#Tayinlov
Tumanlar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi
🫥 Bugun 🌟 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga binoan, 🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasining Pop va Mingbuloq tumanlari filiallariga yangi tayinlangan rahbarlarni jamoaga tanishtirish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
➡️ Kunning birinchi yarimida bo‘lib o‘tgan tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev Pop tumani filiali xodimlariga Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Pop tuman filiali boshlig‘i lavozimiga Oxunov Farhodjonni tayinlash haqidagi buyruqni o‘qib eshittirdi. Boshqarma boshlig‘i jamoaning oldida turgan vazifalar haqida gapirib, yangi rahbar bilan hamjihatlikda ishlash va hozirda dolzarb masala bo‘lib turgan yerlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yangi qonunni fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ib qilish va tushuntirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qatʼiy topshiriqlar berdi.
➡️ Keyingi tadbir Mingbuloq tumani filialida bo‘lib, unda boshqarma boshlig‘i M.Tursunbayev - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Mingbuloq tuman filiali boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga Esonaliyev Jamoliddinni tayinlanganligi haqidagi buyruq bilan jamoani tanishtirdi. U o‘z so‘zida yangi tayinlangan rahbar bilan bir yoqadan bosh chiqarib hamjihatlikda ishlash, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, korrupsiyani oldini olish, fuqarolar bilan ishlashda xushmuomala bo‘lish hamda xizmat madaniyatiga amal qilish zarurligini qatʼiy uqtirdi.
➡️ Tadbirlarda qatnashgan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar xodimlarga muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasiga berilayotgan katta ahamiyat, qabul qilingan farmon va qarorlar, filialda xodimlar o‘rtasida korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, ichki muhitni sog‘lomlashtirish va joylarda davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi, kabi masalalariga ahamiyatni kuchaytirish lozimligi tushuntirdilar.
🫥 Boshqarma jamoasi yangi tayinlangan tuman rahbarlarini samimiy tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Tumanlar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
TAYINLOV
#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_maʼrifat_soati
Siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi
💠 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.
➡️ O‘quv soatidan so‘ng Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti R.Djurayev yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan qonunlar va huquqni himoya qilish organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni mazmun mohiyatini tushuntirdi va savollarga javob berdi.
➡️ Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tadbirda so‘z olganlar, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi boshlig‘i O‘.Qalandarova va Murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i I.Sarimsaqovlar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini va takliflarini bildirdilar.
➡️ Ular soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, ichki mehnat qoidalariga qatʼiy amal qilish, tizimda korrupsiyaning oldini olish, ijro intizomiga rioya qilish hamda yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvarlik, o‘z kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash kabi masalalarga to‘xtaldilar.
🫥 Siyosiy-maʼrifiy soat tadbiri savol javoblarga boy, qiziqarli va foydali bo‘ldi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Сессияда:
#Kadastr_agentligi #BMT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi
Yerni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazing va Davlat himoyasida bo‘ling!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilishda kadastr sohasiga belgilab bergan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarish uchun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlar ishga astoidil kirishganlar. Dastlabki tezkor maʼlumotlarga qaraganda rejadagi majud 202,9 ming gektar yerlarni 83% davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
✔️ Barcha ishlar 💫 Davlat kadastlari palatasi boshqarma boshlig‘i F.Niyozov tomonidan kunlik so‘rov, doimiy nazorat va joylarga chiqib o‘rganish orqali amalga oshirilmoqda.
✔️ Viloyatning barcha, 14 ta tumanlariga boshqarmaning malakali mutaxassislari biriktirilgan. Tumanlarda Ishchi guruhlar fermer va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘zorlarga chiqib joyida shartnomalar tuzish yuzasidan ommaviy ish tashkil qilib, ogohlantirish xatlari tarqatish, davlat ro‘yhatidan o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.
✔️ Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Yerni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazing va Davlat himoyasida bo‘ling!
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM