NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#siyosiy_maʼrifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarida 2024-“Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili”da Maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan, Boshqarmaning sho‘ba boshlig‘i, maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi I.Sarimsaqov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi qonuni va uning mazmun mohiyati haqida maʼruza qildi va ishtirokchilar savollariga javob berdi.

🔹Yig‘ilishda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi - boshqarma maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatov, maʼruzada korrupsiyaning oldini olish, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy bilimini oshirish, yoshlarni o‘z yurtiga va kasbiga sadoqatli bo‘lish kabi fazilatlarni, yaxshi yoritilganini taʼkidlab, bir necha hayotiy misollar bilan korrupsiyani kelib chiqishi va uni oldini olish masalalari bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

🔹Bugungi “Siyosiy-maʼrifiy soat”i qiziqarli va manfaatli bo‘ldi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga 25-26-mart kunlaridagi tashriflari, viloyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, diniy eʼtiqod va insoniy qadriyatlar, odob-axloq masalalari, huquqiy savodxonlik va boshqa mavzularda fikr almashildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Kadastr - inson manfaati ustuvor soha


🔹Vodiyning jannatmakon go‘shalaridan bir Namangan viloyati bo‘lsa, Mingbuloq tumani shu go‘shani insonlari mehnatkash, serharakat, yeri serhosil va qishloqlari obod maskanlardan.

🔹Mingbuloq tumani hududi 52,5 ming gektarni tashkil qilib, jami 27332 ta ko‘chmas mulk obyektlari mavjud. Davlat kadastrlari palatasining Mingbuloq tumani filialida tuman aholisi va tadbirkorlariga qulaylik yaratish uchun tumanimizdagi mavjud 40 ta mahalla fuqarolari yig‘inlariga bir nafardan kadastr muhandisi biriktirilgan. Ular MFY raislari, hokim yordamchilari va boshqa mahalla yettiligi bilan birgalikda ish tashkil qilib, aholi hamda tadbirkorlarning murojaatlarini joyida hal qilmoqdalar. Kunlik ish faoliyatimizda inson manfaati ustuvorligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratmoqdamiz.

BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qaror_va_ijro #yosh_kadastrchi

Kadastr xizmatidan tadbirkorlar uchun qulaylik

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Yerlarni auksionga chiqarish sho'basi tomonidan 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar tahlili.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#Qonunchilikdagi_angiliklar.

❗️Yer uchastkasi ajratilgan yoshlarga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib beriladi va 100 mln. so‘mgacha kredit olish imkoniyati yaratiladi

🔹Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim bo‘yicha talabgorlarga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi:

🔹Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablag‘lar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7-yilgacha muddatga 100 mln. so‘mgacha kredit ajratish;

🔹Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar bo‘ladi.

🔹talabgorlarga mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xaridiga “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 5 million so‘mdan subsidiya, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan33 mln so‘mgacha kredit ajratish;

🔹joylardagi 167 ta “Agromarkazlar” orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urug‘, ko‘chat yetkazish, mineral o‘g‘it berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига ташриф буюрди. Биринчи манзил Фориш туманидаги “Basalt Uzbekistan” кластери бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Джизакскую область. Первым пунктом программы поездки стал кластер "Basalt Uzbekistan" в Фаришском районе.

#Mirziyoyev #safar #sanoat #bazalt

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#huquqiy_targibot

YER KODEKSINI O'RGANAMIZ

3-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari


🔹Yer to‘g‘risidagi qonunchilik yer Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.

🔹Tog‘, o‘rmon va suv bilan bog‘liq munosabatlar, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi.

🔹Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook