NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
961 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#siyosiy_maʼrifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti R.Djurayev yig‘ilganlarga kadastr sohasiga oid sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni mazmun mohiyatini tushuntirdi va savollarga javob berdi.

🔹Shundan so‘ng yig‘ilishda so‘z olgan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlar palatasi Namangan viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni  jonlantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish,  korrupsiyaning oldini olish, yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida, o‘z yurtiga, kasbiga  sadoqatli bo‘lishi hamda o‘z ustida ishlashi, ko‘proq kitob o‘qishni targ‘ib qilishdan iborat ekanligini uqtirib o‘tdi.

🔹Tadbir qiziqarli va foydali bo‘ldi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

➡️ Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani “Zarbdor” MFY hududidan, huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan fuqaro tomonidan 0.02 gektar yer maydonini egallanib, atrofi poydevor beton bilan o‘rab olingani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan qonunbuzar shaxsga tushuntirish va yozma ogohlantirish berildi. Noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishi taʼminlandi.

➡️ Buxoro viloyati boshqarmasi Peshku tuman bo‘limining yer nazorati inspektorlari tomonidan hududlarda olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro tomonidan “Malishoyak” MFY hududidagi 250 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, noqonuniy beton poydevor qurganligi aniqlangan. Tushuntirish ishlari natijasida ushbu noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi va yer maydoni dastlabki holatga qaytarildi.

➡️ Xorazm viloyati boshqarmasi Gurlan tumani inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari vaqtida "Vazir” qishlog‘i "Esabiy" mahallasi, qishloq xo‘jaligi xaritasining 622-qism konturida fuqaro tomonidan 192 kv.metr maydonida noqonuniy fundament qurish ishlari olib borilayotgani aniqlandi hamda holat fuqaroning o‘z hisobidan bartaraf qilindi.

➡️ Farg‘ona viloyati boshqarmasi Oltiariq tumani bo‘limi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida "Jonibek" MFY hududida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan 200 kv. metr maydonda noqonuniy dala shiyponi qurib olingani aniqlandi. Shundan so‘ng, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda ushbu qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida bartaraf etildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Yer nazorati inspektorlari ish ustida

🔹Xabaringiz bor Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan jami 16 ta Ishchi guruhlar tomonidan muntazam ravishda olib borilmoqda. 

🔹Ishchi guruhlar asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratmoqdalar.

🔹Masalan, bugun Kadastr agentligi Yangi Namangan tuman inspektorlari “Sherbuloq” MFY hududida, huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan fuqaro T.U. tomonidan 0.12 gektar yer maydonini egallab, uni atrofini poydevor beton bilan o‘rab olganligi aniqlandi.

🔹Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 60-modda 3-qismi (O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish) bilan BHM ning bir yuz ellik baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

🔹Inspektorlar tomonidan fuqaro T.U. ga o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi. O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqaro T.U. o‘z hisobidan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl xoliga qaytarilishini taʼminladi.

🔹Yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркий давлатлар ташкилотининг норасмий саммитида иштирок этиш учун Шуша шаҳрига келди. Давлатимиз раҳбари Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев ҳамроҳлигида бу ерда олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Шушу для участия в неформальном саммите Организации тюркских государств. Глава нашего государства в сопровождении Президента Азербайджанской Республики Ильхама Алиева ознакомился с созидательной работой, проводимой в городе.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #Shusha

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X