NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovlarning adolatli va to'g'ri bajarilishi ta'minlanmoqda

🌟Davlat kadastrlari palatasi hamda hududiy boshqarmalarning Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi mas'ullari tomonidan joylarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun asosida amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari nazoratdan o'tkazilmoqda.

◼️Tadbirlar davomida xodimlarning xonadonlarni inventarizatsiyadan o'tkazish ishlari ko'zdan kechirilib, belgilangan vazifalarini xolisona yondashgan holda, sidqidildan bajarayotganliklari tekshirilib, xatlovlarda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymasliklari to'g'risida qat'iy ko'rsatmalar berilmoqda.

◼️Shuningdek, fuqarolarga muhandislarning firibgarlik, manfaatlar to'qnashuvi, poraxo'rlik kabi harakatlariga duch kelganlarida rahbariyat va tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi to'g'risida tushunchalar berilmoqda.
▫️Toshkent viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Buxoro viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Farg'ona viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Navoiy viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov2024 #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 25-30 noyabr kunlari Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” tizimi ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

❗️Uchqo‘rg‘onda yer nazorati tadbirlarida “ko‘chalar ochilmoqda”

😎Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani tez rivojlanayotgan, aholi soni yildan yilga ko‘payayotgan tumanlardan hisoblanadi. 🌟Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan tuman bo‘limida inspektorlardan iborat Ishchi guruhlar tuzilgan.

😎Ishchi guruh Tuman hokimligi, Tuman qurilish bo‘limi bilan hamkorlikda yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha tezkor faoliyat olib bormoqdalar.

😎Joriy yilning 10 oyi davomida tuman bo'yicha 351 ta holatda jami 6,94 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Shundan, tushuntirish va yozma ogohlantirishdan keyin 247 ta holatda qonunbuzarlik ixtiyoriy ravishda bartaraf qilingan. 

😎Masalan, bo‘lim inspektorlari Uchqo‘rg‘onning “Islomobod” va “Qug‘ay” MFY hududlarida yer nazorati tadbirlari davomida fuqarolar T.T. A.P. va U.I.lar o‘ziga qarashli do‘konlari oldidagi ko‘cha qismiga hech bir hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 570 kv.metr yerni to‘siqlar bilan o‘rab olganlar. Inspektorlar tomonidan berilgan yozma ogohlantirishdan keyin o‘z xatosini tushungan fuqaro T.T. A.P. va U.I. o‘z hisobidan huquqbuzarlikni bartaraf qilgan.

😎Huquqbuzarliklarni oldini olish uchun yer nazorat tadbirlarida asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi yerlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

✔️Bizni kuzatib boring, Sizlarni yer nazorati tadbirlaridan xabardor qilib boramiz.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘RQ-937-sonli Qonunga asosan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qanday hujjati bilan e’tirof etiladi?
Anonymous Quiz
16%
Dalolatnoma
6%
Buyruq
9%
Farmoyish
69%
Qaror
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #xatlov #Qonun_937

🆕 Hamkorlikda ish tashkil qilindi.

🔺Mamlakatimizda 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan sohaning yuqori malakali kadastr muhandislari, topograflari bevosita viloyatimiz bo‘ylab xatlov jarayonlarini olib bormoqdalar.

🔺Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va А.Оbidovlar Namangan shahar filiali tomonidan reja-grafikka muvofiq xatlov ishlari olib borilayotgan Namangan shahrining "Chaman" MFY hamda "Quvonch" MFYda bo‘lib, aholi va  mahallalar yettiligi bilan uchrashdilar.

🔺Ushbu manzilli profilaktik tadbirlarda MFYlar hududida olib borilayotgan xatlov ishlarini sifati, me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi va ish jarayonida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar o'rganildi. Uchrashuv va suhbat jarayonida Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan hamkorlikda ishlashga, sohaga doir masalalar bo‘yicha aholi bilan mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot o'tkazishga kelishib olindi.

🔺Maqsadimiz xalqimizga, tadbirkorlarimizga beminnat xizmat ko'rsatishdir!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Наманган вилоятида инвестиция ва тадбиркорлик муҳитини ривожлантириш, аҳоли фаровонлигини ошириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам развития инвестиционного климата и деловой среды, повышения благосостояния населения в Наманганской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Namangan #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X