NAMANGAN KADASTR
1.49K subscribers
11.5K photos
1.01K videos
9 files
4.72K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#huquqiy_targibot

❗️Barcha uchun muhim raqamlar

Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʼliq boʼlmagan chogʼdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʼlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so‘m;

🔹zarur ish stajiga ega boʼlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chogʼdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʼshimcha toʼlovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun_937

Namangan viloyati Chust tumanida xatlov ishlari reja-grafigi

❗️ "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan yer uchastkalari hamda bino-inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Namangan viloyati Chust tumani hududi uchun 2025-yil reja-grafigi.

✔️Ushbu reja-grafikka asosan kadastr xizmati xodimlari "mahallabay" va "xonadonbay" ish tashkil qilib, o'zlari Sizning xonadoningizga boradilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot #odob_axloq_qoidalari

🇺🇿Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining
NAMUNAVIY QOIDALARI


❗️Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:

➡️davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;
➡️masʼuliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
➡️murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish;
➡️xushmuomalalik, eʼtiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;
➡️oilasida sog‘lom muhitni taʼminlab, oila aʼzolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
➡️fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qatʼiy nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;
➡️jamiyatda axloqning umumeʼtirof etilgan qoidalariga amal qilish.

Manba: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori, 1-ilovasi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E'LON!

📃 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

🗓 Imtihon kuni: 2025-yil, 29-30-yanvar
🕔 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

📍 Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📹 Imtihon jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasidagi rasmiy kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

◼️ Malaka imtihonida 54 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun_937

Namangan viloyati Chortoq tumanida xatlov ishlari reja-grafigi

❗️ "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan yer uchastkalari hamda bino-inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Namangan viloyati Chortoq tumani hududi uchun 2025-yil reja-grafigi.

✔️Ushbu reja-grafikka asosan kadastr xizmati xodimlari "mahallabay" va "xonadonbay" ish tashkil qilib, o'zlari Sizning xonadoningizga boradilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish


🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov hamda A.Obidovlar viloyat kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan umumprofilaktik tadbirlar va xodimlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazmoqdalar.

🔹Bunda, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Arxiv ishi nazorati sho'basi bosh mutaxassisi K.Najmiddinov bilan hamkorlikda filiallarning idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini hisobga olish, saqlanish holatlarini tekshirish hamda raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqdalar.

🔹Bugun ana shunday tadbirlardan biri Agentlik va Palataning Chust, To'raqo'rg'on tuman bo'limi hamda filiallarida bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish chog‘ida va ular bilan muloqot vaqtida xizmat madaniyatiga amal qilish, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida alohida tushunchalar berildi. O‘RQ-937-son Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlari bilan tanishildi.

🔹Profilaktik tadbir davomida idoraviy arxiv xonalarining jihozlanish holati, saqlanayotgan kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirilishi, ularni to‘g‘ri hisobga olinishi va hujjatlarning holati ko'zdan kechirildi. Uslubiy qo‘llanma talablariga asosan ish tashkil qilinishini nazorat tartibida o'rganilib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 📣📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 22-yanvar kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Mavzu: “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunga asosan joylarda o‘tkazilayotgan xatlov ishlari.

🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov,
🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Бугунги кунга қадар 125 131 та кўчмас мулк объекти хатловдан ўтказилди

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги Ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов “Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги Қонун ижроси юзасидан маълумот берди:

🔅 Хатлов ишлари икки босқичда - дала ишлари ҳамда камерал ишлар кўринишида амалга оширилмоқда.

🔅 Дала ишларида кадастр муҳандислари томонидан ҳар бир кўчмас мулкнинг бино иншоотларини ўлчаш билан бир қаторда уларнинг конструктив элементларини ҳамда ер участкаларининг амалдаги чегараларини аниқлаш амалга оширилади.

🔅 Камерал ишларда дала ишлари натижаларини тўплаш, таҳлил қилиш, бино-иншоотлар чизмалари ва ер участкаси чегараларини чизиш, топографик хариталарни яратиш ишлари амалга оширилади.

🔅 Қонун ижроси юзасидан жараёнларга 4 500 мингга яқин кадастр ходимлари сафарбар қилинган бўлиб, бугунги кунга қадар 125 131 та кўчмас мулк объектлари хатловдан ўтказилди.

🔅 Хатловдан ўтказилган 55 010 та кўчмас мулк объектларининг хатлов жамланмалари шакллантирилиб, республика ишчи гуруҳига кўриб чиқиш учун тақдим этилди.

🔅 Хатлов жамланмалари тўлиқ шакллантирилган 36 282 та кўчмас мулк объектлари UZKAD тизимига олиб ўтилди.

🔅 Кадастр агентлиги томонидан тасдиқланган режа-график асосида жойларда хатлов ишлари давом этмоқда. Юртдошларимиз мазкур режа-график билан kadastr.uz сайти орқали танишишлари мумкин.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raddiya

RADDIYA


🔹Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida joylashgan Mirob fermer xo'jaligining yerlari yuzasidan murojaatga asosan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

🔹Ushbu murojaatdagi yer bo'yicha ko'tarilgan nizoli masala avval ham bir necha bor ko'rib chiqilganligi, Namangan viloyati hokimi o'rinbosari boshchiligidagi Ishchi guruhi (Viloyat prokuraturasi, Viloyat IIB, Viloyat qurilish boshqarmasi, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari vakillari) tomonidan joyida murojaatchi ishtirokida o‘rganilganligi va natijasi bo'yicha ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy munosabat bildirilganligini, fermer xo‘jaligining avvalda ham, arizalari turli idoralar tomonidan bir necha marta o‘rganilganligini va Sud organlar orqali bir necha bor ko‘rib chiqilganligini hisobga olib murojaatchiga o‘rnatilgan tartibda sud idoralariga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuning 30-moddasiga asosan“ agar takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan bo‘lsa ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning to‘la-to‘kis materiallari mavjud bo‘lsa va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan bo‘lsa” murojaat ko‘rib chiqish tugatiladi deb belgilangan.

🔹 Yuqoridagilarga asosan va masalaga sud tomonidan huquqiy baho berilganligini hisobga olib, bu takroriy murojaatni ko‘rib chiqish viloyat kadastr idoralari tomonidan tugatildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM