NAMANGAN KADASTR
1.42K subscribers
10.8K photos
968 videos
9 files
4.51K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr xizmatlari uchun sovuqda yurishingiz shart emas!

Yurtdoshlarimiz kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun my.gov.uz portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📝 Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquqiy_targibot

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ijara huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berilmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat etiladi.

Bunda:
🔹 shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlar yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda holda o‘tkaziladi;

🔹 ijaraga oluvchi yerga ijara huquqini o‘tkazishdan oldin undan kamida 3 yil, 2021-yilgacha hokim qarori bilan olgan bo‘lsa, kamida 5 yil davomida o‘zi foydalangan bo‘lishi kerak;

🔹 ijaraga oluvchi auksion yoki tanlov natijasiga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lishi shart;

🔹 yuridik shaxslar o‘zlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ravishda ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 5 yildan keyin boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquqiy_targibot

Ijara huquqi garovga qo‘yilgan holatlarda undiruvni ushbu huquqqa qaratish va ijara huquqini auksion orqali sotishga ruxsat berilmoqda

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq:

🔷 Garovga qo‘yuvchining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar garovi bilan ta’minlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda, ijara huquqini yer ijarasi shartnomasining qolgan davriga elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.

Bunda:
🔹yer uchastkasiga ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni vakolatli organlar bilan kelishish (xulosa olish) talab etilmaydi;

🔹sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF–16-son Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar belgilandi:

🌟 Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Kadastr, geodeziya va kartografiya sohasida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtiriladi.

➡️ Jumladan:
Kadastr sohasida oliy ta’lim muassasalari va Kadastr agentligining tizim tashkilotlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi hamda quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasalari kafedralarning amaliyot filiallarini ochiladi:

1. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti;
2. O‘zbekiston milliy universiteti;
3. Toshkent davlat texnika universiteti;
4. Termiz muhandislik-texnologiya instituti;
5. Guliston davlat universiteti;
6. Qoraqalpoq davlat universiteti;
7. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
8. Farg‘ona politexnika instituti;
9. Urganch davlat universiteti;
10. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.


➡️ Batafsil: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF–16-son Farmonida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

OAV biz haqimizda

Bugun O‘zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan yer bilan bog‘liq qonun buzilish holatlarini barvaqt aniqlash borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar "Yerdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib bo‘lmaydi" sarlavhali maqola bilan e'lon qilindi.

➡️ Batafsil O‘zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida tanishing!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #arxiv

2024-yil Davlat kadastrlari palatasida “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularni hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili”

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallarida jami 568 374 ta ko‘chmas mulk kadastr yig‘majildlari filial idoraviy arxivlarida saqlanib kelinmoqda.

🔹DKP raisi tomonidan tasdiqlangan tegishli buyruqqa asosan 2024-yil Davlat kadastrlari palatasida “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularni hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb eʼlon qilindi.

🔹Namangan viloyatida ham yuqoridagi buyruq ijrosi yuzasidan boshqarmaning Mingbuloq, Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Namangan shahar filiallarida ishchi guruh tashkil qilinib, mavjud hujjatlarni birma-bir qo‘ldan o‘tkazilib, elektron bazasi shakllantirilmoqda.

🔹Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar o‘z navbatida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelgan murojaatlarni qisqa fursat ichida hal etilishini taʼminlaydi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитойга давлат ташрифи доирасида Халқ сиёсий маслаҳат кенгаши Бутунхитой қўмитаси Раиси Чжао Лэцзи билан учрашув ўтказди.

В рамках государственного визита в КНР Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев встретился с Председателем Постоянного комитета Всекитайского собрания народных представителей Чжао Лэцзи.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#bilishingiz_muhim
#yer_fondi_toifalari

SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHQA MAQSADLARGA MO‘LJALLANGAN YERLAR

🔹Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarga belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Bu toifadagi yerlar tashkilotlarga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda me’yoriy yoki loyiha-texnik hujjatlar asosida beriladi.

🔹Namangan viloyatida Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan yerlarning maydoni 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 59 ming 441 gektarni tashkil qiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Пекин шаҳри Тяньаньмэнь майдонидаги Халқ йиғинлари уйида давлат ташрифи билан Хитойда бўлиб турган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни расмий кутиб олиш маросими бўлди.

В Доме народных собраний на площади Тяньаньмэнь города Пекина состоялась официальная церемония встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, пребывающего с государственным визитом в Китае.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X