NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Давлатимиз раҳбари туман ва шаҳарларнинг мастер режаларини ишлаб чиқишга оид тақдимот билан танишди.

Глава нашего государства ознакомился с презентацией по разработке мастер-планов районов и городов.

#Mirziyoyev #taqdimot #hududlar #masterreja

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Huquqiy_targibot

❗️Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-933-son, 19.06.2024 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra:

🔹Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to‘sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto‘g‘ri ko‘rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish:

mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 3 mln 400 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;

🔹Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:

mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

❗️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
Президент раислигида муҳандислик кадрларини тайёрлаш тизимидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди. Йиғилишда 36 та олийгоҳ ректорлари ҳам қатнашмоқда.

Давлатимиз раҳбари бугунги мураккаб вазиятда барча давлатлар ички ресурсларга таяниб, инновацияга интилаётганини қайд этди.

Мамлакатимизда ҳам сўнгги йилларда илм, таълим ва инновацияга эътибор тубдан ўзгарди.

Масалан, ўтган тўрт йилда 1 минг 727 та амалий, инновацион, фундаментал ва стартап лойиҳаларга 2,2 триллион сўм йўналтирилди. Шундан муҳандислик-техника йўналишидаги 176 та лойиҳага 152 миллиард сўм берилган.

Тадқиқот, тажриба-конструкторлик
учун харажатлар 2 баробар ўсган. Бу маблағларнинг 41 фоизи давлат улуши бор корхоналарга, 34 фоизи хусусий секторга ва 25 фоизи олийгоҳларга тўғри келган.

Facebook|Instagram|X
#Xalq_xizmatida

Kadastr - inson manfaati ustuvor soha

🔹Vodiyning jannatmakon go‘shalaridan biri Namangan viloyati bo‘lsa, Chortoq tumani shu go‘shaning insonlari mehnatkash, serharakat, yeri serhosil va qishloqlari obod maskanlardan.

🔹Chortoq tumani hududi 36.8 ming gektarni tashkil qilib, jami 45 332 ta ko‘chmas mulk obyektlari mavjud. Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Chortoq tumani filialida tuman aholisi va tadbirkorlariga qulaylik yaratish maqsadida mavjud 57 ta mahalla fuqarolari yig‘inlariga bir nafardan kadastr muhandisi biriktirilgan.

🔹Ular MFY raislari va boshqa mahalla yettiligi bilan birgalikda ish tashkil qilib, aholi hamda tadbirkorlarning murojaatlarini joyida hal qilmoqdalar. Kunlik ish faoliyatlarida inson manfaati ustuvorligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

🔹Hozirgacha 2400 dan ziyod og‘zaki, yozma murojaatlarga o‘z vaqtida javob berildi va undan 1700 tasida ko‘tarilgan masala ijobiy hal qilindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi.

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatida o‘tgan hafta davomida yurtimizda va xorijda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar haqida axborot berildi.

🔹Ayniqsa O‘zbekiston va Koreya Respublikasi Prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning imzolanishi hamda kadastr tizimi uchun muhim bo‘lgan tuman va shaharlarning master rejalarini ishlab chiqishga oid taqdimot haqidagi axborotlar qiziqarli bo‘ldi.

🔹Har juma kuni muntazam bo‘layotgan “Siyosiy-maʼrifiy soat”da barcha tuman bo‘limlari va filiallari xodimlari ham o‘z ish joylaridan qatnashmoqdalar.

Matbuot xizmati.
Кўксарой қароргоҳида мамлакатимизга давлат ташрифини амалга ошираётган Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсухни расмий кутиб олиш маросими бўлди.

В резиденции «Куксарой» состоялась церемония официальной встречи Президента Монголии Ухнаагийна Хурэлсуха, совершающего государственный визит в нашу страну.

#Mirziyoyev #tashrif #Muguliston #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X