NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#huquqiy_targibot

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 555-sonli qarori qabul qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi.

📁 Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.

2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

◼️Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
◼️Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

✔️ Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

◼️Hududlar kadastr bo‘yicha 🌟Kadastr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида қурилиш индустрияси ва қурилиш материаллари ишлаб чиқаришни ривожлантириш масалаларига бағишланган йиғилиш бошланди.

Кун тартибидаги асосий масалаларга ўтишдан олдин давлатимиз раҳбари камбағалликни қисқартириш ва аҳоли турмуш фаровонлигини ошириш масалаларига тўхталди.

Президент куни кеча имзолаган 2 та муҳим ҳужжатга мувофиқ, шу йилнинг ўзида 500 минг, келгуси йилда яна 1 миллион одамни камбағалликдан чиқаришга қаратилган “Камбағалликдан фаровонлик сари” дастури бошланмоқда.

Facebook|Instagram|X
Камбағал оилаларга деҳқончилик ва боғдорчилик учун 50 минг гектар ер ажратиш чора-тадбирлари кўриб чиқилди.

Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ва ҳокимликларга яна қўшимча 50 минг гектар ер топиш, улар негизида 200 минг оилани даромадли қилиб, камбағалликдан чиқариш бўйича ҳисоб-китобларни амалга ошириш топширилди.

Сўх, Бахмал, Поп, Оҳангарон туманларида саноатлашган “ин-витро” боғлар яратиш тажрибасини бутун республикага ёйиш зарурлиги қайд этилди.

Бунда, “ипотека боғлари” яратилиб, ҳосилга кирганидан кейин одамларга 5 йилда бўлиб тўлаш шарти билан лизингга берилади.

Боғ яратаман, деган тадбиркорга ерни арзон кредити ва тайёр лойиҳаси билан бирга берадиган тизим бўлади.

Ушбу тизимни йўлга қўйиб, шу йилни ўзида 14 минг, келгуси йил 29 минг гектарда мана шундай боғ ва токзорлар ташкил қилиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X
DIQQAT E’LON!

Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!


Sizning Yangi Qonun bo'yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

📃 Mavzu: "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati"

🟥 Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🗓 Vaqti: 2024-yil 26-sentabr, soat 15:00 da

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #arxiv

Arxivlar soha poydevori

📃 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisining “Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularning hisobini yuritish” to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘iga ko‘ra, 2024-yil tizimda “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb e’lon qilindi.

🇺🇿 Namangan viloyat boshqarmasining 12 ta filiallarida idoraviy arxivlar mavjud bo‘lib, jami 611 252 ta hujjatlar saqlanib kelinmoqda, ulardan 572 171 ta turar joylar va 39081 tasi noturar joylar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘ma jildlaridir.

🫥 Tasdiqlangan reja-grafikka asosida Mingbuloq, Namangan, Chortoq hamda Uchqo‘rg‘on tuman filiallari saqlanayotgan kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish va ularni hisobini to‘g‘ri hisobga olish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilib, buyruqqa muvofiq uslubiy qo‘llanma talablariga asosan ish tashkil qilindi.

😄 Filiallar idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish, ularni to‘g‘ri hisobga olish bo‘yicha va hujjatlarning holati bo‘yicha arxiv ishi muhandislari uchun joyiga chiqqan holda 4 marta o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

😄 Hozirga qadar Uchqo‘rg‘on tuman filialida hujjatlarning to‘g‘ri saqlanishi va holati, ya’ni 33 933 ta turar joy va 2357 ta noturar joy obyektlarning kadastr yig‘ma jildlarini hisobi yuritilib, arxivida saqlanayotgan hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqildi.

😄 Bundan tashqari, Mingbuloq tuman filiali 9594 ta turar joy, Namangan tuman filialida 4907 ta turar joy va Chortoq tuman filialida 12567 ta turar joy obyektlarining kadastr yig‘ma jildlari hisobga olindi.

😄 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi Raisi tomonidan tasdiqlangan “Namunaviy idoraviy arxiv” loyihasiga asosan To‘raqo‘rg‘on tuman filiali tanlanib, arxiv xonasiga maxsus temir eshik o‘rnatildi, kirish-chiqishni nazorat qilish maqsadida feys kontrol tizimi joriy qilindi. Arxiv xonalarini masofadan kuzatish imkonini beruvchi kuzatuv kameralar o‘rnatildi. Arxiv xonasidagi harorat va namlikni avtomatik ravishda o‘lchovchi vositalar bilan jihozlandi. Hujjatlarni tizimli va tartibli joylashtirish uchun yangi stellajlar o‘rnatildi. “Namunaviy arxiv” loyihasi Namanganda o‘z muddatida yakuniga yetkazildi.

😄 Joriy yilning 8 oyi davomida yuqori turuvchi organlar hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilingan jami 144 ta murojaatlar ijrosi o‘z vaqtida sifatli to‘liq ta’minlandi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☯️ QAYTMA ALOQA

Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ma'lumot va postlarimiz Sizga foydali va manzur bo'lishi uchun fikringizni bilishga qiziqdik! Bosqichli so'rovnomamizda faol ishtirok eting! QAYSI MAZMUNDAGI XABARLARNI KO'PAYTIRISHIMIZNI ISTAYSIZ?
Anonymous Poll
34%
Huquqiy ma'lumotlar
33%
Sohaga oid qiziqarli xabarlar
9%
Hududiy yangiliklar
13%
Foydali ma'lumotlar
7%
Joy nomlari tarixi
29%
Xorijda yer munosabatlari
#auksion

⚖️ Yerlarni auksionga chiqarish, ish joyi yaratishning asosi.

Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan fuqarolarga va tadbirkorlarga kadastr xizmatini ko‘rsatishni yaxshilash, uni raqamlashtirish, shaffofligini taʼminlash, umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerni asrab-avaylashga va undan oqilona foydalanishga juda katta ahamiyat berilmoqda. Shu yo‘nalishda ko‘plab Farmon va qarorlar qabul qilindi.

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Yerlarni auksionga chiqarish sho‘basi tomonidan viloyatimiz tadbirkorlariga qulaylik yaratish maqsadida, o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun shaffof tarzda yer uchastkalarini “E-auksion” savdo platformasiga  joylashtirish uchun bir qator ishlar amalga oshirildi.

📃 Hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “"Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” gi 71-sonli qarorga asosan Davlat kadastrlari palatasining tuman va shahar filiallari mutaxassislari joylardagi Qurilish bo‘limlari bilan hamkorlikda hududlarda xatlov ishlari olib bordilar hamda joriy yil 8 oy davomida jami 4784 ta holatda 72,45 gektar yer uchastkalari “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritdilar.

😄 Shuningdek, Viloyatimizdagi “E-auksion” ga chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan 15 ta idora va tashkilotlar hamkorlikda ishlab 1028 ta holatda 30,48 gektar yer uchastkalariga ijobiy xulosalar olinganidan so‘ng boshlang‘ich narx bilan “E-auksion” elektron savdo maydonchasiga chiqarildi.

😄 Natijada tadbirkorlarimiz uchun 1500 ta ortiq ish joyi yaratish imkoni paydo bo‘ldi.

😄 Quvonarlisi hozirda 210 ta lotlar o‘z egasini topib 10,84 gektar yer uchastkalari elektron savdo maydonchasi orqali tadbirkorlar tomonidan, shaffof auksionda ishtirok etib, g‘olib bo‘ldilar.

😄 Ushbu 210 ta lotlardagi yer maydonlari davlat ro‘yxatida o‘tkazilib, tuman hamda shahar Qurilish bo‘limlari hamda Davlat kadastrlari palatasining filial mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda auksion g‘oliblari ishtirokida yer uchastkasi chegarasi (naturada) belgilash ishlari amalga oshirildi.

😄 Bugungi kun holatida 2565 ta lotlarda 47,9 gektar yer uchastkalari  boshlang‘ich narx bilan “E-auksion” elektron savdo maydonchasida turibdi.

😄 Tadbirkorlarimiz “E-auksion” tizimi orqali shaffof tarzda auksiondan qatnashib yer maydonlariga egalik qilishlari mumkin.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Kutilgan qonun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning necha sotixgacha bo‘lgan yerlariga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Осиё инфратузилмавий инвестициялар банки Бошқарувчилар кенгашининг Самарқанд шаҳрида ўтаётган IX йиллик йиғилиши очилиш сессиясида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в инаугурационной сессии IX Ежегодного заседания Совета управляющих Азиатского банка инфраструктурных инвестиций, проходящего в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sammit #OIIB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X