NAMANGAN KADASTR
1.48K subscribers
11.2K photos
997 videos
9 files
4.65K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#kadastr #hashar

Namangan kadastrchilari hashar boshladilar.

🌿Bahor ayyomining eng go‘zal kunlari boshlandi. Quyosh charaqlagan, dov-daraxtlar gullagan, maysalar bosh ko‘targan ajoyib davr.

🌿Bugun bahor tarovatidan, tabiatni go‘zalligidan ilhomlangan Namangan viloyati kadastrchilari hasharga chiqdilar.

🌿Ishda ilg‘orlar hasharda ham oldidalar. Yangiqo‘rg‘on, Namangan shahri, Norin tuman filiallarida va Boshqarma hovlisida ish qizg‘in. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra hasharda 350 nafardan ziyod xodimlar qatnashmoqdalar.

🌿Biz hashar haqida yana xabar berib boramiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr #hashar

Namangan kadastrchilari hashar boshladilar.
Namangan viloyati bo'yicha 2 399 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

▪️Mingbuloq tumanidan 128 ta (koʼrish)
▪️Kosonsoy tumanidan 204 ta (ko'rish)
▪️Namangan tumanidan 51 ta (koʼrish)
▪️Norin tumandan 102 ta (koʼrish)
▪️Pop tumandan 511 ta (koʼrish)
▪️To'raqo'rg'on tumanidan 266 ta (ko'rish)
▪️Uychi tumanidan 93 ta (ko'rish)
▪️Uchqo'rg'on tumanidan 120 ta (ko'rish)
▪️Chortoq tumanidan 338 ta (ko'rish)
▪️Chust tumanidan 289 ta (ko'rish)
▪️Yangiqo'rg'on tumanidan 226 ta (ko'rish)
▪️Namangan shahridan 71 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
#Hashar

Bugun hamma xayriya hasharda!

🇺🇿 Jonajon yurtimizga, gullar shahri Namanganga bahor kelishi bilan atrof muhit yashillikka burkanib, Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlanib ketdi.

🍀 Hashar xalqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod qilish, o‘zaro yordam va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassamdir.

🍀 Xayriya hasharida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari rahbarlari, bo‘lim boshliqlari, tumanlar va shaharning bo‘lim va filiallarida 350 nafar xodim faol qatnashmoqdalar.

🍀 Dastlabki tezkor maʼlumotlarga ko‘ra hozirgacha tizimda 237 tup daraxt ko‘chatlari va 340 tup gul ko‘chatlari ekildi, 850 tup daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Shu bilan birgalikda 4780 kv.m maydondagi gulxonalar, 270 metr uzunlikdagi ariqlar tozalandi.

🍀 Kadastr tizimida anʼanaviy tarzda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlari davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook