarorlar, malaka, yer usti va yer qa'riga bo'lgan huquqlar, servitutlar);
▫️ uchinchi shaxslarning manfaatlari;
▫️ cheklovlar;
▫️ ipoteka, kreditlar va boshqalar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Umumhalq muhokamasida ishtirok eting

🔊 Hurmatli yurtdoshlar, 2022 yilning 25 iyunidan 5 iyul kuniga qadar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi.

🇺🇿Taraqqiyot strategiyasi” markazi barcha fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamalarida faol ishtirok etishga chorlaydi.

👉 https://meningkonstitutsiyam.uz/

#DavKadastrPalata #bosh_qomus #umumxalq_muhokamasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#yosh_novatorlar

🌱Ayni dam, Kadastr agentligi tizimidagi tashkilot, muassasa va korxonalarda faoliyat olib borayotgan iqtidorli xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus, g‘oya va istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Yosh novatorlar” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida o‘tkazilmoqda.

💠 Mazkur tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan yakka yoki 4 kishidan oshmagan holda guruh bo’lib Agentlik tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar ishtirok etishmoqda.
Uni onlayn kuzatib boring: https://us02web.zoom.us/u/kci7kt1GF8


Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент таъкидлаганидек, 1 июлдан бошлаб:

- автомобилнинг орқа ён ойналарини қорайтириш тўловлари бекор қилинади, яъни бепул бўлади;

- олд ва орқа ён ойналарни тўлиқ қорайтириш тўловлари 6 баробаргача арзонлаштирилади;

- ишлаб чиқарилганига 10 йилдан кўп бўлмаган енгил машиналарни мажбурий техник кўрикдан ўтказиш тартиби бекор бўлади.

Энди, 10 йилдан 15 йилгача бўлган енгил машиналар – икки йилда, 15 йилдан ортиқ бўлганлари эса бир йилда бир марта техник кўрикдан ўтказилади.

"Бу ҳали бошланиши. Мен Президент маслаҳатчилари, Бош вазир ўринбосарлари ва вазирларга топшириқ берганман.

Одамларимизни қийнаётган, аҳамиятини йўқотган тартиб ва чекловларни бекор қилиш бўйича Ишчи гуруҳи барча йўналишларда мунтазам ишлаяпти.

Жойлардан тушган асосланган таклифлар ва ечимлар бўйича доимий тарзда халқимизнинг фойдасига хизмат қиладиган қарорлар қабул қилиб борилади”, деди Президент йиғилиш якунида.
Forwarded from Uzbekistanofficial | Расмий канал Тезкор Xабарлар ва Янгиликлар
⚡️Хива – 2024 йил Ислом дунёсининг туризм пойтахти этиб эълон қилинди

Ислом ҳамкорлик ташкилотининг XI сессияси доирасида илк бор Ўзбекистон шаҳарларидан бири – Хива 2024 йил “Ислом дунёсининг туризм пойтахти” дея эълон қилинди.

Ушбу номинацияга 5 та шаҳарлар номзоди қўйилганди:

Абу-Даби (БАА);
Шанлиурфа (Туркия);
Лаос (Нигерия);
Душанбе (Тожикистон);
Хива (Ўзбекистон).

Овоз бериш натижасига кўра, Хива ютиб чиқди.

ИҲТ сессиясида Ўзбекистон делегациясига Бош вазир ўринбосари, туризм ва маданий мерос вазири Азиз Абдуҳакимов раҳбарлик қилмоқда.

👉 @UZBEKISTANUZ
#Kadastr #yosh_novatorlar

🇺🇿Bugun O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniosh vazirligida “Yosh novatorlar” ko'rik tanlovining Final bosqichi bo'lib o'tdi.

📝Finalda loyihalarni Kadastr agentligi tomonidan tayinlangan soha mutaxassislari baholab berishdi.

🏆Natijalar quyidagicha:

🥇1-o'rin -
Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari - Paraxat Ajimuratov, Muxiddin Habibullayev, Azamat Usenov.
🥈2-o'rin -
"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar koroxnasi xodimi - Sardorbek Razzoqov.
🥉3-o'rin -
"Kartografiya" davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi xodimi - Nizomxo'ja Nozimov.

🎉Bu o'rinlardan tashqari;

"Tanlov kashfiyoti",
"Eng kreativ g‘oya",
"Muammo va yechim",
"Eng yaxshi novator",
"Eng faol guruh"
nominatsiyalari ham o'z egalarini topdi va qimmatbaho sovg'alar bilan birgalikda ishtirokchilarga topshirildi.

🗂Ko‘rik tanlovga sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan 30 dan ortiq taklif va materiallar kelib tushdi. Ularning ichidan yakuniy bosqich uchun eng munosib 8 ta loyihani maxsus komissiya a’zolari saralab berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yosh_novatorlar

📹 Kadastr agentligi agentlikning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan faol yoshlar uchun "Yosh novatorlar" ko'rik tanovini o'tkazdi.

Telegram Instagram Facebook