NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
O‘RQ-937-sonli Qonunga asosan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qanday hujjati bilan e’tirof etiladi?
Anonymous Quiz
16%
Dalolatnoma
6%
Buyruq
9%
Farmoyish
69%
Qaror
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #xatlov #Qonun_937

🆕 Hamkorlikda ish tashkil qilindi.

🔺Mamlakatimizda 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan sohaning yuqori malakali kadastr muhandislari, topograflari bevosita viloyatimiz bo‘ylab xatlov jarayonlarini olib bormoqdalar.

🔺Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va А.Оbidovlar Namangan shahar filiali tomonidan reja-grafikka muvofiq xatlov ishlari olib borilayotgan Namangan shahrining "Chaman" MFY hamda "Quvonch" MFYda bo‘lib, aholi va  mahallalar yettiligi bilan uchrashdilar.

🔺Ushbu manzilli profilaktik tadbirlarda MFYlar hududida olib borilayotgan xatlov ishlarini sifati, me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi va ish jarayonida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar o'rganildi. Uchrashuv va suhbat jarayonida Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan hamkorlikda ishlashga, sohaga doir masalalar bo‘yicha aholi bilan mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot o'tkazishga kelishib olindi.

🔺Maqsadimiz xalqimizga, tadbirkorlarimizga beminnat xizmat ko'rsatishdir!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Наманган вилоятида инвестиция ва тадбиркорлик муҳитини ривожлантириш, аҳоли фаровонлигини ошириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам развития инвестиционного климата и деловой среды, повышения благосостояния населения в Наманганской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Namangan #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📃📃📃📃

📣 DIQQAT EʼLON 

🟢 Hurmatli Namangan viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari ❗️

➡️ Aholining 🌟 Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati aholisi uchun joriy yilning 29-noyabr kuni sayyor qabul o‘tkaziladi.

➡️ Sayyor qabul 🌟 Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil:  Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumani Yorqin hayot MFY Andijon ko'chasi 1-uy. Tuman madaniyat uyi binosi

🕙 Boshlanish vaqti soat 11:00 da.

☎️ Murojaat uchun telefon: (69) 233-08-24

#Kadastr #Sayyor_qabul

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion

Namangan viloyati bo'yicha 2 617 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

🔹Mingbuloq tumanidan 171 ta (koʼrish)
🔹Kosonsoy tumanidan 155 ta (ko'rish)
🔹Namangan tumanidan 37 ta (koʼrish)
🔹Norin tumandan 78 ta (koʼrish)
🔹Pop tumandan 690 ta (koʼrish)
🔹To'raqo'rg'on tumanidan 441 ta (ko'rish)
🔹Uychi tumanidan 47 ta (ko'rish)
🔹Uchqo'rg'on tumanidan 80 ta (ko'rish)
🔹Chortoq tumanidan 246 ta (ko'rish)
🔹Chust tumanidan 487 ta (ko'rish)
🔹Yangiqo'rg'on tumanidan 252 ta (ko'rish)
🔹Namangan shahridan 16 ta (ko'rish)
🔹Yangi Namangan tumanidan 77 ta (ko'rish)
🔹Davlatobod tumanidan 45 ta (ko'rish)
Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan viloyatida joriy yil yakuniga qadar o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Gazeta sahifalarida kadastr xizmati yangiliklari

🟢Namangan viloyati Kosonsoy tuman hokimligining "Kosonsoynoma" gezetasining 2024-yilgi 18-sonida 🇺🇿Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Kosonsoy tuman filiali rahbari I.Saidovning "Huquqlar e'tirof etiladi" sarlavhali maqolasi chop etildi.

🟢Unda O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuntirish va ma'lumot berilgan.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun_937 #kadastr #xatlov

🆕Kadastrchilarning "xonadonbay" ishlaridan aholi xursand

🟢Xabaringiz bor joriy yilning 8-noyabr kunidan boshlab Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirdi.

🟢Ko‘p yillardan beri xalqmiz va tadbirkorlarimiz yechimini kutayotgan yer masalasidagi muammolar hal bo‘lishi uchun kadastr xizmati tizimida katta ishlar boshlab yuborildi.

🟢Hozirda Namangan viloyati bo‘yicha boshlangan xatlov jarayonlarida sohaning 420 nafardan ortiq kadastr muhandislari, topograflarning hamda inspektorlar bevosita qatnashmoqdalar. Ularga har bir shahar, tuman filiallariga boshqarma tomonidan biriktirilgan 14 nafar malakali mutaxassislar amaliy yordam bermoqdalar.

🟢Kadastr agentligi rahbariyati tasdiqlagan va Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati va Mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan rejaga asosan yil yakuniga qadar viloyatimizning 65 ta MFY da xatlov ishlari amalga oshiriladi.

🟢Masalan, dastlabki hisob kitoblarga qaraganda Namangan tumanida 10 152 ta turar-joy va 662 ta noturar-joy obyektlari xatlovdan o'tkazish ko'zda tutilgan. Shu kunlarda tumanning “Qo'rg'oncha” mahalla fuqarolari yig‘inida xatlov ishlari qizg'in ketmoqda. MFY raisi va mahalla yettiligi bilan hamkorlikda 90% dan ortiq xonadonlar xatlovdan o'tkazildi.

🟢Maqsadimiz xalqimiz va tadbirkorlarimizning rozi qilish uchun, Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan ushbu Qonunni sidqidildan, halol va vijdonan bajarishdir!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM