NAMANGAN KADASTR
1.47K subscribers
11.2K photos
997 videos
9 files
4.65K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Қозон шаҳрида “БРИКС плюс” саммитининг ялпи мажлисида иштирок этмоқда

Президент Шавкат Мирзиёев принимает участие в пленарном заседании саммита в формате "БРИКС плюс"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-ma’rifat soati qiziqarli o‘tdi


✔️Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat”da ishtirok etdilar.

✔️Unda haftaning asosiy yangiligi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “BRIKS plyus” sammiti yalpi majlisidagi ishtiroki va bir qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarini qiziqib tomosha qilindi.

✔️Shundan so‘ng, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov va boshqarmaning Jamoatchilik bilan aloqalar sho‘basi bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Namangan shahar kengashi deputatligiga nomzod Sh.Toshtemirovlarni 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi, uning mohiyati va yangiliklari haqidagi ma’ruzalari tinglandi.

✔️Ular hamkasblarni saylovlarda faol qatnashib o‘zlari tanlagan nomzodlarga ovoz berishga chaqirdilar. Saylov bilan bog‘liq savollarga javob berdilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎤🎤🎤🎤

OAV biz haqimizda

✔️Namangan viloyati teleradiokompaniyasining ko'rsatuvlari orqali Noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi ijtimoiy videorolik efirga uzatildi.

📹 Batafsil videoda.

#OAV_biz_haqimizda #Ijtimoiy_rolik

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Yangi qonunni amalga oshirish mexanizimi yuzasidan o‘quv-seminar

Bugun Namangan viloyatida Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida viloyat boshqarmasi mutaxassislari va tuman, shahar filiallari rahbarlari hamda xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 5-avgustda imzolangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunini amalga oshirish mexanizmlariga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda boshqarma boshlig'i M.Tursunbayev kun tartibidagi birinchi masala, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tasdiqlangan "Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi Uslubiy qo'llanma va uni amalga oshirish bosqichlari bilan xodimlarni tanishtirdi.

Boshqarma boshlig'i o'rinbosari R.Raximov Qonun ijrosini amalga oshirish uchun Reja-jadval asosida mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga xabarnoma yuborish, topograf va kadastr muhandislarini taqsimlash, mahallaning hudud xaritasini va ko‘chmas mulklar ro‘yxatini tayyorlash, joylarda dastlabki xatlov ishlarini boshlash yuzasidan tushunchalar berdi.

Shuningdek boshqarmaning Qonun ijrosiga mas'ul bo'lim boshliqlari tomonidan xatlov jarayonidagi topograf va kadastr muhandisini amalga oshiradigan texnik o'lchov ishlari haqida ma'lumotlar berdilar.

Seminar yakunida boshqarma boshlig'i M.Tursunbayev filiallarni moddiy-texnika bilan ta'minlash, qo'shimcha xodimlar ajratish, ijro intizomi hamda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik kabi mavzularda kerakli topshiriqlar berdi.

Tadbir savol javoblarga boy, qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Наманган вилоятида 1 638 809 нафар сайловчи овоз бериш жараёнларида иштирок этади

Бугун - мамлакатимизда Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайлови бўлиб ўтмоқда.
Мазкур муҳим сиёсий тадбирга Наманган вилоятида ҳам жиддий тайёргарлик кўрилди. Вилоятдаги мавжуд 837 та сайлов участкасида фуқароларнинг овоз бериш ҳуқуқидан тўлақонли фойдаланишларини таъминлаш учун зарур чора-тадбирлар кўрилди.

Вилоят ҳудудий сайлов комиссияси берган маълумотларга кўра, бугунги сайловларда жами 1 638 809 нафар Наманган вилоятида истиқомат қилувчи шахслар овоз бериш жараёнларида қатнашадилар.
Сайловчиларнинг 52 615 нафари ёшлардан иборат бўлиб, уларнинг 33 822 нафари биринчи марта овоз бериш ҳуқуқидан фойдаланади. 18 793 нафар йигит-қизлар эса сайлов куни ва унгача 18 ёшга тўладиган ёш сайловчилар ҳисобланади.

Вилоят бўйича сайловчиларнинг 2898 нафари ўзгалар парваришига муҳтож шахслардир. Уларнинг 391 нафари ёлғиз кексалар, 177 нафари ёлғиз ногиронлиги бўлган кексалар, 1788 нафари ёлғиз яшовчи кексалар, 545 нафари ёлғиз яшовчи ногиронлиги бўлган шахслар ҳисобланади.

Шундан келиб чиқиб, сайловларда мустақил иштирок эта олмайдиган 2673 нафар сайловчига овоз бериш жараёнида кўмаклашиш учун ассистент бириктирилган. 8240 нафар шахсларнинг овоз беришда кўмакка муҳтож бўлиши аниқланди. 1800 нафар сайловчи кўзи ожиз, 1448 нафар сайловчи эшитишда нуқсони бор (кар-соқов), 1840 нафар сайловчи таянч-ҳаракат аъзоларида жиддий муаммо бўлган шахслардир. 3152 нафар шахслар эса бошқа сабабларга кўра овоз беришда ўзгалар кўмагига мухтожлик сезадилар.
Юқорида таъкидлаб ўтилганидек, ногиронлиги бўлган шахсларни сайловдаги иштироки учун тегишли инфратузилмавий шароитлар яратилган.

Хусусан, овоз бериш хоналарига махсус жиҳозланган яширин овоз бериш кабиналари жойлаштирилди. Кўзи ожиз ва заиф кўрувчи сайловчилар мавжуд бўлган сайлов участкалари оптик лупалар билан, барча сайлов участкалари Брайль алифбоси асосида тайёрланган трафаретлар билан таъминланди.

Шунингдек, участка бинолари ногиронлар аравачасига мослаштирилган нишаб йўлаклари (пандуслар) ёки «ёрдамга чақириш» тугмаси билан жиҳозланган.

📍Наманган вилоят ҳудудий сайлов комиссияси матбуот маркази

➡️ Каналга обуна бўлинг
😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim


🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlarni qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik pirovard maqsadimiz

Joriy yil 28-oktabr kuni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tuman bo‘limlari va filiallari xodimlari bilan Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshligʼi M.Tursunbayev rahbarligida “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Unda Davlat kadastrlari palatasining Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev hamda boshqarmalarning korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va А.Obidovlar, boʼlimlar hamda filiallar rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar jami 65 nafar xodimlar ishtirok etdilar.

Boshqarma boshligʼi M.Tursunbayev yigʼilishni kirish soʼzi bilan ochib, soʼzni I.Tadjibayevga berdi. U oʼz soʼzida Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yaqinda imzolangan 937-sonli qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha oʼz fikrini bildirdi, hamda boshqa viloyatlarda oʼrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga toʼxtaldi.

Tadbirda soʼz olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, qonun hujjatlarini oʼrganish, doimo oʼz ustida ishlash va bilimini oshirib borish lozimligini uqtirdi. Korrupsiya balosiga giriftor boʼlgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan tushuntirdi.

Yigʼilishda soʼz olgan А.Obidov bugungi profilaktik yigʼilishdan koʼzlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning har qanday koʼrinishiga murosasiz boʼlish, turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik va hushyorlikni oshirish ekanligiga alohida urgʼu berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida oʼz yurtiga, kasbiga sadoqatli boʼlish, oʼz ustida ishlashi, koʼproq kitob oʼqish zarurligini uqtirib oʼtdi.

Tadbir yakunida Boshqarma boshligʼi M.Tursunbaev ishlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbarlar, kadastr muhandislari, topograflar oʼz faoliyatlariga doir Qonunlarni, sohaga oid meʼyoriy - huquqiy hujjatlarni puxta oʼrganishlari, ularni ish jarayonida toʼgʼri qoʼllashga eʼtibor berishlari, fuqarolar bilan muloqotda qoʼpollikka yoʼl qoʼymaslik zarurligini alohida taʼkidladilar.

Mazkur profilaktik tadbir samimiy, ishchanlik ruhida oʼtdi. Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, xalqimizga beminnat kadastr xizmati koʼrsatish hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashdan iboratdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM