NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Xalq_xizmatida

Kadastr xizmatiga murojaatlar joyiga chiqib, hal qilinmoqda

🔹Vodiyning jannatmakon go‘shalaridan biri Namangan viloyati bo‘lsa, Namangan tumani shu go‘shaning insonlari mehnatkash, serharakat, yeri serhosil va qishloqlari obod maskanlardan.

🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan tumani filialida tuman aholisi va tadbirkorlariga qulaylik yaratish maqsadida mavjud 53 ta mahalla fuqarolari yig‘inlariga bir nafardan kadastr muhandisi biriktirilgan.

🔹Ular MFY raislari va boshqa mahalla yettiligi bilan birgalikda ish tashkil qilib, aholi hamda tadbirkorlarning murojaatlarini joyida hal qilmoqdalar. Kunlik ish faoliyatlarida inson manfaati ustuvorligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

🔹Joriy yilning o'tgan davri mobaynida Prezident portali, tuman Xalq qabulxonasi, Tadbirkorlar virtual ofisi orqali jami 354 ta yozma murojaatlarga o‘z vaqtida javob berildi va undan 72% ida ko‘tarilgan masala ijobiy hal qilindi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Qonun_937

Markaziy gazeta sahifalarida

🇺🇿
"O'zbekiston bunyodkori" gazetasining 2024-yil 24-dekabrdagi 99-sonida 🇺🇿Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i M.Tursunbayevning “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan "Yer uchastkalariga egalik huquqi e'tirof etiladi" sarlavhali maqolasi chop etildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Россия Федерациясига келди. "Пулково" халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Санкт-Петербург губернатори Александр Беглов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в Российскую Федерацию. В международном аэропорту «Пулково» главу нашего государства встретили губернатор Санкт-Петербурга Александр Беглов и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Янги йил байрамини нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунни белгилаш ва дам олиш кунини кўчириш тўғрисида”ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Yosh kadastrchi" loyihasi sarhisobi


😞😡😞😕- yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili doirasida, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan amalga oshirilgan "Yosh kadastrchi" loyihasi mamlakatimizning turli hududlaridagi yoshlarning kadastr sohasidagi faoliyatini keng ko‘lamda yoritdi.

🇺🇿 Ushbu loyiha yosh kadastrchilarning tizimda amalga oshirgan samarali ishlarini namoyish etish, ularning kasbiy malakasini oshirish va yoshlarni kadastr sohasi bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan.

🪬 Loyihaning asosiy maqsadi - nafaqat yosh kadastrchilarning faoliyatini ko‘rsatish, balki yoshlarda kadastr sohasiga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqni kuchaytirishdir.

🎚 Yil davomida quyidagi hududiy boshqarmalar va tuman, shahar filiallaridagi yoshlarning faoliyati keng yoritildi:

🇺🇿 Nukus shahri
🇺🇿 Olmaliq shahri
🇺🇿 Termiz tumani
🇺🇿 Beshariq tumani
🇺🇿 Mirishkor tumani
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Izboskan tumani
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 To'rtko'l tumani
🇺🇿 Bo'ston tumani
🇺🇿 Nukus shahri

#DavKadastrPalata #yosh_kadastrchi #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlariga tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024 yil 6-dekabrdagi 202-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlariga ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.

◼️Tanlov ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdagi bo‘sh (vakant) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimi uchun munosib nomzodlarni tanlash maqsadida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

◼️Tanlovning o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining buyrug‘i bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi tashkil etiladi.

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat hisoblanadi:

- tanlovning o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish;
- nomzodning hujjatlarini qabul qilish va ularni o‘rganib chiqish;
- nomzodni test va suhbat sinovlaridan o‘tkazish;
- tanlov natijalarini e’lon qilish.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Elga beminnat, halol xizmat ko‘rsatish - pirovard maqsadimiz


2024-yilning 25-dekabr sanasida 🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasining Pop tuman bo‘limi va filiali xodimlari bilan sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan umumiy profilaktika tadbiri o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, shuningdek tuman bo‘lim va filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida A.Obidov filial xodimlariga  ijro va mehnat intizomiga rioya etish, mehnat jamoasida sog‘lom muhitni shakllantirish, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlarini sidqidildan bajarish, yangi yil bayrami arafasida xizmat ko‘rsatish madaniyatiga va odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslikka eʼtibor qaratdi. Shuningdek, rahbariyat tomonidan berilgan dolzarb topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish bugingi kunning talabi ekanligi alohida ta'kidladi.

 Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov, ishtirokchilarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutlab, 2025-yilni mehnatda munosib yutuqlar bilan kutib olish bilan birga, yangi yil arafasida hayot xavfsizligi qoidalariga eʼtibor qaratish lozimligi haqida fikr bildirdi. Jumladan, bugungi qish-qirovli kunlarda mavsumni talofatsiz o‘tkazishga, xususan nobop isitish vositalaridan foydalanmaslik, is gazidan himoyalanish  va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, korxona mol-mulkini ko‘z qorachig‘idek asrash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. So‘zini davom ettirib, notiq, shuningdek, mamlakatimizdagi tinch osoyishta hayotimizga raxna solish maqsadida, bugungi kunda yuzaga kelgan ijtimoiy iqtisodiy muammolardan foydalanib qolishi mumkin bo‘lgan destruktiv elementlar taʼsiriga tushib qolmaslikka chaqirdi.

Mazkur profilaktika tadbiri samimiylik, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tdi. Korrupsiya balosini jilovlash o‘z qo‘limizda. Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat kadastr xizmati ko‘rsatishdan iboratdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM