NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.8K photos
968 videos
9 files
4.51K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Шу билан бирга, вилоят салоҳиятини тўлиқ ишга солиш бўйича вилоят раҳбарияти, 13 та туман ва шаҳар ҳокимларининг ҳозирги фаолияти жуда сустлиги кўрсатиб ўтилди.

Бухоронинг 4,2 миллион гектар ери бўлса, 6 фоизига экин экилади. Яна 3,2 миллион гектар ер – ишлатилмасдан турган катта имконият.

Вилоятдаги 60 минг тонна ип-калаванинг 57 фоизи матога айланмоқда, қолгани хомашё шаклида арзон сотилмоқда, матонинг 24 фоизи тайёр маҳсулотга айланаяпти.

Ёки, вилоятда 1 миллион 200 минг тонна мева-сабзавот етиштирилса-да, экспорти 15 миллион доллардан кам.

Facebook|Instagram|X
#bolalar_kuni #маънавиятвамаърифат

Bolalar quvonchi - bizning quvonchimiz


🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari farzandlari uchun unutilmas kun bo‘ldi. Chunki boshqarmaning Ma’naviyat va ma’rifat kengashi qaroriga asosan “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda bolajonlar rasm chizish, samokatda uchish, arg‘imchoqda sakrash, futbol, raqs tushish kabi qiziqarli o‘yinlar o‘ynadilar. Tashkilotchilar tomonidan barcha bolajonlarga sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

🔹Bolajonlar otalari, onalari ishlayotgan kadastrdagi ish joyini ko‘rib faxrlanishlar va bir umr yodda qoladigan taassurotlar bilan xursand bo‘lib qaytishlari uchun tashkil qilingan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

🔹Bolalarni himoya qilish Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan Yangi O‘zbekistonda farzandlarimiz sog‘lom bo‘lishlari, o‘qishlari, sport bilan shug‘ullanishlari uchun hamma sharoitlar yaratilgan bo‘lib bu barcha ota va onalarni quvontiradi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Dron_shou #Geoinnovatsiya

Namanganda 63-xalqaro "Gullar festivali" doirasida bayramona dron-shou bo‘lib o‘tdi

🔹Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” va Namangan viloyat hokimligi hamkorligida "Gullar festivali" doirasida tashkil etilgan tomoshada 500 ta dron ishtirokida navbatdagi shou bo‘lib o‘tdi.

🔹Ular yordamida 6 ta shakl hosil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i, Yangi O‘zbekiston monumenti, "So‘ngi qo‘ng‘iroq qo‘ng‘iroqchasi" hamda "Oq yo‘l bitiruvchi", "Talabalik oltin davrim" va "We love Uzbekistan" shakllari Namangan osmonida yaratildi.

🔹Soat 20:20 atrofida boshlangan shou 10 daqiqa davom etdi. Dron-shouni Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkiga to‘plangan minglab tomoshabinlar bevosita kuzatib bordilar.

🔹Dron shouga tayyorgarlik jarayonida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari amaliy yordam berdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook