NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish

🔹Avval xabar berganimizday Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev rahbarligida boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlardan iborat Ishchi guruh tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.
🔹Kuni kecha ana shunday tadbir viloyatning Norin tuman bo‘limi va filialida bo‘lib o‘tdi. Unda yangi tayinlangan filial rahbari ishtirokida aholi va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar bilan yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazildi.
🔹Tadbirda xodimlarning murojaatlar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari va korrupsion holatlarni oldini olishlariga ahamiyat qaratildi.
🔹Ishchi guruh tomonidan profilaktik tadbirlar bilan birga filialda ijro va mehnat intizomining holati, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi.
🔹Shuningdek, filialda arxivlar hujjatlarni saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi, xizmat madaniyatiga ahamiyat qaratilib, tahlil qilindi va tuman filiali rahbari hamda mutaxassislarga tegishli yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar berildi.
🔹Norin tumani filiali xodimlarining erishgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев “Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги қарорни имзолади.

Қарорга кўра, 2024 йилда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 16 июнь – якшанбага тўғри келиши муносабати билан юртимизда 16 июнь Қурбон ҳайити байрами сифатида нишонланади.

Қурбон ҳайитининг биринчи куни дам олиш кунига тўғри келиши муносабати билан ушбу дам олиш куни 17 июнь – душанба кунига кўчирилади, 18 июнь – сешанба куни барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни бўлади.

Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари, масъул вазирлик ва идораларга муборак Қурбон ҳайитини халқимизнинг миллий анъана ва урф-одатларига уйғун ҳолда ўтказиш учун тегишли чора-тадбирларни амалга ошириш, юртдошларимиз учун муборак Қурбон ҳайити кунларида мўътабар зиёратгоҳлар ва тарихий қадамжоларга зиёратларни ташкил этиш мақсадида қулай шароит ва имкониятлар яратиш топширилди.

Facebook|Instagram|X
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiya illat, u bilan kurashish esa mardlik

🔹Xabaringiz bor, sohadan korrupsiya illatini tag tomiri bilan yo‘q qilishga qaratilgan tezkor tadbirlar davom etmoqda.

🔹Kuni kecha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Rahimov rahbarligida boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlardan iborat Ishchi guruh Agentlik va Palataning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi va filialida bo‘lib, unda jismoniy va yuridik shaxslar va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar, kadastr muhandislari va yer nazorati inspektorlari bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

🔹Tadbirda xodimlarning fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari va korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymasliklariga alohida ahamiyat berildi.

🔹Ishchi guruh tomonidan profilaktik tadbirlar bilan birga bo‘lim va filialda ijro va mehnat intizomining holati, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi. Shu bilan birgalikda, arxiv hujjatlarining saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi yuzasidan mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔹O‘rganish davomida aniqlangan  kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.   

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📃📃📃📃

📣 DIQQAT EʼLON

🟢 Hurmatli Namangan viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari ❗️

➡️ Aholining 🌟 Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📄 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 13-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

➡️ Sayyor qabul 🌟 Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari A.Allaberganov boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil: Namangan viloyati Chortoq shahri, Istiqlol ko'chasi 11-uy. Madaniyat markazi binosi.

☎️ Murojaat uchun: (69) 233-08-13, 233-08-24

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari jadal ketmoqda

🔹Xabaringiz bor Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Namangan viloyati kadastr tizimda jadal ishlar ketmoqda.

🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida viloyat Ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, topshiriqlarni joylarda bajarilishini tashkil qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun Namangan, Norin, Uchqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on va Yangi Namangan tumanlari filialidagi ishlar bilan tanishdi. Tuman Ishchi guruhlari bilan fermer va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘zorlarga chiqib joyida shartnomalar tuzish ishlarini amalga oshirmoqdalar.

🔹Yer hisobini yuritish, yerdan foydalanuvchilarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari tuman filiallarida ham rejali ish tashkil qilingan bo‘lib, bu o‘z samarasini bermoqda. Masalan, kuni kecha Chortoq tumanida, xalq deputatlari tuman kengashi vakillari, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda, “Hazratishox” massivida joylashgan 161 ta yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Kadastr hujjatlarda kamchiligi bo‘lmagan 33 nafar yеr egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi.

🔹Hozirgacha amalga oshirilgan ishlar natijasi Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘rtinchi sessiyasida ko‘rib chiqildi. Unda tuman ishchi guruhi tomonidan yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi va tegishli qaror qabul qilindi hamda bajarilishi nazoratga olindi.
Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi dolzarb masala bo‘yicha Namangan viloyatining barcha tumanlarida ish tashkil qilinib, natijasi kunma-kun tahlil qilib borilmoqda.

🔹Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook