Namangan davlat universiteti
11.3K subscribers
30.3K photos
3.17K videos
344 files
11K links
Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namsu309
Instagram: www.instagram.com/namsu_309
Youtube: www.youtube.com/@namdu309
Email: [email protected]
Murojaatlar uchun: t.iss.one/NamDU_pressa

© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati
Download Telegram
Pop tumani yoshlari bilan navbatdagi uchrashuv

O‘quvchi yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, jamiyatga daxldorlik hissini oshirish maqsadida 2023-yilning 13-may kuni Namangan viloyati Pop tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Namangan davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani G‘.Abdullayev tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Dastlab “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. So‘ngra o‘quvchilarning kelajakda qanday kasb egasi bo‘lishlari to‘g‘risida “Kelajakda  men...” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi va tanlovda faol qatnashgan hamda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bir guruh maktab o‘quvchilariga Namangan davlat universitetining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilar va 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi Namangan davlat universitetiga o‘z minnatadorchiliklarini bildirishdi.

Kanalga obuna bo'ling
👉 https://t.iss.one/namdu309
❗️ESLATMA

📆 Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan "Bir haftada bir kitob" loyihasi doirasidagi Jeyms Klirning "Atom odatlar" (18-hafta) kitobi bo‘yicha test savollari bugun soat 20:30 da 👉
@NamDU_iqtidor👈 kanalida bo‘lib o‘tadi.

🎁 G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:
🥇- o‘rin. 1-darajali diplom va 300 ming so‘m
🥈- o‘rin. 2-darajali diplom va 200 ming so‘m
🥉- o‘rin. 3-darajali diplom va 100 ming so‘m

4-o‘rindan 10-o‘ringacha yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalar ham maxsus sertifikat bilan taqdirlanishadi.

📲Kitobxon do‘stlaringizga ulashing.

Kanalga obuna bo'ling
👉
https://t.iss.one/namdu309
Forwarded from RRR ACADEMY
📣 RUS TILI KURSLARI RRR ACADEMY’DA! 📣

Endi akademiyamizda rus tilidan ertalabki, kunduzgi va kechki kurslarga qabul boshlanmoqda!

Kurslar 3 yo'nalishda bo'ladi:

1. MAKTABGA TAYYORLOV KURSLARI

🔺 Rus tilida ta'lim beruvchi maktablarga tayyorgarlik ko'rayotgan bolalar uchun;
O’qish muddati: 3 oy

2. MAKTABDA TAHSIL OLAYOTGAN o'quvchilar uchun

🔺 Rus tili grammatikasini takrorlash, hamda nutqni yaxshilash;
O’qish muddati: 6 oy

3. KATTALAR uchun KAIZEN metodikasiga asoslangan kurs

🔺
So’zlashuv nutqini rivojlantirish;
O’qish muddati: 2 oy

😍 Rus tilini qisqa vaqt ichida mukammal o’rganmoqchimisiz? Unda o’z qimmatbaho vaqtingizni ayamasdan, bizning 16-MAYDAN boshlanadigan kurslarimizga ro'yxatdan o'ting! 🔥

Kursga ro’yxatdan o’tish uchun havola 📎

Batafsil ma’lumot:
📞 78 777 55 77
@rrracademy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Namangan davlat universitetida o’tkazilgan “STUDIT-1st student forum on Information technologies” forumidan videolavha

Kanalga obuna bo'ling
👉
https://t.iss.one/namdu309
🔴 LIVE

Ayni damda Namangan davlat universiteti Axborot resurs markazida “Munozara” respublika intellektual tanlovining Namangan viloyat saralash bosiqichi bo’lib o’tmoqda.

Ushbu bellashuvlarda viloyatimizdagi mavjud quyidagi davlat va nodavlat OTM jamoalari ishtirok etishmoqda:
- NamDU (Namangan davlat universiteti);
- NamDPI (Namangan davlat pedagogika instituti);
- NamMQI (Namangan muhandislik qurilish instituti);
- NamMTI (Namangan muhandislik-texnologiya instituti);
- NamDChTI (Namangan davlat chet tillari instituti);
- KIMYO (YOUDJU) (Namangan KIMYO xalqaro universiteti).

👁️‍🗨️ Jarayonlarni biz bilan birga kuzatib boring…

🌏 https://t.iss.one/yi_namdu
Forwarded from Edu.uz
#malaka_oshirish
#live

Ayni daqiqalarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning “O‘zbekistonda professional ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida vazirlik qoshidagi agentlik, hududiy boshqarma hamda oliy taʼlim muassasalari Axborot xizmati rahbarlari va xodimlari uchun ikki kunlik amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

“Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy PR yondashuvlar” mavzusidagi trening davomida ishtirokchilar PR xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etishda zamonaviy tendensiyalar, tashkilot mediaqiyofasini yaratishda zamonaviy PR texnologiyalar, Kommunikatsiyani maqsadli tashkil qilish, Mediasavodxonlik va “faktcheking” kabi mavzularda bilim va ko‘nikmalarini oshirishmoqda.

Seminar davom etmoqda…

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Qadrli talaba-yoshlar!

👍 Namangan davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tomonidan "Qo'l mehnati" yarmarkasi doirasida TANLOV tashkil etilayotganini ma'lum qilamiz!

🫵 Siz o'z qo'l mehnatingizni ommaga namoyon etmoqchimisiz?

🤝 O'z biznesingiz uchun ilk sarmoyaga ega bo'lmoqchimisiz?

Unda ushbu immkoniyat siz uchun!

🏆 Yarmarkada taqdim etilgan ishlar hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholinib, 1,2,3 o'rin g'oliblari pul mukofotlari hamda esdalik sovg'alari bilan mukofotlanadi.

📲 Yarmarkada o'z qo'l mehnati bilan ishtirok etmoqchi bo'lgan talaba-yoshlarimiz ushbu manzilga murojaat qilishlari so'raladi:
@NamDU_yoshlar_ittifoqi

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Kanalga obuna bo'ling
👉
https://t.iss.one/namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IT Park Namangan filiali
13 - may kuni Namangan Davlat Universitetida IT forum o'tkazildi.

Forumda IT Park umumiy faoliyati, IT Park rezidenti bo'lishning afzalliklari hamda IT Parkda ta'lim olish, qanday imkoniyatlarga ega bo'lish va Xalqaro IT sertifikatlarni qo'lga kiritish va sarflangan mablag'ni 50 foizgacha qaytarib olish haqida ma'lumotlar berib o'tildi.

Qolaversa IT Bilim va uning qulayliklari, ya'ni IT mutaxassisi bo'lish uchun muddatli to'lov asosida ta'lim olish va to'lovni o'quv kurslarini tamomlab ishga joylashish uchun berilgan 2 oylik imtiyozdan so'ng amalga oshirish to'g'risida batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, forum qizg'in va a'lo kayfiyatda o'tib, tadbir qatnashilari qiziqqan savollariga IT Park Namangan filiali mas'ul xodimi tomonidan to'liq javob olishdi.

TELEGRAM | INSTAGRAM