#korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Korrupsiyani oldini olish pirovard maqsadimiz
⏺ Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarining tuman bo‘limlari va filiallari xodimlari bilan “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida profilaktik tadbirlar Namangan tumanida bo‘lib o‘tdi.
⏺ Unda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev hamda boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘lim hamda filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar ishtirok etdilar.
⏺ Yig‘ilishlarda I.Tadjibaev Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yaqinda imzolangan 937-sonli qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi, hamda boshqa viloyatlarda o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga to‘xtaldi.
⏺ Tadbirlarda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, qonun hujjatlarini o‘rganish, doimo o‘z ustida ishlash va bilimini oshirib borish lozimligini uqtirdi. Korrupsiya balosiga uchragan sobiq xodimlarning hayotidagi achchiq qismati haqida jonli misollar bilan kadastr xodimlariga tushuntirdi.
⏺ Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov tashkil qilingan ushbu profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik va hushyorlikni oshirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida o‘z yurtiga, kasbiga sadoqatli bo‘lish, o‘z ustida ishlashi zarurligini uqtirib o‘tdi.
⏺ Tadbir yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibaev ishlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbarlar, kadastr muhandislari, topograflar o‘z faoliyatlariga doir Qonunlarni, sohaga oid me’yoriy - huquqiy hujjatlarni puxta o‘rganishlari, ularni ish jarayonida to‘g‘ri qo‘llashga e’tibor berishlari, fuqarolar bilan muloqotda odob va axloq qoidalariga amal qilish zarurligini alohida ta’kidladi.
⏺ Tadbir qatnashchilari ishtirokchilarning bir nechta sohaga oid savollariga javob berdilar. Profilaktik tadbirlar samimiy, ishchanlik ruhida o‘tdi.
⏺ Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, xalqimizga beminnat, sifatli kadastr xizmati ko‘rsatish hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashdan iboratdir.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Korrupsiyani oldini olish pirovard maqsadimiz
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
⏺ Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar filialida viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan joylarda ishlarni to‘g‘ri tashkil etish va Qonun talablarini bir xilda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Boshqarma boshlig‘i tomonidan filial rahbariga o‘quv-seminar tashkili qilish va Qonunni moddami-modda o‘rganish vazifasi qo‘yildi.
⏺ Shu kunning o‘zida filial boshlig‘i A.Turg‘unov boshchiligida Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumani filiali rahbarlari, xodimlari, topograflar hamda kadastr muhandislari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
⏺ Seminarda, mazkur Qonun ijrosi yuzasidan “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi USLUBIY QO‘LLANMA”ga muvofiq bajariladigan ishlar ketma-ketligi birma-bir, har bir bandi bo‘yicha to‘liq tushuntirib o‘tildi.
⏺ Seminar savol-javoblar asosida qizg‘in muhokamalar bilan o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga maʼruzachilar batafsil javoblar berishdi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев Навоий вилоятига ташрифини Навоий шаҳридаги “Uzbekistan hydrogen peroxide” қўшма корхонаси фаолияти билан танишувдан бошлади.
—
Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Навоийскую область с посещения совместного предприятия “Uzbekistan hydrogen peroxide” в городе Навои.
#Mirziyoyev #safar #Navoiy #korxona
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Навоийскую область с посещения совместного предприятия “Uzbekistan hydrogen peroxide” в городе Навои.
#Mirziyoyev #safar #Navoiy #korxona
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X