Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
9.3K subscribers
13.4K photos
4.12K videos
40 files
5.23K links
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Уйчи туманида, давлат дастурлари асосида 6-7-35-мактабларини 16 млрд. 447,7 млн. сўм маблағлар эвазига тубдан реконструкция қилиш, янги ўқув биноси қуриш ишлари амалга оширилмоқда.

Ташаббусли бюджет лойиҳаси доирасида эса 2024 йил 1-мавсуми доирасида 5 - 10 - 22 - 27 - 40 - сонли мактабларда жами 6 млрд. 490 млн. сўмлик қурилиш ишлари олиб борилмоқда.

Бундан ташқари, туманнинг "Шафтоли" МФЙда 4.5 млрд. сўм эвазига 120 ўринли болалар боғчаси қурилиш ишлари бажариляпти.

Замонавий шароитлар ва қулай муҳит ўқув жараёнини янада самарали ўтказиш имконини беради. Ўқув биноларининг замонавийлашиб бориши қулай ўқиш жойлари, спорт иншоотлари ва бошқа муҳим инфратузилмаларни яратади.

Бу ўқувчиларнинг жисмоний ва маънавий ривожланишига ёрдам беради, шунингдек, ижтимоий фаолиятда иштирок этиш имкониятларини кенгайтиради.
“ZAKOVAT” G’OLIBLARI ANIQLANDI

“Yangi ziyo” ma’rifat maskanida o’tkazilgan tanlovning viloyat bosqichida 252 nafar o’quvchidan iborat 42 jamoa kuch sinashdi. Barcha yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan bir-biridan qiziqarli va murakkab 30 ta savol o‘ynalgan bahslar murosasiz kechdi. Unda o‘quvchilar tezkorlik, tanqidiy va tahliliy fikrlash borasidagi bilim va mahoratlarini namoyish qildilar. Yakunda Chust tumanidagi 52-umumta’lim maktabining “Ibn Sino izdoshlari” jamoasi 1-, Namangan shahridagi 1-DIMIning “Alpomish” jamoasi 2-, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 4-DIMIning “Ziyokor” jamoasi 3 – o’rinni egallab, respublika bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Namanganda eng zakovatli jamoa aniqlandi - Xalq so‘zi
"Yosh targ‘ibotchi klubi" aʼzolari bilan o‘quv - seminar tashkil etildi

Viloyat IIB JXX YHXB UO‘ va O‘MTMBHQG katta inspektori tomonidan Namangan shahridagi 11-sonli maktabda bolalar o‘rtasida yo‘l - transport hodisalarini barvaqt oldini olish maqsadida "Yosh targ‘ibotchi klubi" aʼzolari bilan o’tkazilgan tadbirda yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida targ‘ibotlarni kuchaytirish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, klub a’zolari tomonidan yoshlarga maxsus dars tashkil etilib, unda bolajonlarga piyodalarning yo'ldagi vazifalari va ular bilishi kerak bo'lgan qoidalar qiziqarli o'yinlar, ko'rgazmali qurollar yordamida o'rgatildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati