NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#tayinlov

TAYINLOV

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Abdiev Shoxnur Quvvatalievich Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Norin tuman filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev filial xodimlariga direktorning buyrug'ini o‘qib eshittirdi va filial oldida turgan vazifalar va dolzarb masalalar bo‘yicha topshiriqlar berdi.

🔹Abdiev Shoxnur 1990-yilda Namangan viloyati Norin tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Namangan muhandislik texnologiyalar instituti tamomlagan. U 2015-yilda Norin tumani Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi mutaxassisi lavozimida ish boshlagan.

🔹Tayinlovga qadar Kadastr Agentligi Davlat kadastrlar palatasi Namangan viloyat boshqarmasi Norin tuman filiali yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

🔹Abdiev Shoxnurga yangi lavozimdagi faoliyatida omadlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат #hashar

Obodlik va poklik qalblardan boshlanadi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmalari, ularning tuman-shahar bo‘limlari hamda filiallarining 250 nafardan ortiq xodimlari muqaddas "Qurbon hayiti" bayrami munosabati bilan tashkil qilingan xayriya hasharida faol qatnashdilar.

🔹Hozirgacha joylarda jami 3500 kv.metr gulxonalar o‘tlardan tozalanib, chopib, tartibga keltirildi, 250 metrdan ortiq ariqlar tozalandi, 850 tup gul ko‘chatlari taglari chopildi, binolarda 180 kv.metr oynalar yuvildi va ish joylari tartibga keltirildi. Kosonsoy, Norin va Namangan tumanlarida yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan binolarda ham ishlar tashkil qilindi.

🔹Ushbu hasharda Namanganlik barcha kadastr tizimi xodimlari hamjihatlikda, ko‘tarinki kayfiyatda qatnashib Yurtimiz obodligiga o‘zlaring kamtarona hissalarini qo‘shish niyatidalar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Xabaringiz bor Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrda “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar.

🔹Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Namangan viloyati kadastr tizimida jadal ishlar ketmoqda.

🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev, yuqoridagi belgilab berilgan topshiriqlarni joylarda bajarilishini tashkil qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun boshqarmaning Namangan tumani kadastr filialidagi ishlar bilan tanishdi va tuman Ishchi guruhi bilan joylarga chiqib ish tashkil qilindi.

🔹Masalan, Namangan tumani Xalq deputatlari kengashi vakillari, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda, tumanning “Sherbuloq” massivida joylashgan 45 dan ortiq yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Yerga oid birlamchi hujjatlarida kamchiligi bo‘lmagan 21 nafar yer egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi. Tuman ishchi guruhi tomonidan yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi va tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berildi, bajarilishi nazoratga olindi.

🔹Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi dolzarb masala bo‘yicha Namangan viloyatining barcha tumanlarida ish tashkil qilinib, natijasi kunma-kun tahlil qilib borilmoqda.

🔹Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlarida kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrda “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar.

🔹Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev yuqoridagi topshiriqlarni joylarda bajarilishini tashkil qilish uchun Namangan tumanida tuman Ishchi guruhi bilan birgalikda ish olib bordi.

🔹Ishchi guruh tumanning “Sherbuloq” massivida joylashgan 45 dan ortiq yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashib, yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Yerga oid birlamchi hujjatlarida kamchiligi bo‘lmagan 21 nafar yer egalari bilan shu yerni o‘zida ijara shartnomalari imzolandi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxivlar –tarix ko‘zgusi

🎫 Arxivlar – davlatning tarixini oʻzida mujassam etgan hujjatli asosga tayangan yirik axborot manbayidir, shu sabab “Arxivlar –tarix ko‘zgusi” deya e’tirof etiladi. Bugun Davlat kadastrlari palatasida faoliyat yurtiayotgan va bayramlarini nishonlayotgan arxiv ishi xodimlarini kasblari haqida o‘zlaridan so‘raymiz. 👆

🌟 💐 Davlat kadastrlari palatasi jamoasida faoliyat yurituvchi arxiv ishi xodimlarini hamda mamlakatimizdagi barcha arxivariuslarni bugungi kasb bayramlari bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM