#sayyor_qabul
DIQQAT DIQQAT!
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayevning Norin tumani aholisi va tadbirkorlari uchun “SAYYOR QABULI” bo‘ladi.
⏰ Vaqti: 12-sentabr 2024-yil soat 10-00 da boshlanadi.
📱 Manzili: Haqqulobod shaharchasi, O'zbekiston ko'chasi, 2-uy, tuman Kadastr filiali binosi.
🔷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr masalasiga oid savollar va takliflar bo‘lsa biz Siz bilan birgalikda ishlashga va masalalarni yechishga tayyormiz!
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
DIQQAT DIQQAT!
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
🔷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr masalasiga oid savollar va takliflar bo‘lsa biz Siz bilan birgalikda ishlashga va masalalarni yechishga tayyormiz!
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati
Yer umumxalq mulki, uni o‘zboshimchalik bilan egallashga yo‘l qo‘yilmaydi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevralidagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Yer to‘g‘risidagi qonun buzilish holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi.
🔼 Boshqarma, uning tuman va shahar bo‘limlari inspektorlari tomonidan joriy 2024-yilning 8 oyi davomida 179.4 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq 2749 ta qonun buzilish holati aniqlandi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish maqsadida 749 ta holatda 73.6 gektar yer maydonlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi, shundan, 92 ta holatda 8.7 gektar yerlar zaxiraga qaytarilishi sudlar tomonidan qanoatlantirildi (majburiy buzdirish yuzasidan sud qarori qabul qilindi).
➡️ Shuningdek hozirgi kunda 637 ta holatdagi 64,2 gektar yer maydonlaridagi qonunbuzarliklar yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.
➡️ Bundan tashqari, xalqning oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladigan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarni talon taroj qilish va qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarish kabi jinoyat alomatlari bo‘lgan 124 ta holatda jami 40,3 gektar yer maydonida aniqlangan qonun buzilishlarning ish hujjatlari huquqiy baho berish uchun o‘rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.
✔️ Kadastr agentligining tuman shahar bo‘limlari yer va kadastr inspektorlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma, profilaktik tushuntirish va targ‘ibot ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqargan 1705 nafar jismoniy va yuridik shaxs tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 65,6 gektar maydondagi qonun buzilish holatlari huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. Bu viloyat bo‘yicha jami aniqlangan holatlarning 60% ni tashkil qilmoqda.
‼️ Shuni alohida taʼkidlash joizki, yer umummilliy boyligimiz bo‘lib uni avaylab asrab kelajak avlodlarga yetkazish hammamizning fuqarolik burchimizdir. Shu sababli barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallanishini oldini olsak Vatanimiz taraqqiyoti uchun katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Yer umumxalq mulki, uni o‘zboshimchalik bilan egallashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Yurtiga sadoqatli inson hech qachon korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi.
🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, Kosonsoy tumani bo‘lim va filial rahbarlari, inspektorlari, mutaxassislari, kadastr muhandislari, hamda topograflari bilan umumiy va yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarini o‘tkazdilar.
🔹Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov hayotiy tajribadan kelib chiqib, har bir xodimlar kadastr idoralari nomiga dog‘ tushirmasliglari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliglari, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymasliglari, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan halol bajarib ishlashlari lozimligi, binobarin, jamiyatimizda sohaning har bir xodimiga qarab butun bir kadastr tizimiga baho berilishi haqida ogohlantirdi. So‘zini davom ettirib, maʼruzachi xodimlarga korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini to‘liq tushuntirib berdi.
🔹Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaga murosasiz bo‘lish, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda aniqlangan qonun buzilishlar va uni oqibatlari haqida ogohlantirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Korrupsiya balosiga giriftor bo‘lgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan tushuntirishlar berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvarlik, o‘z yurtiga, kasbiga sadoqatli bo‘lish kabi fazilatlarni o‘zida shakllantirishi, o‘z ustida ishlashi, ko‘proq o‘qish zarurligini uqtirib o‘tdi.
🔹Tadbir yakunida Kosonsoy tumani kadastr tizimining barcha xodimlari jamoada korrupsiya holatlarni oldini olishga va unga yo‘l qo‘ymaslikga qatʼiy ahd qildilar va ishtirokchilarga vaʼda berdilar.
🔹Mazkur profilaktik tadbirda xodimlarni savollari, takliflari tinglandi va yechimlari taklif qilindi. Ochiq, samimiy, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tgan tadbirda tegishli qaror qabul qilindi.
🔹Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat kadastr xizmati ko‘rsatishdir.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi
“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi
⚡️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:
🔹Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
🔹boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.
✔️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.
🏢 Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi
🔹Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
🔹boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.
🏢 Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi
❗️ Farmonga ko‘ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
🔼 Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig‘ida joylashgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.
📁 Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.
⌛ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko‘rsatiladi.
🔍 Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo‘lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi
📁 Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.
🔍 Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo‘lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Ushbu xizmatlardan
Shuningdek, "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish hamda "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.
#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
📁 Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.
#Kadastr_agentligi #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555-son
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш ишларини янги сифат босқичига олиб чиқиш масалаларига бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди.
Тўрт йил аввал бу борадаги ишлар бошланганида 7,5 миллион ёки 23 фоиз аҳолининг даромади камбағаллик чегарасига етмас эди.
Шу даврда аҳолимиз 3,7 миллионга кўпайди, камбағаллик чегараси ҳам тегишли равишда 1,5 карра оширилди.
Бунга қарамасдан, 3,5 миллион одамни даромадли қилиш ҳисобига 2023 йил якуни билан камбағалликни 11 фоизга пасайтиришга эришилди.
Аввало, ижтимоий ҳимоя қамрови 4,5 карра оширилиб (466 минг оиладан 2,2 миллионга), ўтган йили бу мақсадларга 12,3 триллион сўм ажратилди. Пенсия ва нафақалар миқдори ҳам 1,5 баравар кўпайтирилди.
Facebook|Instagram|X

Бир йил давомида яна 50 минг гектар ерни 100 мингта камбағал оилага бўлиб бериш режалаштирилгани маълум қилинди.
Ушбу ерларда “компания – кооператив – деҳқон хўжалиги” тамойили асосида деҳқончилик ва боғдорчилик ташкил этилади. Бунда, ердан уч хил даромад олинадиган янги тизим яратилади:
- қишлоқ хўжалиги маҳсулоти етиштирувчи ва экспорт қилувчи катта компания камбағал оилалардан ерни иккиламчи ижарага олади;
- ёки ер эгалари улушдор сифатида кооперацияга бирлашиб, компаниялардан буюртма олади ва топилган даромад улар ўртасида тақсимланади;
- ҳар икки ҳолатда ҳам ушбу аҳоли ерда ўзи маҳсулот етиштириб, бунинг учун ойлик олади.
Яъни, камбағал оила ўзига берилган ердан янада самарали фойдаланиб, ойлик олиш билан бирга, ижара ёки дивиденддан даромад кўради.
Мутасаддиларга вилоят ҳокимлари билан биргаликда бу орқали камида 200 минг аҳолини банд қилиш топширилди.

Sayyor qabullar - inson manfaati uchun
✔️ Bugun Namangan viloyatining aholisi zich hududlardan biri Norin tumani markazida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar hamda boshqarmaning tegishli sho‘basi mutaxassislari qatnashdilar.
✔️ Qabulda kadastr xizmati masalalari bo‘yicha murojaat bilan kelgan jami 25 nafar fuqaro va tadbirkorlarning 13 nafar murojaatchilar masalalariga shu joyining o‘zida yechim topildi, 7 nafar murojaatchilarga hujjatlari o‘rganilib, huquqiy tushunchalar berildi, 5 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.
✔️ Sayyor qabul davomida murojaatlari ijobiy hal bo‘lgan otaxonlar xursandchilikdan tashkilotchilar xaqqiga duo qildilar.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Sayyor qabullar - inson manfaati uchun
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM