NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
11K photos
970 videos
9 files
4.55K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🇺🇿🌟Kadastr agentligi va 🇬🇧Britaniyaning Yer reyestri xizmati o‘rtasida qator kelishuvlar bo'lib o'tdi.

▶️Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturida.

#oav_biz_haqimizda #xalqaro_uchrashuv

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

O‘rganish va amaliy yordam o‘z natijasini bermoqda

🔹Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshirig‘iga asosan Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev boshchiligida, DKP Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i U.Abdullayev hamda DKP Bino va inshootlar va davlat kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassis B.Abidovlardan iborat Ishchi guruh tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimidagi filiallarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

🔹Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidov, shuningdek, boshqarmaning Murojaatlar bilan ishlash sho'basi mutaxassisi N.Razzaqov, bo‘lim boshliqlari, tuman bo‘lim va filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar, inspektorlar ishtirok etmoqdalar.

🔹Shuningdek, joylarda “Kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz” mavzusida profilaktik tadbirlar ham bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Ishchi guruh tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Uychi va Uchqo‘rg‘on tuman filiallarida olib borildi.

🔹O‘rganishlarda tumanlarda topografik ishlarni tashkil qilinishi, hujjatlarni yuritilishi, arxivlarda hujjatlarni saqlanishi, bino va inshootlar hamda davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi, xodimlar tomonidan ijro intizomi va xizmat madaniyatiga rioya qilinishi kabi muhim jihatlarga ahamiyat qaratilmoqda. Ishchi guruh tomonidan bo‘lim va filiallarda korrupsiyani oldini olishga va unga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ishlar tahlil qilinmoqda.

🔹Yuqori malakali Ishchi guruh aʼzolari tomonidan berilgan tavsiya va maslahatlar  joylarda kadastr xizmati ko‘rsatish sifatini yaxshilashga va tezligini oshirishga xizmat qiladi.

🔹Ishchi guruh tomonida Namangan viloyati kadastr tizimida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy yordam berilmoqda.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Qonunchilikni o'rganamiz


🔹Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

🔹O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beriladi hamda imoratni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

O‘rganish natijalari, yutuq va kamchiliklar tahlili


🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshirig‘iga asosan Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev boshchiligida, DKP Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i U.Abdullayev hamda DKP Bino va inshootlar va davlat kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassis B.Abidovlardan iborat Ishchi guruh tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimidagi filiallarda o‘rganish ishlarini yakuniga bag‘ishlangan zoom orqali videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Nasritdinov, bo‘lim boshliqlari, tuman filiallari rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar jami 85 nafar xodimlar ishtirok etdalar.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng so‘zga chiqqan boshqarmaning kasaba uyushmasi raisi, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi I.Sarimsaqov bugungi 9 fevral - o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, ulug‘ mutafakkir alloma, sheʼriyat mulkining sultoni hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun (1441-1501) munosabati bilan “Alisher Navoiy- millatimiz faxri” mavzusida maʼruza qildi.

🔹Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis, boshqarmaning Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatov Navoiyning davlat arbobi sifatida amalga oshirgan ishlari haqida gapirdi hamda qiziqarli maʼlumotlar berdi.

🔹Tadbir jonli va qiziqarli o‘tdi, Hazrat Navoiyning mashhur “Jon base qildim fido, oromi jone topmadim”  g‘azalini ifodali o‘qish bilan yakunlandi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook