NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#seminar

Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar filialida viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan joylarda ishlarni to‘g‘ri tashkil etish va Qonun talablarini bir xilda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Boshqarma boshlig‘i tomonidan filial rahbariga o‘quv-seminar tashkili qilish va Qonunni moddami-modda o‘rganish vazifasi qo‘yildi.

Shu kunning o‘zida filial boshlig‘i A.Turg‘unov boshchiligida Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumani filiali rahbarlari, xodimlari, topograflar hamda kadastr muhandislari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda, mazkur Qonun ijrosi yuzasidan “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi USLUBIY QO‘LLANMA”ga muvofiq bajariladigan ishlar ketma-ketligi birma-bir, har bir bandi bo‘yicha to‘liq tushuntirib o‘tildi.

Seminar savol-javoblar asosida qizg‘in muhokamalar bilan o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga maʼruzachilar batafsil javoblar berishdi.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Навоий вилоятига ташрифини Навоий шаҳридаги “Uzbekistan hydrogen peroxide” қўшма корхонаси фаолияти билан танишувдан бошлади.

Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Навоийскую область с посещения совместного предприятия “Uzbekistan hydrogen peroxide” в городе Навои.

#Mirziyoyev #safar #Navoiy #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #qunun_targiboti

Korrupsiyani oldini olish uchun har birimiz mas’ulmiz


Joriy yilning 28-30 oktyabr kunlari Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan hamda Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Uychi va Namangan tumanlari bo‘limi va filiallari xodimlari uchun “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Bugun ushbu tadbirlarni yakuni, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Unda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibaev, boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, boshqarmaning sho‘ba, bo‘lim hamda filiallar rahbarlari, kadastr bosh muhandislari, topograflar va inspektorlar jami 110 nafar xodimlar ishtirok etdilar. Tumanlar ZOOM platformasida videoselektor orqali ulandilar.

Boshqarma boshlig‘i M.Tursunbaev yig‘ilishni kirish so‘zi bilan ochib, so‘zni I.Tadjibaevga berdi. U so‘zida tuman filiallarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha bir qator yutuqlarga erishilgani, ammo shu bilan bir qatorda hujjatlarni rasmiylashtirishda ba’zi bir muammolar mavjudligini ta’kidladi. Yaqinda qabul qilingan O‘RQ-937-son Qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Notiq so‘zini davom ettirib, Respublikamizning bir qator viloyatlarida monitoring guruhi tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga to‘xtaldi.

Tadbir yakunida Boshqarma boshlig‘i M.Tursunbaev profilaktik tadbirlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Навоий вилоятидаги саноат корхоналари томонидан ишлаб чиқарилаётган маҳсулотларни кўздан кечирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Seminar #qonun_targiboti

🆕 Yangi qonunni amalga oshirish mexanizimi yuzasidan o‘quv-seminar

✔️Bugun Namangan viloyatida Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida, Kadastr agentligining Kadastr va ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi F.Norboyev, Davlat kadastrlari palatasining Bino inshootlarni davlat kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Muhitdinovlar ishtirokida o'quv-seminar bo'lib o'tdi.

✔️Unda viloyat boshqarmasi mutaxassislari va tuman, shahar filiallari rahbarlari hamda xodimlari ishtirokiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 5-avgustda imzolangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunini amalga oshirish mexanizmi batafsil tushuntirildi.

✔️Seminar savol-javoblar asosida qizg‘in muhokamalar bilan o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga maʼruzachilar to'laqonli javob berdilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM