Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
47.4K subscribers
16.1K photos
4.37K videos
50 files
5.76K links
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali

Boshqarmaning murojatlar boti
t.iss.one/Nam_VMMTB_murojat_bot

Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti
t.iss.one/Namangandarslik_murojat_bot
Download Telegram
Uchqo‘rg‘on tumanidagi madaniyat markazida  “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi, ma’naviyat va ma’rifat markazi, ichki ishlar, yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminarda tumanidagi 45 ta  ta’lim maskanlarining  direktorlari, ma’naviy -ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar hamda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari ishtirok etgan mazkur seminarda yangi o‘quv yilida maktab formasi, davomat, odob-ahloq qoidalariga o‘quvchi va o‘qituvchilarni rioya qilishlarini  ta’minlash, o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish jinoyatchilikni oldini olish eng asosiy vazifa ekani alohida ta’kidlandi.Tadbirda so‘z olgan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi  boshlig‘i o‘rinbosari Xayrullo Abdurahmonov tomonidan kelajagimiz egalarining milliy qadriyatlarga sadoqat, ona Vatanni sevish, urf-odatlar va an’analarimizga hamohang ulg‘ayishlari, eng avvalo o‘z ona tilimizga alohida hurmat ruhida kamol topishlari muhim ekani aytib o‘tilib, yangi o‘quv yili oldidan pedagoglarga muhim tavsiyalar berildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Наманган : Янги ўқув йилига тайёргарлик
#17aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"II-Устозлар форуми" Наманган вилоят босқичи

@yangidavr_rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Norin tumanidagi madaniyat markazida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o’quv-seminar o’tkazildi.
📣📣 Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichida:

🥇Namangan viloyati, Namangan shahri 7-son maktabi umumiy
180 balldan 174 ball to‘plab 1-o‘rinni;

🥈Toshkent shahri, Yashnoobod tumani 145-son maktabi umumiy
180 balldan 173,2 ball to‘plab 2-o‘rinni;

🥉Buxoro viloyati, Buxoro tumani 1-son maktabi umumiy
180 balldan 173,0 ball to‘plab 3-o‘rinni egalladi.

Til ko‘nikmalari nominatsiyalari g‘oliblari va mutlaq g‘oliblar:

1.  “The best listener”: Esfir Nikonorova (Olmaliq, 5-maktab);
2.  “The best reader”: Samira Najmiddinova (Buxoro tumani, 1-IDUM);
3.  “The best writer”: Shaxriyor Sulaymonov (Buxoro tumani, 1-IDUM)
4.  “The best speaker”: Aminaxon Kurbonova (Samarqand tumani,
10-maktab);
5.  “Best of the best” (Mutlaq g‘olib): Mohinur Raximova (Yashnobod, 145-maktab)
6.   “Best of the best” (Mutlaq g‘olib)    Yasmina Muhiddinova (Buxoro tumani, 1-IDUM)
Umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini ko‘zdan kechirish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Oybek Zokirov Chust tumanidagi bir qator ta’lim muassasalarida bo‘ldi. O‘quvchi - yoshlarga ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish asnosida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Tumandagi 17-, 38-, 70-,74- maktablar ko‘zdan kechirilib, obodonlashtirish, yangi o‘quv yili oldidan bajariladigan vazifalar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 68-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rganilib, yangi oshxona qurish hamda yozgi ayvonchalarni ta’mirlash bo‘yicha taklif kiritish masalalari belgilab olindi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#prezident_maktablari
#erishilgan_yutuqlar

📈IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qaroriga asosan 14 ta Prezident maktabi tashkil etildi.

📆Joriy yilda Prezident maktablarining 326 nafar 11-sinf bitiruvchilarning 100 foizi xalqaro til bilish (IELTS), 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi.

🏛Prezident maktablari bitiruvchilarning 281 nafari muddatidan oldin nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi. Shundan 51 nafari to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

💯Namangan shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Go‘zalxon Haydarova “Garvard” hamda “Princeton” oliygohlarida 100 foiz grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Jafar Arifjanov dunyo reytingida TOP 10 talikka kiruvchi “California Institute of Technology” oliygohining grantini yutgan birinchi o‘zbekistonlik talabaga aylandi.

🪪Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Nozimbek Turg‘unboyev 120 dan ortiq xorijiy oliygohlarning 6 million AQSh dollarli miqdoridagi grantlarini qo‘lga kiritdi.

💫Nukus shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari Asadbek Reymbergenov va Begdulla Tursinbayev Vengriyaning “Debretcen” universitetida to‘liq grant asosida tahsil oladigan bo‘lishdi.

🏅Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Sohibjon Dilmurodov 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush hamda Shvetsariyada o‘tkazilgan kimyo bo‘yicha jahon olimpiadasida bronza medali sohibi bo'ldi.

📊Jizzax, Navoiy, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Nukus shaharlaridagi Prezident maktablaridan jami 12 nafar bitiruvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Maktab o‘quvchilarning tug‘ma kasbiy qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash maqsadida “Kasbim-kelajagim” deb nomlangan yagona onlayn platforma yaratildi.

Mazkur platforma orqali umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘zlarining qaysi kasb-hunarga moyilliklari va layoqatlari mavjudligini:

“Maqsadlarga intilish” testi,
“Tashkilotchilik qobilyatini aniqlash” testi,
“Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi,
“Muloqotchanlik darajasini aniqlash” testi,
“O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” so‘rovnomasi,
“O‘quvchilarning qiziqishlari, qobilyatlari va intilishlarini aniqlash” metodikasi,
“Shaxs yo‘nalganligini aniqlash” metodikasi,
“O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini aniqshla” testi,
“Kasb tanlash motivini aniqlash” metodikasi,
“O‘quv motivatsiyasining yo‘nalganligini diagnostika qilish” metodikasi,
“Qiziqishlar xaritasi testlari orqali aniqlab olishlari mumkin bo‘ladi.

🔰 “Kasblar olami” rukni orqali kasblar to‘g‘risida rasm, matn (professiogramma, infografika) ko‘rinishida ma’lumot va axborotlar berib boruvchi 125 ta kasb bo‘yicha infografikalar joylashtirilgan.

✔️“Kasbni egallash” ruknida Respublikamizda mavjud oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.

❗️Shu bilan bir qatorda, “Muvaffaqiyatga erishgan insonlar” ruknida o‘z qobiliyati bilan muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchi-yoshlar va faxriy insonlarning kasbiy tajribalari aks ettirilgan videoroliklar joylashgan hamda “Psixologik maslahat” ruknida o‘quvchilar kelajakda aniq kasb egallashlari uchun psixologik maslaxatlar berib boriladi

“Tadbirkorlik” ruknida esa o‘quvchilarga o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun namunaviy biznes reja va qo‘llanmalar joylashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va umumiy holatini o‘rganish, ulardagi kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish, amaliy va metodik yordam ko‘rsatish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i va xodimlari hududlarda o‘rganish ishlarini amalga oshirmoqdalar. Boshqarma boshlig‘i Oybek Zokirov 1490 nafar o‘quvchi ta’lim oladigan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 52-umumta’lim maktabida bo‘lib, kutubxona, sinf xonalari va muassasadagi obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik asnosida maktab jamoasi bilan muloqot o‘tkazilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilandi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Oybek Zokirov Uchqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, 16-, 41-, 44- umumta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. O‘quvchilarning tahsil olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida fikr yuritilib, mazkur maktablarda aniqlangan kamchiliklar va qilinishi zarur bo‘lgan ishlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati