NAMANGAN KADASTR
1.54K subscribers
12.2K photos
1.05K videos
9 files
4.91K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🌎🌎🌎🌎

⚡️Yer asli holiga qaytarildi

🔺Xabaringiz bor 🌟Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida va viloyatning barcha shahar tumanlarida, bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan jami 16 ta Ishchi guruhlar tomonidan muntazam ravishda olib borilmoqda.

🔺Chortoq tumanidagi nazorat tadbirlarida "Keskanyor" MFY hududida qishloq xo'jaligi xaritasining 314-konturida fuqaro tomonidan huquqiy hujjatlarsiz 114 kv. metr yer maydonida o‘zboshimchalik bilan bino-inshoot qurib olinganligi aniqlandi.

🔺Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomondan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallash hamda noqonuniy qurilish qilish oqibatlari tushuntirildi.

🔺O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqaro N.A o‘z hisobidan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladi.

🔺Yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

3  kunda o‘zboshimchalik bilan egallangan 1,7 gektar yer zaxiraga qaytarildi

🔺Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Ishchi guruhi hamda Yangi Namangan tumani bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanning “Mustaqillikning 5 yilligi” MFY hududida yer nazorati tadbirlari davom etmoqda.

🔺Hozirgacha 27 ta holatdagi yer qonun buzilishlari bo‘yicha hozirda 1,7 gektar o‘zboshimchalik bilan egallangan qishloq xo'jaligi yerida boshlangan qurilish ishlari to'xtatildi hamda  bartaraf etildi. Ushbu hududda yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish va talon-taroj qilinishiga qarshi tadbirlar davom etmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
Yer maydonlarini qonunchiligimizda belgilangan tartiblarda olish va undan foydalanishingizni so‘rab qolamiz.

❗️Yer qonun buzilishlari, yerga, mulkka bo‘lgan huquqlarni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yer olib berishni, yer sotishni va’da qilib fuqarolarni aldab ketayotgan firibgarlarga aslo ishonmang!

❗️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, qishloq xo'jaligi yerlarini, avtomobil yo‘llari chetlarini, aholi punktlaridagi yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz. O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlar e’tirof etiladi.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi

🌎 Yer hisobini yuritish aniqlikni talab qiladi!

👍 Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasidaYer fondi toifalari qonun ijrosida” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi.

✔️ Seminarda nimalarga urg‘u berildi?

🔹 Yer fondi toifalarini belgilash tartibi;
🔹 Qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish;
🔹 Hisobot yuritishda aniqlik va shaffoflikni ta’minlash.

✔️ Seminarda har bir tuman, shahar filiali yer hisobini yurituvchi mutaxassislariga yer toifalari va kichik toifalarini belgilashda huquqiy hujjatlarga tayangan holda aniq va to‘g‘ri hamda sifatli belgilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

✔️Mingbuloqda noqonuniy to‘sib olingan yo‘l ochildi

🌟Kadastr agentligi Mingbuloq tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Mehridaryo ko‘chasida yashovchi, fuqaro O.L. tomonidan o‘zboshimchalik bilan 300 kvadrat metr ichki yo‘l to‘sib olinganligi aniqlandi.

🔹Ushbu holat mahalliy aholiga katta noqulaylik tug‘dirar, harakatlanish imkoniyatini cheklangan edi. Shu bois, Kadastr agentligining tuman bo‘limi tomonidan qonunbuzarlikka chek qo‘yish va yer maydonini o‘z holatiga qaytarish bo‘yicha tegishli maʼmuriy chora ko‘rildi.

🔹Natijada fuqaro O.L. o‘z ixtiyori bilan noqonuniy qurilishni bartaraf etdi. Yo‘l qayta ochilishi mahalliy aholi tomonidan iliq kutib olindi.

❗️Eslatib o‘tamiz, o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallash qonunga xilof hisoblanadi va bu kabi holatlarga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

⚡️Yer nazorati tadbirlarida davom etmoqda

🌟Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqamasi inspektorlari tomonidan viloyat boʼyicha kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

🔹Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xoʼjaligi yerlaridagi, magistral yoʼllar atrofidagi va aholi punktlaridagi oʼzboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

🔹Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular oʼz hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish boʼyicha faoliyat olib bormoqdalar.

🔹Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshligʼi B.Pazilov boshchiligida tuzilgan 1-Ishchi guruh aʼzolari Toshkent-Namangan А-373 avtomagistral yoʼlning muhofaza zonasinga qurilgan noqonuniy inshoatlarni bartaraf qilish ishlarni davom ettirdilar.

🔹Xabaringiz bor А-373 avtomobil yoʼli serqatnov boʼlib yoʼlga yaqin noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tugʼdirmoqda.

🔹Masalan, Pop tumandan oʼtuvchi bu magistralning 193-194 kilometr oraligʼida yoʼlga yaqin muhofaza qismida fuqarolar T.S. T.D. O.G. va K.Y tomonlaridan oʼzboshimchalik bilan 35 dan 120 kv. metrgacha yerda noqonuniy savdo shaxobchilari qurganlar va reklama banerlari oʼrnatganlar.
Ularga inspektorlar tomonidan bu ishlarning huquqiy oqibatlari tushintirilgandan soʼng, fuqarolar huquqbuzarlikni oʼz ixtiyori bilan, oʼz hisoblaridan bartaraf qildilar.

🔹Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

❗️Yer nazorti tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

💠O‘zboshimchalik bilan egallangan 800 kv.metr yer zaxiraga qaytarildi

🔺Hozirda  ⭐️Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Ishchi guruhi hamda Yangi Namangan tumani bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanning “Kelajak tongi” MFY hududida yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu hududda yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va talon-taroj qilinishiga qarshi tadbirlar davom etmoqda.

🔺Tadbir davomida shu mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Shimoliy aylanma yo‘lning 25 km. da fuqaro S.F. tomonidan hech bir huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 800 kv. metr yer maydonini egallab olgani aniqlangan edi. Bugun sud qaroriga asosan yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga qaytarish ishlari boshlandi.

🔺Yer qonun buzilishlari, yerga, mulkka bo‘lgan huquqlarni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yer olib berishni, yer sotishni va’da qilib fuqarolarni aldab ketayotgan firibgarlarga aslo ishonmang!
       
❗️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, qishloq xo‘jaligi yerlarini, avtomobil yo‘llari chetlarini, aholi punktlaridagi yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz. O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlar e’tirof etilishi belgilangan.

#Yer_nazorati

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

⚡️Yer nazorati. Yo‘llarimiz ravon bo‘lsin!

🌟Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqamasi inspektorlari tomonidan viloyat boʼyicha kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

🔹Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshligʼi B.Pazilov boshchiligida tuzilgan 1-Ishchi guruh aʼzolari Toshkent-Namangan А-373 avtomagistral yoʼlning muhofaza zonasinga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni davom ettirdilar.

🔹Pop tumandan oʼtuvchi bu magistralning 193-194 kilometr oraligʼida yoʼlga yaqin muhofaza qismida fuqarolar tomonlaridan oʼzboshimchalik bilan tashkil qilingan, noqonuniy savdo shaxobchilari va reklama banerlari bartaraf qilinmoqda.

🔹Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

❗️Yer nazorti tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #OAV_biz_haqimizda

Yer nazorati radio to'lqinlarida

🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida Namangan teleradiokompaniyasi FM 103,6 "Namangan" radiosining "Dolzarb mavzu" eshittirishda ma'lumot berildi.

🔹Unda jamoatchlik bilan aloqalar bo'yicha bosh mutaxassis I.Usmonov tomonidan tinglovchilarga yer nazorati natijalari va o'zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan ma'muriy choralar haqida axborot berdi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

❗️O‘zboshimchalik bilan yerlarni egallab olishga yo‘l qo‘yilmaydi!

🌟Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan viloyat boʼyicha yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

🔹Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar bo'limi inspektorlari shahar hokimligi, shahar qurilish bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda shaharning aholisi zich yashaydigan "Iftixor" MFY Q.Otamirzayev ko'chasida o'zboshimchalik bilan o'rnatib olingan hamda qurilgan noqonuniy har xil inshootlarni bartaraf qilish ishlarini olib bordilar.

🔹Inspektorlar tomonidan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida 22 ta noqonuniy savdo shaxobchalari qurgan fuqarolarning oʼzlari, ixtiyoriy ravishda, oʼz hisoblaridan qurilmalarni bartaraf qildilar.

🔹Huquqbuzar fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

❗️
Yer nazorati tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

Toshkent-Namangan А-373 avtomagistrali yoqasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi


Bugun 🌟Kadastr agentligi Markaziy apparatining Yer va kadastr nazorati boshqarmasi bosh mutaxassisi U.Mahmudov, Kadastr agentligi Namangna viloyati boshqarmasi va Pop tuman bo'limi mas'ullari ishtirokida Toshkent-Namangan А-373 avtomagistral yoʼlning muhofaza zonasinga qurilgan noqonuniy inshootlar va reklama bannerlarini bartaraf qilish bo'yicha nazorat tadbirlari olib borildi.

🔹Ochiq muloqot shaklida o'tgan suhbatlarda tadbirkorlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglanib, inobatga olindi. Yakunda barcha tadbirkorlar bilan yo'lning belgilangan muhofaza zonasidan chetga chiqqan har-bir qurilmani bartaraf etish va kelgusida takrorlanmasligi kelishib olindi.

🔹Tadbirkorlarning masalalari va takliflari eshitildi. Ularga ushbu avtomobil yoʼli serqatnovligi, o'zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olish, va qurilish ishlarini qilganlik uchun javobgarlik borligi ushbu faoliyatni qonun talablariga asosan olib borish lozimligi haqida ogohlantirilib, bartaraf etish choralari belgilandi.

❗️Shu kunning o'zida o'zboshimchalik bilan egallab olingan 83 ta obyektdan 46 tasida aniqlangan kamchilikarni bartaraf etish ishlari boshlandi va bu ishlar davom etmoqda.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM