NAMANGAN KADASTR
1.44K subscribers
10.6K photos
957 videos
9 files
4.45K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Мақсадимиз – ҳалол ишлаш.

🔹Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти бошқармалари ходимлари иштирокида навбатдаги “Мақсадимиз – ҳалол ишлаш” мавзусида йиғилиш бўлиб ўтди.

👉
Батафсил

Telegram Instagram Facebook
Рамазон ойи – сахийлик, меҳр-оқибат ва бағрикенглик ойидир. Бу қутлуғ айёмда меҳр-шафқатли, кечиримли бўлиш ҳаммамиз учун ҳам фарз, ҳам қарз”, деди давлатимиз раҳбари.

Шу муносабат билан, Рамазон ҳайити арафасида Президент адашиб жиноятга қўл урган, лекин айбини чуқур англаб, тузалиш йўлига қатъий ўтган 65 нафар фуқарони афв этиш бўйича фармонни имзолади.

Мутасаддиларга ушбу фуқаролар байрамни ўз уйида, яқинлари бағрида кутиб олишлари учун барча шароитларни яратиш бўйича топшириқ берилди.

Шу билан бирга, вилоят, туман ва шаҳар ҳокимлари, сектор раҳбарлари олдига байрам юқори савияда ўтишини таъминлаш вазифаси қўйилди.

“Улуғ мутафаккир Мир Алишер Навоий бобомиз айтганларидек, одамларнинг дардига дармон бўлиш – инсонийликнинг олий намунаси эканини унутмаслигимиз, бундай эзгу иш услуби бизнинг нафақат хизмат вазифамиз, шу билан бирга, виждоний бурчимизга айланиши керак”, деди Президент сўзининг якунида.
🇺🇿 Tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish

◻️ Bugun, Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

◻️ Davlatimiz rahbarining PQ-4819-sonli qaroriga asosan sohaga yangi joriy qilingan Komplayens nazorati xizmatiga boshqaruv tizimida va hududiy boshqarmalarda amalga oshirilgan bir necha tayinlovlar bilan yig'ilganlar tanishtirildi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
TAYINLOV

Rahmatov Azim Maxamatovich –Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Komplayens xizmati boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Azim Maxamatovich- 1976 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004 yil O'zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini magistratura yo'nalishida tamomlagan.

Avval, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati xarbiy qism opеrativ bo'lim rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Yangi oydan yangi imkoniyatlar▫️

🔹 Xotin-qizlar faolining oylik ish haqi oshiriladi;

🔹 Pensiya va nafaqalar naqd pulda beriladi;

🔹 Yoshlarning turizm bo‘yicha tashabbuslariga 50 mln so‘mdan grant ajratiladi;

🔹 Mahalla raisining ish haqi miqdori mahallasidagi xonadonlar soniga qarab belgilanadi;

🔹 «Avtomobil tarixi» ma’lumotlarini olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi;

🔹 Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlariga haq to‘lash Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi;

🔹 Pensiyani plastik kartada oluvchilarga qo‘shimcha 1 foiz to‘lab beriladi;

🔹 Migrantlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Ozodalik kuni▫️

◻️Ulug‘ kunlar arafasida, Hukumat farmoyishiga (199–F, 26.04.2022 y.) ko'ra, “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazish maqsadida bugun barcha yurtdoshlarimiz hasharga chiqishgan.

◻️Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati vakillari ham palata binosi atroflarini tozalash, bino ustki va ichki ko‘rinishini ozodalashda faol qatnashmoqdalar.

#DavKadastrPalata #hashar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🇺🇿Yurt obodligi hashar bilan🇺🇿

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmalar ularning tuman-shahar bo‘limlari hamda filiallarining 450 nafardan ortiq xodimlari 30-aprel "Umumxalq xayriya hashari" da faol qatnashmoqdalar.

🔹Hozirgacha joylarda jami 3500 kv.metr gulxonalar o‘tlardan tozalanib, chopib, tartibga keltirildi, 250 metrdan ortiq ariqlar tozalandi, 850 tup gul ko‘chatlari ekildi, binolarda 120 kv.metr oynalar yuvildi va ish joylari tartibga keltirildi. To‘raqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida yangi qurilayotgan binolarda ham ishlar qizg‘in ketmoqda.

🔹Ushbu xayriya hasharida Namanganlik barcha kadastr tizimi xodimlari hamjihatlikda, ko‘tarinki kayfiyatda qatnashib Yurtimiz obodligiga o‘zlaring kamtarona hissalarini qo‘shish niyatidalar.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook