🌎🌎🌎🌎❗️Uchqo‘rg‘onda yer nazorati tadbirlarida “ko‘chalar ochilmoqda”😎Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani tez rivojlanayotgan, aholi soni yildan yilga ko‘payayotgan tumanlardan hisoblanadi.
🌟Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan
Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan tuman bo‘limida inspektorlardan iborat Ishchi guruhlar tuzilgan.
😎Ishchi guruh Tuman hokimligi, Tuman qurilish bo‘limi bilan hamkorlikda
yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha tezkor faoliyat olib bormoqdalar.
😎Joriy yilning 10 oyi davomida tuman bo'yicha
351 ta holatda jami 6,94 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Shundan, tushuntirish va yozma ogohlantirishdan keyin 247 ta holatda qonunbuzarlik ixtiyoriy ravishda bartaraf qilingan.
😎Masalan, bo‘lim inspektorlari Uchqo‘rg‘onning “Islomobod” va “Qug‘ay” MFY hududlarida
yer nazorati tadbirlari davomida fuqarolar T.T. A.P. va U.I.lar o‘ziga qarashli do‘konlari oldidagi ko‘cha qismiga hech bir hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 570 kv.metr yerni to‘siqlar bilan o‘rab olganlar. Inspektorlar tomonidan berilgan yozma ogohlantirishdan keyin o‘z xatosini tushungan fuqaro T.T. A.P. va U.I. o‘z hisobidan huquqbuzarlikni bartaraf qilgan.
😎Huquqbuzarliklarni oldini olish uchun
yer nazorat tadbirlarida asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi yerlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.
✔️Bizni kuzatib boring, Sizlarni yer nazorati tadbirlaridan xabardor qilib boramiz.
#yer_nazorati
Matbuot xizmati.📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook