Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
11.7K subscribers
13.8K photos
4.15K videos
40 files
5.28K links
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
NAMANGANLIK MAKTAB O‘QUVCHISI OYIGA 30 MLN SO‘M MIQDORIDA MABLAG‘ TOPMOQDA

Muhammadzohir Isaxonov Namangan shahridagi 1-umumta’lim maktabining 9-sinfida tahsil oladi. Bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanayotgan iqtidor egasi 7 ming bosh bedana parvarishi bilan mashg‘ul. Joriy yilning avgust oyida tashkil etilgan parrandachilik fermasidan kuniga 6500 dona tuxum olinadi. Yetishtirilgan tuxumni sotish ham tizimli asosda tashkil etilgan. Har kuni maxsus avtomashina orqali fermadan bedana tuxumi xarid qilinadi. Hozirgi kunda yosh tadbirkor uchta ishchi o‘rni yaratishga erishgan bo‘lib, kunlik daromadi qariyb ikki, oylik sof foydasi esa 30 mln so‘mni tashkil etadi. Muhammadzohir yaqin oylarda o‘z fermasini kengaytirishni hamda ishchilar sonini 20 nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
"Bolalar harakati" sardorlar saylovi qizgʻin davom etmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Bolalar tashkiloti, Yoshlar ishlar agentligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Bolalar harakati" sardorlar saylovi boʻlib oʻtmoqda.

Ayni vaqtda mazkur saylovning tuman (shahar) bosqichi jarayonlari mamlakatimizning barcha hududlarida qizgʻin tashkil etilmoqda.

❗️Saylov davomida nomzodlar oʻzlarining “Men sardor boʻlsam” mavzusidagi taqdimotlari bilan ishtirok etadi. Taqdimotda nomzod tomonidan agarda sardor boʻlsa qanday loyihalarni amalga oshirishi, shu davrgacha qanday yutuqlarga erishgani xususida maʼlumot beriladi.

Eng faol, tashabbuskor, bilimdon 7 nafar nomzod "Bolalar harakati" sardorlar Kengashi sardorlari etib saylanishadi.

Maʼlumot uchun: "Bolalar harakati" sardorlar saylovining hududiy bosqichi 28-noyabr kuni, respublika bosqich jarayonlari 1-10-dekabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

👉 Foto: Namangan viloyati, Uychi tumanida oʻtkazilgan saylov jarayonlaridan

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan psixologlar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi sizlarni “22-noyabr — xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

Bugungi kunda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida minglab psixologlar mehnat qilishmoqda va ular yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning hayotda munosib o‘rin egallashlarida katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Sizlarning jonbozligingiz va mehnatingiz tahsinga sazovor, zero har biringiz yosh avlodni ma'nan yetuk, ruhan sog'lom hamda jamiyatning to'laqonli a'zosi qilib yetishtirishda muhim o’rin tutmoqdasiz.

Kelgusi faoliyatingizda ham sizlarga omad va zafarlar yor bo'lsin! Bugungi muhim sana barchangizga muborak bo‘lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Наманганда мактаб ўқувчиси ойига 30 миллион сўм маблағ топмоқда - Халқ сўзи