NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
953 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #Hashar

Namanganlik Kadastr xodimlari umumxalq xayriya hasharida


🫥 Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an’ana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bugun yurtimizda umumxalq xayriya hashari o'tkazilmoqda.

🌱Ushbu hashar ishlarida namanganlik kadastr xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

🌱 Hashar davomida Kadastr boshqarmasi binosi, barcha tuman, shahar bo‘lim hamda filial binolari va uning atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🌱 Jumladan, yo'l chetidagi to'siqlar oqlanib, bino atrofida ekilgan daraxtlarga ishlov berildi. Yer maydonlaridan begona o'tlar olib tashlandi. Atrof yanada orasta holatga keltirildi.

🌱 Kadastr tizimida anʼanaviy tarzda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlari davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 11-moddasi haqida,

💠 Fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari

🔠 Fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylari egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵mazkur yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlarga, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan mulk (egalik qilish) huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌱Mamlakatimiz bo'ylab umumxalq hashari

⭐️Kadastr agentligi tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalari xodimlari "Mustaqillik bayrami"ni munosib nishonlash maqsadida "Mahalla obod-yurt obod" shiori ostida o‘tkazilgan xayriya hasharida faol ishtirok etishmoqda.

🔠 Hashar xalqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni eʼzozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam.

Hududlarimizda ko'tarinki ruhda tashkil etilgan hashar tafsilotlari bilan mazkur havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

➡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
➡️ Andijon viloyati
➡️ Buxoro viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Namangan viloyati
➡️ Samarqand viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Sirdaryo viloyati
➡️ Toshkent viloyati
➡️ Farg‘ona viloyati
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Navoiy viloyati
➡️ Toshkent shahri

#Kadastr_agentligi #umumxalq_hashari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝📝📝📝

DIQQAT, E'LON!

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🌟 Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahrom Bahodirovichning Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani aholisi va tadbirkorlari uchun “SAYYOR QABULI” bo‘ladi.

Vaqti:  27-avgust, soat 10-00 da boshlanadi.

📱 Manzili: Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumani, Qorapolvon MFY, Madaniyat uyi binosi.

🔼 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr masalasiga oid savollar va takliflar bo‘lsa biz Siz bilan birgalikda ishlashga va masalalarni yechishga tayyormiz!

#sayyor_qabul

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🌐 Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi:

🟢bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

🟢I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

🗂“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM