NAMANGAN KADASTR
1.52K subscribers
12.7K photos
1.07K videos
9 files
5.08K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#matbuot_anjumani

DIQQAT E'LON
!
HURMATLI OAV VAKILLARI!

🔹Joriy yilning 23-sentabr kuni soat 10:00 da Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

🔹 Manzil: Viloyat Elektr tarmoqlari AJ majlislar zalida.

🔹 Mavzu: Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kadastr sohasini yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlar uchun koʼrsatilayotgan kadastr xizmatini yanada takomillashtirish uchun joriy yilning oʼtgan davrida qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini Ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikni  xabardor qilish haqida.

🔹 Ishtirok etadilar: Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bahodirovich hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Gapparov Qodirxon Sattarovich.

🔹 Ushbu Matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#matbuot_anjumani

Matbuot anjumani: qonunchilikdagi yangiliklar

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarining joriy yilning 22-avgust kunida qabul qilingan VM-409-son, VM-411-son, 25-avgust kunidagi VM-424-son hamda 29-avgust kunidagi VM-426-son Qarorlari mazmun-mohiyati, yer nazorati va e-auksoin haqida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda “Yangi O‘zbekiston”, “Xalq so‘zi” Respublika gazetalari, Namangan televideniyasi, “Namangan haqiqati”, “Наманганская правда” gazetalari, UzA muxbiri, ,“Namangan 24” va boshqa Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdilar.

🔹Matbuot anjumanda yig‘ilgan Ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarga yuqorida keltirilgan qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumotlar, qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan javoblar berildi.

🔹Tadbir so‘ngida Kadastr sohasining zamonaviy o‘lchov vositalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟢🟢🟢🟢 🎤🎤🎤🎤


🟢 Ayni damda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida  🌟Kadastr agentligi, 💫Davlat kadastrlari palatasi hamda ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi mas'ullari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.

➡️Mavzu: "Kadastr agentligi tizimida  2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi"

📲Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari  orqali JONLI tomosha qiling.

⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

👍 Jonli efirni tomosha qilish

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇 🎤🎤🎤🎤

🏛Ko'chmas mulk obyektlarini birma-bir identifikatsiya qilish orqali bosqichma-bosqich UZKAD tizimiga o'tkazish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti infografikada.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani #infografika

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yilning 6 oyi davomida aerosuratlar asosida Qashqadaryo viloyatida 24 ming kv.km, Andijon viloyatida 4 ming 300 kv.km, Navoiy viloyatida 4 ming kv.km va Farg‘ona viloyatida 3 ming 200 kv.km Namangan viloyatida 2 ming 800 kv.km jami 38 ming 300 kv.km maydonda raqamli ortofotoplanlar yaratildi.

🗺 Yaratilgan ortofotoplanlar Mudofaa maqsadlarida, Favqulodda vaziyatlarni baholash, Topografik va qishloq xo‘jaligi hamda boshqa turdagi xaritalarini yaratish va yangilashda, Hududlarning o‘zgarishini kartografik monitoringini yuritishda, Davlat kadastrlari ma’lumotlarini yangilash ishlari uchun kartografik asos hisoblanadi.

⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori-Akmal Omonov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, Yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish va elektron qishloq xo‘jaligi xaritalarini yaratish bo‘yicha:

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori ijrosi yuzasidan ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi va uning hududlararo bo‘linmalari tomonidan 2024-yilning 6 oyi uchun mo‘ljallangan reja-grafikka asosan 5 ta viloyat (Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari), 48 ta tuman, 88 ta shahar, 97 ta qishloq va 12 ta ovullarning ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari amalga oshirildi.

📄Belgilangan chegaralar Xalq deputatlari Kengashi qarorlari bilan tasdiqlandi. 3 ta Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlari hamda 43 ta tumanlarning chegara chizig‘i tavsiflari va kartografik chizmalari tayyorlanib, tasdiqlash uchun Xalq deputatlari Kengashlariga kiritildi.

Joriy yil 6 oyi davomida 10 ta viloyatning 13 ta tumanlarida 1 mln 548 ming gektarda yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish va elektron qishloq xo‘jaligi xaritalarini yaratish ishlari amalga oshirildi.

Xatlov natijalariga ko‘ra jami 2 ming 849 ta konturda 1 ming 707 gektar yer qonunbuzilish holatlari aniqlanib tegishli chora belgilash uchun Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarmalariga taqdim etildi.


⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori-Akmal Omonov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

DIQQAT E'LON
!
HURMATLI OAV VAKILLARI!

🔹Joriy yilning 30-iyul kuni soat 10:00 da Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

🔹 Manzil: Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi majlislar zalida.

🔹 Mavzu: Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan joriy yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar haqida.

🔹 Ishtirok etadilar: Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bahodirovich hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Tursunbayev Muzaffar Akramjon o'g'li.

🔹 Ushbu Matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qilamiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Matbuot_anjumani

🆕 Matbuot anjumani. Yutuqlar, muammolar va rejalar.

✔️ Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bohodirovich va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Tursunbaevlarning “Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan joriy yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar haqida” – mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

✔️ Unda Namangan viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ilhomjon Raxmatov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Namangan viloyati boshqarmasi vakili hamda Namangan teleradiokompaniyasi, “Namangan haqiqati”, “Namanganskaya pravda”, O‘ZA muxbirlari va erkin jurnalistlar qatnashdilar.

✔️ Matbuot anjumanida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida boshqarmaning Ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i N.Almanov, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasining joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari haqida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov, yerlarni shaffof tarzda “E-auksion” plotformasiga joylashtirish. Faktlar va raqamlar haqida bo‘lim boshlig‘i U.Muxitdinovlarning ma’ruzalari tinglandi.

✔️ Shudan so‘ng boshqarma rahbarlari va mutaxassislar OAV vakillarning 20 dan ortiq savollariga javob berdilar. Matbuot anjumani savol javoblarga boy, qiziqarli bo‘ldi.

✔️ Tadbir so‘ngida OAV vakillari kadastr tizimida ishlatilayotgan axborot tizimlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Kadastrchilar soha yangiliklarini aholi va tadbirkorlar yetkazishda OAV vakillari bilan hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #matbuot_anjumani

❗️Har bir fuqaro yoki tadbirkor o‘ziga qarashli ko‘chmas mulkni rasmiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portaliga murojaat qilishi qonun bilan belgilangan.

Xususan, kadastr pasportini shakllantirish masalasida 2024-yilning o‘tgan davrida 39 ming 969 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, 21 ming 364 tasi ijobiy hal etildi. 6 ming 812 ta ko‘chmas mulk yangidan hisobga olinib, kadastr maʼlumotlar bazasiga joylashtirilgan.

🔹Bu haqida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarining joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qayd etildi.  

– Hisobot davrida yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan jami 1 ming 766 holatda 92,7 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib olinganligi aniqlangan va belgilangan tartibda chora ko‘rilgan, –deydi Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bahromjon Fozilov. – Yozma ko‘rsatmalarga asosan 1012 holatda 36,3 gektar ixtiyoriy bartaraf etilib, 516 holatda 30,6 gektar bo‘yicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi hamda 100 holatda 19,4 gektari yuzasidan tuzilgan hujjatlar prokuratura organlariga yuborilgan.


Batafsil O'zbekiston Milliy axborot agentligi veb saytida tanishing!
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan qurilmalarga huquqlarni e’tirof etish jarayonlarida yigirmaga yaqin davlat idoralari orasida o‘zaro elektron hujjat aylanishi hamda jarayonlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tomonidan “E’TIROF” AAT dasturi ishlab chiqildi.

5-noyabr kunida soat 11:00 da 🌟Kadastr agentligining markaziy aparati binosida dasturning taqdimoti bo'lib o'tadi.

🎤Taqdimotga ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlarni taklif etamiz.

📍 Manzil:  Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi 6 V uy. 🌟Kadastr agentligi binosi.

‼️Shu bilan birgalikda Qonunga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida mahalla kesimida bosqichma-bosqich o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi ham e'lon qilinadi.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun Kadastr agentligida “E’TIROF” AAT dasturi taqdimoti bo’lib o’tdi.


Unda 🌟Kadastr agentligi, “Geoinfokom” DM hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi mas’ullari OAV xodimlari va jurnalistlarga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish axborot tizimi — “E’TIROF” AAT dasturi yaratilishi va ishlash jarayonlari, aholi uchun ochiq va foydali tomonlari haqida ma’lumot berdilar.

Taqdimot kun tartibining ikkinchi qismida Qonunga asosan bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan mahallalar reja-grafigi bilan tanishtirildi.


Shuningdek taqdimot davomida OAV va jurnalistlarning savollariga javob berildi.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

🔈DIQQAT E'LON!
HURMATLI OAV VAKILLARI!

Joriy yilning 5-fevral kuni soat 10:00 da 🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📱 Manzil: Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi majlislar zalida.

🔹 Mavzu: Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida.

🔹 Ishtirok etadilar: Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bahodirovich hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Tursunbayev Muzaffar Akramjon o'g'li.

🔹 Ushbu Matbuot anjumaniga Ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qilamiz.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

🆕 Matbuot anjumani. Yutuqlar, muammolar va rejalar

🔺Bugun 🌟Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bohodirovich va 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Tursunbaevlarning “Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida” – mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔺 Unda Namangan viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ilhomjon Rahmatov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i Alibek Alisherovich Ergashev hamda Namangan viloyati teleradiokompaniyasi, “Namangan haqiqati”, “Namanganskaya pravda”, O‘ZA muxbirlari va erkin jurnalistlar qatnashdilar.

🔺 Matbuot anjumanida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida boshqarmaning Yer va kadastr nazorati sho'basi bosh mutaxassisi M.Xolmirzayev, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari va yaqinda qabul qilingan O‘RQ-937-son Qonuni ijrosini ta'minlash borasida joylardagi xatlov ishlari haqida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov, yerlarni shaffof tarzda “E-auksion” plotformasiga joylashtirish. Faktlar va raqamlar haqida bo‘lim boshlig‘i U.Muxiddinovlarning ma’ruzalari tinglandi.

🔺Shudan so‘ng boshqarma rahbarlari va mutaxassislar OAV vakillarning 20 dan ortiq savollariga javob berdilar. Matbuot anjumani savol javoblarga boy, qiziqarli bo‘ldi.

🔺Kadastrchilar soha yangiliklarini aholi va tadbirkorlar yetkazishda OAV vakillari bilan hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

Matbuot anjumanidan

🔺Namangan viloyatining jami yer maydoni 743 293 gektarni tashkil qilib, shundan 487 493 gektari qishloq xo‘jaligi yerlari toifasiga kiradi. Ushbu qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning 289 686 gektari sug‘oriladigan yerlardir.

🔺Ushbu yer maydonlarida xalqimiz dasturxoni uchun turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Ammo yer maydonlaridan xalq manfaati uchun emas turli boshqa noqonuniy maqsadlarda foydalanish, o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari hali hamon uchrab turibdi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 138-sonli qarori ijrosi yuzasidan 🌟Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi Yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan samarali yer nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔺O‘tgan 2024-yil davomida viloyatda 297,2 gektar yer maydonida 4 276 ta holatda yer qonun buzilish holatlari aniqlangan.

🔺Shuningdek, 1255 ta holatda (116,5 gektar) bo‘yicha aniqlangan holatlarni joyida majburiy buzdirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning hal qiluv qarorlariga asosan 181 ta holatda (12 gektar) da’vo arizalari qanoatlantirilgan bo‘lib, 1 053 ta holat (103.8 gektar) bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda.

🔺Bundan tashqari, viloyat bo‘yicha 201 ta holatda (30 gektar) yer maydonlarida qonunbuzilish holati yuzasidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga kiritilgan.

Yuqoridagi salbiy holatlarni oldini olish uchun:

🔺Yer va kadastr nazorati inspektorlarining bevosita fuqarolar bilan olib borgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida 4 276 ta qonunbuzilishdan 2 864 tasi yoki 97 gektarlardagi yer qonun buzilishi sodir etgan shaxslar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilishi ta’minlandi. Yer o‘z xoliga keltirildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM