NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
11K photos
974 videos
9 files
4.56K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
⚠️ A-373 avtomagistrali chetlari tartibga keltirilmoqda.

💎 Bugun to‘rtinchi kun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining 1-Ishchi guruhi Toshkent-Namangan A-373 hamda 4R-112 avtomagistralining muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni davom ettirmoqda.

💎 Avtomobillar yuqori tezlikda harakatlanadigan serqatnov A-373 va 4R-112 avtomobil yo‘llari yoqasida noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar, savdo do‘konlari haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirayotgani aniq.

❗️ Masalan, Ishchi guruh inspektorlari tomonidan Namangan - Pop 4R-112 avtomagistralining 4-5 kilometr oralig‘ida 20 ta dan ortiq qonun buzilishlar aniqlandi. Yo‘l infrastrukturasi yaqin joyga fuqaro Z.G. tomonidan 230 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va 110 kv. metr yerda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan.

❗️ Yana bir holatda fuqaro S.P. tomonidan yo‘lga chiqarib 80 kv. metr yerga o‘zboshimchalik bilan savdo shoxobchasi qurgan. Fuqaro L.D. esa 36 kv. metrli ko‘chma do‘konni hech bir hujjatsiz yo‘lning harakat qismiga yaqin yerga o‘rnatib olgan.

⁉️ Ularga Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan bu ishning oqibati tushuntirilgandan so‘ng, ular huquqbuzarlik oqibatlarini o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtK ning 60- moddasi 2-va 3- qismi bo‘yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

‼️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tizimda korrupsiya oldini olish mahalladan boshlanadi.

💎 Xalqmizda “Qars ikki qo‘ldan chiqadi”degan pur maʼno ibora bor. Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Kosonsoy tuman “Navbahor-1” MFY da bo‘lib, mahalla faollari, aholi vakillari bilan kadastr sohasi bo‘yicha muloqot qildilar.
Yig‘ilishda aholining turli qatlamlarida hali hanuz Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi tushunchalarining farqiga bormaslik holatlari uchraganligi, bu esa o‘z navbatida turli anglashilmovchiliklarga olib kelishi mumkinligi gapirib o‘tildi.
💎 Sodda qilib aytganda, Kadastr agentligi idoralari asosan nazorat organi hisoblanib, o‘z vakolatlari doirasida asosan yerlarni talon-taroj qilinishini oldini olish maqsadida yer va kadastr nazorati olib borishi, ushbu yo‘nalishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar uchun qonun doirasida taʼsir choralarini ko‘rilishini taʼminlashdan iborat ekanligi, Davlat kadastrlari palatasi esa aholiga sifatli kadastr xizmatini ko‘rsatuvchi davlat organi ekani xalqchil tilda misollar bilan tushuntirib berildi.
❗️ Suhbat jarayonida aholi o‘rtasida kadastr yo‘nalishi bo‘yicha ayrim nopok kimsalar o‘zlarini kadastr xodimi ekanligini aytib, fuqarolarni chuv tushirib ketayotganliklari, agarda mahallada shunday holatlarga duch kelinganda, shuningdek, hududda yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallash va qurilishlar haqida maʼlumotga ega bo‘linganida zudlik bilan Kadastr agentligi Namangan viloyat boshqarmasining “Ishonch telefonlari”ga qo‘ng‘iroq qilishlari lozimligi aytib o‘tildi. Ushbu telefon raqamlari ko‘rsatilgan bukletni taqdim etilib, korrupsiya illati va yerlarni talon-taroj qilinishiga qarshi birgalikda kurashish, kadastr sohasidagi qonun buzilish holatlarini oldini olishda hamkorlikka chaqirildi.
💎 Uchrashuv so‘ngida Kosonsoy tuman “Navbahor-1”MFY raisi D.Rahimov so‘zga chiqib, ushbu uchrashuv tadbirini uyushtirgan tashkilot maʼmuriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
⁉️ Muloqot savol javoblarga boy, qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiynayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha atroflicha maslahatlar oldilar.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Қувада Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Фарғона вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича устувор вазифалар юзасидан йиғилиш бўлиб ўтмоқда.

Давлатимиз раҳбари кеча вилоятда янги корхоналарни бошқараётган тадбиркорлар, замонавий технологияларда ишлаётган ёшларимиз, чиройли уй-жой массивларига кўчиб ўтган одамларни кўриб, мамнун бўлганини таъкидлади.

Шу билан бирга, дунёдаги ҳозирги ўта мураккаб шароитда янги йўл очиш, инвестиция олиб келиш ўз-ўзидан бўлмаётгани қайд этилди.

Фарғона аҳолиси 4 миллиондан ошди. Бундай ўсиш билан вилоят аҳолиси 2030 йилга бориб 5 миллионга етади. Бу – Фарғона вилоятини ўзида йилига 100 та янги боғча, 40 та мактаб, 20 мингта хонадон ва 500 мингта қўшимча иш ўрни яратиш керак, дегани.

Бу эса вилоят ҳокими, унинг 8 та ўринбосари, 19 та шаҳар-туман ҳокими олдига катта вазифалар қўйиб, улардан қаттиқ масъулият талаб этиши кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔼Pop tumanida Yer nazorati tadbirlari haqida.

💎 Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan hududlarda yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

💎 Masalan, Pop tumanida amalga oshirilgan nazorat tadbiri chog‘ida fuqarolar tomonidan yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, unda noqonuniy qurilishlar qilingani aniqlandi.

‼️ Tafsilotlar "Namangan" telekanalining “Diyor yangiliklari” dasturi lavhasida.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy maʼrifiy soat

 
🔼 Siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi.

💎 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

💎 O‘quv soati avvalida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti R.Djurayev yig‘ilganlarga kadastr sohasiga oid prokuratura organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni mazmun mohiyatini tushuntirdi va savollarga javob berdi.

💎 Yuqoridagi masala bo‘yicha so‘z olgan Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov huquqni himoya qilish organlar bilan ishlashda, ularning xatlariga javob berishda, tuman rahbarlarining masʼuliyatlarini oshirish kerakligini alohida taʼkidladi.

💎 Shundan so‘ng, yig‘ilishda so‘z olgan boshqarmaning murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i, boshqarma Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi I.Sarimsaqov Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarida ijro intizomini, xizmat ko‘rsatishda odob-axloq qoidalariga rioya qilishni, yana-da kuchaytirish, yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushayotgan topshiriqlarni to‘liq, sifatli va vijdonan yondoshgan holda bajarish, bu borada kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirib o‘tdi va ishtirokchilar savollariga javob berdi.

💎 Bugungi “Siyosiy-maʼrifiy soati”da kadastr xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Shusha shahriga amaliy tashrifi va Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtiroki haqidagi xalqaro yangiliklar bilan tanishdilar.

💎 Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjao Leszi boshchiligidagi delegatsiyani  hamda mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qilganliklari haqidagi maʼlumotlar diqqat bilan tinglandi.

Tadbir qiziqarli va foydali bo‘ldi.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM