NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

⚡️Korrupsiya hamma vaqt taraqqiyot kushandasi bo‘lgan

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Yangiqo'rg'on tuman bo‘lim va filialida bo‘lib, xodimlarning mehnat faoliyati va ish sharoitlari bilan tanishib, ular bilan umumiy va yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazdilar.

🔹Tadbir jarayonida M.Nurmatov xodimlarga korrupsiya illatining kelib chiqishi, uning salbiy oqibatlari va hayotda bu jirkanch yo‘lni tanlagan kimsalarning ayanchli qismati haqida jonli, hayotiy misollar bilan tushuntirdi.

🔹Shuningdek, o‘z hayot yo‘lini to‘g‘riso‘zlik, halollik va mehnatsevarlikka baxshida etgan fidoyi insonlarning yurtimizda qadr topganliklarini, ularni davlatimiz va jamiyatimiz har doim ardoqlab kelganligini so‘zlab berdi.

🔹Suhbatda kadastr idoralarining obro‘si va sha’nini himoya qilish, uni asrab avaylash sohaning har bir xodimidan, hoh u kadastr muhandisi bo‘ladimi yoki bo‘lim boshlig‘imi, metin irodani va matonatni talab etishini, buning uchun xodimlardan bilim va oddiy insoniy bag‘rikenglikni, o‘z kasbiga nisbatan hurmat va mas’uliyatni talab etishi ta’kidlab o‘tdi.

🔹Shudan so‘ng, so‘zga chiqqan A.Obidov fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, tamagirlik va firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari alohida tushuntirildi. Sohada ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilib berildi. Ma’ruzachi xodimlarga so‘nggi paytlarda davlatimizda qabul qilingan qonunlarning mazmun mohiyati keng yoritib berilgan ESLATMA materiallarni ish faoliyatida foydalanishlari uchun tarqatdi.

🔹Shu bilan birgalikda, arxiv hujjatlarining saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi, fuqarolar murojaatlarining asossiz rad etish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar

Talaba yoshlar uchun yoshlar sayli tashil etildi

Bugun Namangan shahridagi “Uch favvora xiyoboni”da tashkil etilgan “Men tanlagan kasb” mavzusidagi yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yoshlar saylida 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari ham tuman filiali bosh muhandisi, yer hisobi mutaxassisi, kadastr muhandisi kabi yo‘nalishlarda 15 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdilar. Kadastr xizmati povilyoniga 50 dan ortiq yoshlar qishiqish bildirdilar va soha mutaxassislari yoshlarning savollariga javob berdilar.

Ko‘rgazmaning Kadastr xizmati povilyoniga Viloyat hokimi Sh.Abdurazzoqov tashrif buyurib, yoshlarga kelajakda kasb tanlashlari uchun yaratilgan imkoniyatlarga yaxshi baho berdi.

Iqtidorli yoshlarni kashf qilish va kelajakda munosib kasb tanlashiga ko'maklashish, shuningdek zamon talabiga javob beradigan sifatli kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan yoshlar saylida faoliyatini namunali olib borayotganligi uchun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi kadrlar masalalari bo'yicha bosh mutaxassis M.Xojiyev tashkilotchilarning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-ma’rifat soati qiziqarli o‘tdi

Bugun 🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat”da ishtirok etdilar.

O‘quv soatida ko‘rsatilgan 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtiroki va MDH bosh kotibining o‘rinbosari Ilhom Ne’matovni Rossiya Federatsiyasining "Drujba" ordeni bilan taqdirlash marosimi xodimlar uchun qiziqarli bo‘ldi.

Tadbirda boshqarmani sho‘ba boshlig‘i, ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zosi I.Sarimsaqov so‘zga chiqib, boshqarma boshlig‘i bilan yoshlar uchrashuv rejalashtirilganligini e’lon qildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM