Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
8.75K subscribers
13.6K photos
4.14K videos
40 files
5.26K links
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
NAMANGANLIK MAKTAB O‘QUVCHISI OYIGA 30 MLN SO‘M MIQDORIDA MABLAG‘ TOPMOQDA

Muhammadzohir Isaxonov Namangan shahridagi 1-umumta’lim maktabining 9-sinfida tahsil oladi. Bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanayotgan iqtidor egasi 7 ming bosh bedana parvarishi bilan mashg‘ul. Joriy yilning avgust oyida tashkil etilgan parrandachilik fermasidan kuniga 6500 dona tuxum olinadi. Yetishtirilgan tuxumni sotish ham tizimli asosda tashkil etilgan. Har kuni maxsus avtomashina orqali fermadan bedana tuxumi xarid qilinadi. Hozirgi kunda yosh tadbirkor uchta ishchi o‘rni yaratishga erishgan bo‘lib, kunlik daromadi qariyb ikki, oylik sof foydasi esa 30 mln so‘mni tashkil etadi. Muhammadzohir yaqin oylarda o‘z fermasini kengaytirishni hamda ishchilar sonini 20 nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
"Bolalar harakati" sardorlar saylovi qizgʻin davom etmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Bolalar tashkiloti, Yoshlar ishlar agentligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Bolalar harakati" sardorlar saylovi boʻlib oʻtmoqda.

Ayni vaqtda mazkur saylovning tuman (shahar) bosqichi jarayonlari mamlakatimizning barcha hududlarida qizgʻin tashkil etilmoqda.

❗️Saylov davomida nomzodlar oʻzlarining “Men sardor boʻlsam” mavzusidagi taqdimotlari bilan ishtirok etadi. Taqdimotda nomzod tomonidan agarda sardor boʻlsa qanday loyihalarni amalga oshirishi, shu davrgacha qanday yutuqlarga erishgani xususida maʼlumot beriladi.

Eng faol, tashabbuskor, bilimdon 7 nafar nomzod "Bolalar harakati" sardorlar Kengashi sardorlari etib saylanishadi.

Maʼlumot uchun: "Bolalar harakati" sardorlar saylovining hududiy bosqichi 28-noyabr kuni, respublika bosqich jarayonlari 1-10-dekabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

👉 Foto: Namangan viloyati, Uychi tumanida oʻtkazilgan saylov jarayonlaridan

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan psixologlar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi sizlarni “22-noyabr — xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

Bugungi kunda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida minglab psixologlar mehnat qilishmoqda va ular yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning hayotda munosib o‘rin egallashlarida katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Sizlarning jonbozligingiz va mehnatingiz tahsinga sazovor, zero har biringiz yosh avlodni ma'nan yetuk, ruhan sog'lom hamda jamiyatning to'laqonli a'zosi qilib yetishtirishda muhim o’rin tutmoqdasiz.

Kelgusi faoliyatingizda ham sizlarga omad va zafarlar yor bo'lsin! Bugungi muhim sana barchangizga muborak bo‘lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Наманганда мактаб ўқувчиси ойига 30 миллион сўм маблағ топмоқда - Халқ сўзи
Yurtimizda yosh avlodga munosib ta’lim-tarbiya berish, buning uchun ta’lim muassasalarida yetarlicha shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov tomonidan Davlatobod tumanidagi 42 – umumta’lim maktabida  kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama etildi. Mutasaddilarga xonalarda issiqlikni saqlash bo‘yicha zarur bo‘lgan qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Infografika

Joriy yilning oktabr-noyabr oylarida maktabgacha, umumta'lim va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari pedagog kadrlari malaka sinovlaridan o‘tkazildi.

📍 Mazkur jarayonlar raqamlarda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Наманганский школьник зарабатывает 30 миллионов в месяц
Девятиклассник школы № 1 Намангана Мухаммадзохир Исахонов умудряется совмещать учебу с предпринимательством. Юноша зарабатывает до 30 млн. сумов в месяц.
https://nampravda.uz/ekonomika/namanganskiy_shkolnik_zarabatyvaet_30_millionov_v_mesyac.html
POP TUMANIDA TA’LIM SOHASIDAGI USTUVOR VAZIFALAR IJROSIGA BAGʻISHLANGAN YIGʻILISH BO‘LIB O‘TDI

Unda viloyat MMTB boshlig’i A’zamjon Isakov, tuman hokimi o‘rinbosari Iqboljon Xoliqov, tumandagi barcha maktab va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi. Yig’ilishda ta’lim sifati va samaradorlik, o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi, oliy ta’limga qamrov, o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashi va izlanishlari hamda tashabbuslari, umuman, natijadorlik bo‘yicha yuqori koeffisiyentga ko‘tarishga erishish masalalariga alohida to‘xtalindi. Shuningdek, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi apparat xodimlari bilan muloqot o’tkazilib, korrupsiyaga qarshi keskin kurashish, har bir xodim oʻz vazifasiga sidqidildan, mas’uliyat bilan yondashib ishlashi kerakligi tushuntirildi. Qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etmagan mas’ullarga nisbatan keskin ravishda javobgarlik masalasi belgilanganligi to'g'risida ogohlantirildi.

Boshqarma Axborot xizmati
Наманганда мактаб ўқувчиси ойига 30 миллион сўм маблағ топмоқда

Муҳаммадзоҳир Исахонов хонадонида мўъжаз ферма ташкил қилиб, 7 минг бош бедана парвариши билан шуғуллана бошлаган эди. Иши юришиб кунига 6 500 дона тухум оляпти.

👉https://xs.uz/uzkr/121355

Расмий саҳифаларимиз 👇

Telegram|Instagram|Youtube|Facebook