NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#siyosiy-maʼrifat soat

 
🆕 Siyosiy-maʼrifat soat - muhim tadbir.

✔️ Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

✔️ O‘quv soatidan so‘ng Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasida Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik  talablariga muvofiq ish yuritish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”ning taqdimoti bo‘yicha boshqarma xodimlari bilan seminar o‘tkazildi.

✔️ Unda murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i, maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi I.Sarimsaqov “Davlat tilida ish yuritish qoidalari” mavzusida maʼruza qildi.

✔️ Seminar davomida o‘zbek tili yozuvining tarixi, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyati, lotin yozuviga asoslangan davlat tili imlo qoidalari, davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazlari faoliyati to‘g‘risida yig‘ilganlarga tushuntirishlar berildi.

✔️ Qatnashchilarning lotin alifbosiga asoslangan lotin yozuvi qoidalari haqidagi savollariga javob berdi.  

🔼 Siyosiy-maʼrifat soati jonli va qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #gazeta_sahifalarida

"Namangan haqiqati" gazetasining 2024-yildagi 59-sonida Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan matbuot anjumani haqida "Kadastr hujjatingiz joyidami" sarlavhali maqola chop etildi.

Ushbu maqola orqali viloyat Kadastr tizimida joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishing!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

🌐 Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari

🇺🇿 Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 41-sonli yig'ilish bayonida berilgan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Namangan viloyatida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish va amaliy yordam berish maqsadida Mingbuloq va Namangan tumanlarida yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni qisqa vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini o‘rganildi.

✔️Muammoli masalalarda amaliy yordam berilib, fermer, dehqon xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlarini joyiga chiqqan holda yer egalari bilan yer ijara shartnomalar tuzish ishlari zarurligi haqida tushunchalar berildi.

🔼Hozirda yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha viloyatning qolgan hududlarida ham o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Bu haqida qo‘shimcha axborot beramiz.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Qonun

11-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligi

🔹Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🔹Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular joylashgan binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🔹Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxslarga o‘tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-son.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
САВОЛ: Кадастр ҳужжатини ҳар 5 йилда янгилаб туриш керак экан деб эшитдим. Мен кадастримни 2015 йилда қилдирганман. Ҳозир кадастримни янгилашим керакми?

ЖАВОБ: Бу ахборот. Ҳар 5 йилда кадастр ҳужжатлари янгилаш керак деган талаб қонунчилигимизда йўқ.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar

Yangi qonunlarni o‘rganamiz

✔️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida boshqarma boshlig'i B.Pazilov boshchiligida tuman, shahar bo'lim boshliqlari, yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun navbatdagi o'quv-seminar o'tkazildi.

✔️ Unda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov xodimlarga aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklarini uqtirib, har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

✔️ Seminar jarayonida maʼruzachi M.Nurmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni hamda Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga taqdimotlar orqali yetkazdi.

✔️ Jumladan, Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.

✔️ O‘tkazilgan seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari
hududlarda

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 41-sonli yig'ilish bayonida berilgan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Namangan viloyatida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish va amaliy yordam berish maqsadida Mingbuloq va Namangan tumanlarida yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni qisqa vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini o‘rganilmoqda.

🇺🇿 O'rganish davonida muammoli masalalarda amaliy yordam berilib, fermer, dehqon xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlarini joyiga chiqqan holda yer egalari bilan uchrashib huquqiy tushunchalar berildi. Hozirda yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha viloyatning qolgan hududlarida ham o‘rganish ishlari davom etmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

‼️ Norin tumanida yer nazorati tadbirlari

🌟 Kadastr agentligining Norin tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davomida "Norinkapa" massivi, "Hojaqo'rg'oncha" mahallasi hududida fuqaro J.N. tomonidan o'zboshimchalik bilan yer maydonini egallab olib, noqonuniy boshlangan qurilish ishlari aniqlandi.

✔️ Norin tuman bo'limi inspektorlari tomonidan fuqaro J.N. ga tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi hamda tushuntirish targ'ibot ishlari olib borildi.

✔️ Natijada noqonuniy qurilish o'z vaqtida to'xtatib qolinib, yer maydoni dastlabki holatga qaytarildi.

📆
Joriy yilning o'tgan 7 oyi mobaynida tumanda 167 ta holatda 15,2 gektar yerlarni o'zboshimchalik bilan egallashlar aniqlangan. Berilgan yozma ogohlantirishlar natijasida 130 ta holatda 7,9 gektar (78%) huquqbuzarliklar ixtiyoriy bartaraf etildi, 5,2 gektar yerdagi qonunbuzilishlarni majburiy bartaraf etish to'g'risida sudlarga 24 ta da'vo arizalari kiritildi, 4 ta holat yuzasidan ish hujjatlari prokuratura organlariga yuborildi, qolgan holatlar yuzasidan ma'muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda ko'rib chiqilmoqda.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Кадастр паспорти қуйидаги ҳолларда расмийлаштирилади ёки қайта расмийлаштирилади:

кўчмас мулк объекти бўйича бирламчи хатлов ишлари бажарилганда;

кўчмас мулк объектининг бир қисми бегоналаштирилганда ёки ер участкаси алоҳида бўлинганда;

қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкалари хусусийлаштирилгандан сўнг уларнинг бир қисмига бўлган ҳуқуқ бошқа шахсга ўтганда;

ер участкасининг майдони ёки чегара нуқталари ўзгарганда;

кўчмас мулк объектининг манзилини белгилашда ёки ўзгартиришда;

кўчмас мулк объектининг тоифаси ўзгарганда;

ўз ер участкасида тегишли рухсатномаларни расмийлаштирмасдан қурилган бино ва иншоотлар мавжуд бўлганда.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.


Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Qonunga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin:

🟢2018 yil 1 may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

🟢2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

🟢“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

🟢2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

🟢bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

🟢kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

🟢davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

🟢hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM