NAMANGAN KADASTR
1.42K subscribers
10.7K photos
959 videos
9 files
4.46K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#sayyor_qabul

🔼 Sayyor qabullar - inson manfaati uchun

💎 Bugun Namangan shaharning aholi zich joylashgan hududlaridan biri Yangi Namangan tumanining “Chamanzor” MFY da,  Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i  M.Tursunbayev boshchiligida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

💎 Qabulda kadastr xizmati masalalari bo‘yicha murojaat bilan kelgan jami 19 nafar fuqaro va tadbirkorlarning 7 nafarini masalalariga shu joyining o‘zida yechim topildi, 8 nafar murojaatchilarga hujjatlari o‘rganilib, huquqiy tushunchalar berildi, 4 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, o‘lchov ishlari o‘tqazilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.

💎 Sayyor qabul davomida murojaatlari ijobiy hal bo‘lgan otaxonlar xursandchilikdan tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_maʼrifiy  soati

💎 Anʼanaviy siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi.

💎 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari va tumanlari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

💎 Bugungi “Siyosiy-maʼrifiy soati”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan, chin dildan qutlab, o‘zlarining samimiy tabriklari va ezgu tilaklarini yo‘llagan xorijiy davlatlar, hukumat va parlamentlar rahbarlari, siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, xalqaro tashkilotlar yetakchilariga, yurtimizdagi mahallalar ahli va mehnat jamoalariga, barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorlik izhor etganligi jamoada ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olindi.

✔️ Tadbir qiziqarli va foydali bo‘ldi.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🆕 Yangi qonunlarni o‘rganamiz

✔️ Bugun Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari M.Mirmaksudovning topshirig‘iga asosan, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish maqsadida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

✔️ Seminar treningda boshqarmalar rahbarlari B.Pazilov va M.Tursunbayevlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislar M.Nurmatov, A.Obidovlar, boshqarmalarning bo‘lim va sho‘ba boshliqlari qatnashdilar. Tuman (shahar) bo‘lim va filiallari xodimlari videoselektor orqali ulandilar. Tadbirda 350 nafardan ziyod kadastr xodimlari ishtirok etdilar.

✔️ Mashg‘ulot jarayonida Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonlaridan tayyorlangan slaydlar namoyish etildi.

✔️ Seminar trening  mashg‘uloti davomida maʼruzachilar M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.

✔️ Seminar yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev barcha xodimlarga ichki tartib-intizom va odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda tizimda korrupsiya holatlarini oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

✔️ O‘tkazilgan seminar-trening mashg‘uloti savol-javoblarga boy, qiziqarli tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta  davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

◼️Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, hududlarda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari va aholi o'rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari to'g'risida:

▫️Nasaf TV telekanalida;
▫️Namangan MTRK telekanalida;
▫️Nurafshon TV telekanalida;
▫️"Jizzax ovozi gazetasi" telegram kanalida;
▫️"Zarafshon" gazetasida;
▫️UzA maqolasida;

◼️Davlat kadastrlari palatasi asosiy faoliyatiga doir yangiliklar:

▫️Namangan MTRK telekanalida;
▫️Navoiy MTRK telekanalida;
▫️"Donishev yon daftar" telegram kanalida;
▫️"Xalq so'zi" maqolasida;

◼️Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o'tgan hududlar to'g'risida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotlar:

◼️Ishonch.uz telegram kanalida;
▫️"Toshkent haqiqati" telegram kanalida;
▫️"Uzreport.news" ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️Kun.uz ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️Hudud24.uz telegram kanalida;
▫️Xabar.uz ijtimoiy tarmoqlarida;

◼️Qoraqalpog'iston Respublikasida o'tkazilgan sayyor qabul haqida Qaraqalpaqstan xabar agentligi rasmiy saytida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yilning 6 oyi davomida aerosuratlar asosida Qashqadaryo viloyatida 24 ming kv.km, Andijon viloyatida 4 ming 300 kv.km, Navoiy viloyatida 4 ming kv.km va Farg‘ona viloyatida 3 ming 200 kv.km Namangan viloyatida 2 ming 800 kv.km jami 38 ming 300 kv.km maydonda raqamli ortofotoplanlar yaratildi.

🗺 Yaratilgan ortofotoplanlar Mudofaa maqsadlarida, Favqulodda vaziyatlarni baholash, Topografik va qishloq xo‘jaligi hamda boshqa turdagi xaritalarini yaratish va yangilashda, Hududlarning o‘zgarishini kartografik monitoringini yuritishda, Davlat kadastrlari ma’lumotlarini yangilash ishlari uchun kartografik asos hisoblanadi.

⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori-Akmal Omonov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM