NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Биринчи Президент Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.
Қуръон оятлари тиловат қилинди. Ислом Каримовнинг халқимиз манфаати йўлида қилган ишлари, мардлик, одиллик, камтаринлик ҳислатлари ёдга олинди.
Маросимда Олий Мажлис палаталари, Президент Администрацияси ва ҳукумат вакиллари, илм-фан ва маданият намояндалари, зиёлилар, шаҳар жамоатчилиги иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту Исламу Каримову в городе Ташкенте.
Прочитаны суры из священного Корана. Говорилось о делах Ислама Каримова во благо и в интересах нашего народа, его высоких человеческих качествах - мужестве, справедливости и скромности.
В церемонии приняли участие представители палат Олий Мажлиса, Администрации Президента и правительства, деятели науки и культуры, представители интеллигенции и общественности.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️2022 yil - 1 fevraldan▫️

2022 yil - 1 fevraldan kuchga kiradigan O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘zgarishlar.

💠 Jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi;

💠 “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga oid ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi;

💠 Кorrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi, eksperiment tariqasida, tegishli ro‘yxatda keltirilgan va o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

💠 Viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi.
Кадастр. Ҳамкасбларга ғамхўрлик.

Муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев томонларидан 2022-йил – “Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили” деб номланиши муносабати билан Наманган вилоятида ҳам инсон қадрини улуғлаш, аҳолининг кам таъминланган қатламларидан хабар олиш каби хайрли ишлар бошлаб юборилди.

Яқинда Наманган вилояти ҳокимининг вилоят аҳлига йўллаган мурожаатида ҳам барча вилоят, туман ва шаҳар бошқармалари, ташкилот ва муассасалари, корхона ва фирмалар раҳбарлари шахсий намуна кўрсатиб жамоасидаги эҳтиёжманд оила вакилидан хабар олишлари таъкидлаган эди.

Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти бошқармалари, туман, шаҳар бўлимлари ва филиалларида ишловчи эҳтиёжманд ишчи ходимлар ва нафақадаги фахрийлар ҳолидан хабар олиш, саховат кўрсатиш ишлари бошлаб юборилди. Биргина январь ойида 15 нафар ходимларга амалий ёрдам берилди.

Бу савобли ишлар вилоят кадастр тизимида урфга айланмоқда.


Матбуот хизмати.
“Maqsadimiz – halol ishlash” mavzusida yig‘ilishning bugungi manzili viloyatning Kosonsoy tumani bo‘ldi.

Sohada Kadastr agentligi direktorining korruptsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha bergan topshirig‘iga asosan bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasining Kosonsoy tuman bo‘lim va filialida ham barcha xodimlar ishtirokida “Maqsadimiz – halol ishlash” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Kadastr agentligining Namangan viloyat boshqarmasi komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi M.Nurmatov, kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi M.Hojiev, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasidan bosh mutaxassis B.Valiev hamda matbuot xizmati masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📎Siz nechta til bilasiz?!📎

🌐 Ko‘p til bilgan xodimga talab katta. Shunday ekan, poliglotning xozirgi kunda mavqei ham, maoshi ham yuqori ekanligi xech kimga sir emas.

🌐 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati - o‘z xodimlariga ana shu imkoniyatlar eshigini ochdi.

📹 Batafsil mazkur reportajda...

#DavKadastrPalata #til_o_rganamiz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Бугун_туғилган_кун

ТАБРИКНОМА.

Ҳурматли Усманов Олим Каримович!

Сизни таваллуд айёмингиз муносабати билан самимий табриклайман!

Вилоятимизнинг кадастр тизимида Сиз раҳбарлик қилаётган Бино иншоотлар ва Давлат ер кадастрини юритиш бўлими соҳанинг энг муҳим йўналишларидан бири бўлиб, бошқарманинг ютуқларида Сизнинг ҳам салмоқли улушингиз бор. Сиз тарбиялаган кўплаб шогирдларингиз ҳам соҳа ривожи учун хизмат қилмоқдалар.

Бугунги туғилган кунингиз муносабати билан муборакбод этиб, Сизга мустаҳкам сиҳат саломатлик, хонадонингизга тинчлик-хотиржамлик, байрамона кайфият, соҳа ривожи йўлидаги фаолиятингизда омад ва улкан зафарлар тилайман.

Ҳурмат билан,
Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти бошқармаси бошлиғи Нозимжон Инамов
#Yer_va_kadastr_nazorati

Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Chortoq tumani bo‘limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumandagi “Oyqiron Mirishkorlari” MMTP hududi, qishloq xo‘jalik xaritasining 636 q-dala konturidagi fuqaro A.Qoraboyevning o‘ziga tegishli 2 gektar issiqxona uchun ajratilgan yer maydoniga hujjatlar rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan 0,16 gektar qismiga uy-joy qurish maqsadida beton fundament qurgani aniqlandi.

Fuqaroga yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tegishli tartibda qurilmani 15 kun ichida ihtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma taqdim etildi va huquqiy oqibatlari tushuntirildi. O‘ziga to‘g‘ri hulosa chiqargan fuqaro o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni o‘z hisobidan bartar etdi.

Matbuot xizmati.
▫️Joylarda fuqarolarga qaror mazmunlari tushuntirilmoqda▫️

◻️ E-auksion.uz elektron savdo platformasidan foydalanish tartibi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchaskalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 709-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.

◻️Tuman hokimlik vakillari, kadastr tizimi mutaxassislari hamda elektron savdo platformasi mutasaddilari ishtirokidagi uchrashuvlar quyidagi hududlarda o'tkazildi:

▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida;
▪️Buxoro viloyati Romitan tumanida;
▪️Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida;
▪️Namangan viloyati, Chust tumanida.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |