NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев мамлакатимизга расмий ташриф билан келган Беларусь Республикаси Миллий Мажлиси Республика Кенгаши Раиси Наталья Кочанова бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию во главе с Председателем Совета Республики Национального Собрания Республики Беларусь Натальей Кочановой, пребывающей в нашей стране с официальным визитом.

#Mirziyoyev #qabul #Belarus #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?

❗️ Mustaqillik bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

🟢31-avgust (shanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
🟢1-sentabr (yakshanba) – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni;
🟢2-sentabr (dushanba) – ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni;
🟢3-sentabr (seshanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (ish haftasining turidan qatʼiy nazar).

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Yangi qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar

Bugun Namangan viloyatida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari va tuman, shahar filiallari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 5-avgustda imzolagan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F.Mirzabayev, hamda barcha tuman, shahr filiallari rahbarlari va mutaxassislari jami 85 nafar xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbirni Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masala bo‘yicha ma’ruza uchun so‘zni Davlat kadastrlar palatasining Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassislari M.Ahmedov va Y.Umarovlarga berdi. Ular Qonunning asosiy jihatlari, tartib-taomillarini xodimlarga to‘liq tushuntirdilar va joylarda fuqarolarga uning mazmunini tushuntirishda nimalarga ahamiyat berish lozimligi haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.

Seminar davomida qatnashchilardan tushgan 20 dan ortiq savollarga javob berdilar va kundalik ish jarayonida uchirayotgan muammolar bo‘yicha o‘rtaga tashlangan takliflarni o‘rganib chiqish uchun yozib oldilar.

Tadbir savol javoblarga boy, qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

🔼Yo‘lga qurilgan qassobxona, hujjati qani?

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan 16 ta Ishchi guruhlar tomonidan olib borilmoqda.

Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

🔼Masalan, Norin tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning “Otbozor” MFY hududidan, huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan fuqaro T.V. tomonidan ko‘cha chetining 40 kv. metr yer maydonini egallab, go'sht sotish shahobchasi qurib olganligi aniqlandi.

Ushbu fuqarolarga Kadastr agentligi Norin tuman bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi. O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqaro T.V. o‘z hisoblaridan noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladi. Fuqaroga nisbatan MJtKning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

❗️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, aholi punktlaridagi yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

#Yer_nazorati

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM