NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилоятига келгач, янгидан очилиб, илк бор йирик ҳаво кемасини қабул қилган Қўқон аэропортидаги шароитлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Ферганскую область и ознакомился с созданными условиями во вновь открывшемся аэропорту Коканда, который впервые принял крупный самолет.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #aeroport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilimli va tajribali kadrlar - soha rivoji garovi


🌐 Zamon shiddat bilan o'tib borayotgan bir paytda, har bir sohaga joriy etilayotgan yangiliklarni doimo o'zlashtirib borish davr talabiga aylanmoqda. Ayniqsa, kadastr tizimi kundan-kunga raqamlashib, soha bo'yicha ko'nikmalar kun sayin yangilanib bormoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda doimiy malaka oshirib borishlari haqida xabar bergan edik.

🗓 Joriy yilning 6 oyi davomida bilimlarini mustahkamlagan xodimlar, malaka oshirish kurslari jarayonidan lavhalarni batafsil mazkur videoda ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish o‘ta muhim jarayon.

💎 Avval xabar berganimizday Davlatimiz rahbari tomonlaridan 2023 yilning 21 noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tqazilgan va unda kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarish uchun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor shtab va Ishchi guruh tashkil qilindi.

💎 Boshqarma boshlig‘i, Ishchi guruhi bilan tumanlarda yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish va ularni qisqa vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tqazish ishlarni o‘rganish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun tumanlarga chiqib joyida ish tashkil qilmoqdalar.

💎 Viloyatning barcha 14 ta tumanlarida tuman hokimliklari, xalq deputatlari tuman kengashi vakillari, kadastr xizmati, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida tuzilgan Ishchi guruhlar fermer xo‘jaliklariga, dehqon xo‘jaliklariga, bog‘larga chiqib joyida yer egalari bilan shartnomalar tuzmoqdalar.  

⁉️ Masalan Norin tumanini oladigan bo‘lsak, tumandagi jami 4296 ta yerdan foydalanuvchilarning 335 gektar yerga kadastr hujjatlari mavjud bo‘lib, ularni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish  2455 tasida yakunlandi yoki 58% ro‘yxatdan o‘tdi.

💎 Kuni kecha xalq deputatlari Norin tuman kengashi vakillari, kadastr xizmati, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi hamkorlikda “To‘da” massivida joylashgan 54 ta yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Natijada kadastr hujjatlarda kamchiligi bo‘lmagan 22 nafar yer egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi.

💎 Bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlar uchun o‘ta zarur bo‘lgan Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha Namangan viloyatining barcha tumanlarida ishlar qizg‘in ketmoqda, natijalar har kun boshqarma boshlig‘i, viloyat Ishchi guruhi rahbari M.Tursunbayev tomonidan tanqidiy tahlil qilib borilmoqda.

💎 Maqsadimiz esa, muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va  sifatli bajarishdir.

 Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ A-373 avtomagistrali chetlari tartibga keltirilmoqda.

💎 Bugun to‘rtinchi kun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining 1-Ishchi guruhi Toshkent-Namangan A-373 hamda 4R-112 avtomagistralining muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni davom ettirmoqda.

💎 Avtomobillar yuqori tezlikda harakatlanadigan serqatnov A-373 va 4R-112 avtomobil yo‘llari yoqasida noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar, savdo do‘konlari haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirayotgani aniq.

❗️ Masalan, Ishchi guruh inspektorlari tomonidan Namangan - Pop 4R-112 avtomagistralining 4-5 kilometr oralig‘ida 20 ta dan ortiq qonun buzilishlar aniqlandi. Yo‘l infrastrukturasi yaqin joyga fuqaro Z.G. tomonidan 230 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va 110 kv. metr yerda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan.

❗️ Yana bir holatda fuqaro S.P. tomonidan yo‘lga chiqarib 80 kv. metr yerga o‘zboshimchalik bilan savdo shoxobchasi qurgan. Fuqaro L.D. esa 36 kv. metrli ko‘chma do‘konni hech bir hujjatsiz yo‘lning harakat qismiga yaqin yerga o‘rnatib olgan.

⁉️ Ularga Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan bu ishning oqibati tushuntirilgandan so‘ng, ular huquqbuzarlik oqibatlarini o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtK ning 60- moddasi 2-va 3- qismi bo‘yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

‼️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM