NAMANGAN KADASTR
1.44K subscribers
10.6K photos
955 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi

Institut Qurilish fakultetida Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Bahromjon Fozilov boshchiligidagi mutasaddilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzaro muloqot davomida boshqarma boshligʻi oʻzi ham shu fakultet bitiruvchisi ekanligini taʼkidlab, institut bilan yaqindan hamkorlik ustuvor yoʻnalish sifatida koʻrilayotganini qayd etib oʻtdi. Talabalar amaliyoti va ishga joylashuvi masalasida oʻz takliflarini bildirdi.

Qurilish fakulteti dekani Muxtorjon Mansurov boshqarma vakillariga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Oʻzaro aloqalarni yanada mustahkalash borasidagi fikr-mulohazalarini aytib oʻtdi.

Uchrashuv yakunida boshqarma vakillariga institut nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Institut Qurilish fakultetida 22-aprel — “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan “Yer bizning yagona uyimiz” shiori ostidagi tadbir boʻlib oʻtdi

Tadbir avvalida zamonaviy yer oʻlchov jihozlari koʻrgazmasi tashkil etildi, sohada qoʻllanayotgan dronlar namoyish etildi, tizim haqida talabalarga batafsil maʼlumot berildi.

Shundan soʻng Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Bahromjon Fozilov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Mutasaddi professor-oʻqituvchilar va talabalarni “Butunjahon yer kuni” bilan qutlab, ushbu sana tarixi va bugungi kunda tizimda yuz berayotgan oʻzgarishlar haqida hikoya qildi.

Tadbir davomida yer, hududlar va kadastr tizimiga oid qiziqarli savollardan iborat viktorina boʻlib oʻtdi. Uning gʻoliblariga boshqarmaning esdalik sovgʻalari topshirildi.

NamMQI media markazi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video

NamMQI media markazi taqdim etadi:
Institutda 22-aprel — “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlar tafsiloti.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 AOKAda Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

✉️ 2023-2024-yillar davomida respublika bo‘yicha 36 904 ta holatda 7 254,9 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallangan. Agentlik organlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida hamda aholi o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirishlar natijasida 20 945 ta holatda 3 726,8 gektar ya’ni 57 foiz yer maydondagi qonun buzilishlar ixtiyoriy bartaraf etildi.

➡️Batafsil:

O‘zbekiston telekanali
UZA maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lar

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasiga STES, KOLIDA, TS-07 kabi jami 16 ta zamonaviy, yangi avlod o‘lchov vositalari olib kelindi va ishga tushirildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda Butunjahon Yer kuni


🌍 Kuni kecha Butunjahon Yer kuni munosabati bilan Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida o'tkazilgan tantanali tadbirlar majmuasi batafsil mazkur videoda.👆

🖥 Butunjahon Yer kuni hududiy boshqarmalarimizda ham bir vaqtning o'zida tashkil etildi.

▫️Surxondaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Namangan viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Jizzax viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Samarqand viloyati

#DavKadastrPalata #butunjahon_yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.

Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.
——————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #yer_kuni

22-aprel — “Butunjahon yer kuni” tadbirlari

🌍 22-aprel — “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari bilan Namangan Muhandislik Qurilish Institutining Qurilish fakulteti hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlar tafsiloti Namangan teleradiokompaniyasining "Diyor yangiliklari" dasturida efirga uzatildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Namangan viloyati, Norin tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 26-aprel, soat 11:00 da

📍 Manzil: Namangan viloyati, Norin tumani, Norinkapa qishlog'i, Mustaqillik ko'chasi 13-uy. Norinkapa 29-sonli Madaniyat markazi binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 69 233 08 13 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 67 studio
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлат кадастрлар палатаси ахборот хизмати раҳбари Муножатхон Йўлдошева иштирокида брифинг

Ер ҳисоби ва соҳага рақамли иқтисодиётни жорий этиш масалалари бўйича маълумот.

TelegramFacebookInstagramYouTube