Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
9.3K subscribers
13.4K photos
4.12K videos
40 files
5.23K links
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Ochiq muloqot

VILOYAT HOKIMI VA SEKTOR RAHBARLARINING YOSH O’QITUVCHI VA O’QUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOTI TASHKIL ETILDI


Mazkur muloqotda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, sektor rahbarlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o’qituvchilari va o’quvchilar, jurnalistlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Viloyat hokimi barcha ustozlarni yaqinlashib kelayotgan “O’qituvchi va murabbiylar” kuni bilan samimiy muborakbod etdi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida ta’lim sohasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinayotgani, yuqori reytingda turgan Finlyandiya, Singapur, Yaponiya, Koreya, Buyuk Britaniya davlatlarining tajribalari yillar davomida o‘rganilib, tadbiq etilayotgani, so‘nggi to’rt yilda Fransiyaga 18, Buyuk Britaniyaga 25, Germaniyaga 32, AQSHga 12, Xitoyga 15 nafar viloyatimizdan o‘qituvchilar malaka oshirish kurslariga yuborilgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. So‘nggi yetti yil mobaynida viloyatdagi 11 mingdan ziyod o‘quvchilar dunyoning top-100 hamda top-500 talik nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingani, Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Xaydarova o‘tgan o‘quv yilida AQSHning Garvard universitatiga kirgani, joriy yil Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Eng yaxshi xorijiy til maktabi” tanlovining Respublika bosqichida ikkinchi o’rinni qo’lga kiritgan Chortoq tumanidagi 53 – maktab jamoasi viloyat hokimi tomonidan faxr bilan e’tirof etildi.

Tadbir davomida o’quvchi – yoshlar tomonidan bir necha taklif va murojaatlar o‘rtaga tashlanib, hokim tomonidan har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuncha va tavsiyalar berildi.

Ta’lim sohasida yuqori natijaga erishgan bir qator o’quvchi va o’qituvchilar esdalik sovg‘alari va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati